Toshkent moliya instituti



Yüklə 441,17 Kb.
səhifə8/11
tarix07.06.2022
ölçüsü441,17 Kb.
#88961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Режа-5(1)

Sekyuritizatsiya
Sekyuritizatsiya – bu bozorda muomalada bo‘lmagan aktivlarni(ipoteka kreditlari, lizing aktivlari va boshq.) muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga aylantirish.
Sekyuritizatsiya kompaniyaning kapital jalb qilish bozoriga mustaqil chiqishiga xizmat qiladi. Sekyuritizatsiya ilk bora o‘tgan asr 70-yillarining boshida AQShda ipoteka qarzlarini amalga oshirish usuli sifatida qo‘llana boshladi, biroq vaqt o‘tishi bilan sekyuritizatsiya asta-sekinlik bilan har xil aktiv turlarini: avtomobil texnikasiga ssuda va kredit kartalar bo‘yicha debitorlik schetlaridan tortib tijorat va ishlab chiqarish xarakteridagi ko‘chmas mulk uchun kreditlar, budjet tushumlari bilan ta’minlangan shtatlar munitsipal zayomlarigacha qamrab ola boshladi.
Misol. Soddalashtirilgan ko‘rinishda sekyuritizatsiyani quyidagi ravishda aks ettirish mumkin. Faraz qilaylik, bankda 100 mln so‘m bo‘lib, bu pullarni u o‘z mijoziga ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish evaziga bergan.
Natijada keyingi 20 yil davomida u foiz to‘lovlari oladi, lekin yangi kreditlar berishga ham to‘g‘ri keladi, buning uchun esa texnologiyalar, qarz oluvchilar tomonidan talab va h.k. mavjud. Bank bu kredit bo‘yicha talab qilish huquqini boshqa shaxsga pulga sotishi (qayta moliyalashtirishi) mumkin. Bu holatda u kreditlashni kengaytirish imkoniyatini qo‘lgan kiritadi.
Bu qarzlarni boshqa shaxs (vositachi) nima qiladi? Bu qarzlardan u paket shakllantirib, bu paketga uning umumiy reytingini oshirish uchun yuqori sifatli davlat qimmatli qog‘ozlarini qo‘shadi hamda bu paket garovi evaziga o‘zining yuqori sifatli obligatsiyalarini chiqaradi va ularni osonlik bilan bozorda sotadi. Foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdan esa foyda ishlab oladi.
Shunday qilib, birlamchi ipoteka kreditini shu sotilgan obligatsiyalar egalari moliyalashtirgan. Shunday qilib, sekyuritizatsiyaning uchta asosiy belgisini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Mulkni bank balansidan chiqarish va risklarni vositachiga o‘tkazish.
2. Aktivlardan qimmatli qog‘ozlar chiqarishda ta’minot sifatida foydalanish.
3. Aktivlar yuzaga keltiradigan to‘lovlar oqimidan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz va kapital to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalanish.
Sekyuritizatsiya jarayonida moliyalashtirish manbalari diversifikatsiya qilinadi, investorlar doirasi kengaytiriladi, aktivlar va passivlarni, likvidlik va risklarni boshqarish sifati yaxshilanadi, originatorning moliyaviy mustaqilligi va moslashuvchanligi ta’minlanadi, shuningdek, o‘z kapitali yetarliligi, likvidlik va maksimal kredit riski normativlari bajariladi, chunki yuridik shaxsga o‘tkaziladigan kreditlar kelgusida originatorning balansida hisobga olinmaydi.
Sekyuritizatsiyani nafaqat bank, balki nobank institutlari ham amalga oshirishi mumkin. Ushbu jarayonning asosiy sub’ektlari va sekyuritizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan aktivlar 2-jadvalda keltirilgan.



Yüklə 441,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə