Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Xujayra qismlarini fraksiyalarga bo‘lib o‘rganish



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Xujayra qismlarini fraksiyalarga bo‘lib o‘rganish 
Xujayra  qismlarini  fraksiyalarga  (qism,  bo’lim)  bo‘lib  o‘rganish 
ultratsentrafuga,  xromotografiya,  elektroforez  usullari  yordamida  olib 
boriladi. Bu usullar asosan biokimyo darsliklarida kengroq yoritilgan.  
Ultratsentrafugalash.  Bu  usulda  xujayraning  turli  qismlari 
(membranali  qismlar  -  plazmolemma,  endoplazmatik  to‘r,  yadro, 
organellalar va x.k.)  maxsus ultratsentrafuga apparati yordamida ajratib 
olinadi. Ularni elektronmikroskop ostida ko‘rish mumkin yoki ular bilan 
biokimeviy analizlar qilinadi (oqsillar,  maxsus fermentlar, fosfolipidlar, 
yog‘lar  va  x.k.).  Xujayra  qismlarini  ajratishda  ultratsentrafuganing 


 
15 
aylanish  tezligi  muhim  rol  o’ynaydi  (80000-150000  marta  minutiga 
aylanadi).  Bunda  xujayra  qismlari  aylanish  tezligiga  ko‘ra  probirkaga 
chiziqlar shaklida cho‘kadi. Avval eng yirik tuzilmalar - yadro, sitosklet 
cho‘kadi,  aylanish  tezligi  ko’paytirilishi  bilan  mitoxondriyalar, 
peroksisomalar  va  oxirida  mayda  oqsillar  cho‘ka  boshlaydi.  Bu  usul 
oqsil sintezini o‘rganishda, genetik izlanishlarda juda qo‘l keladi.  
Xromotografiya  –  ko‘proq  oqsil  fraksiyalarini  o‘rganishda 
qo‘llaniladi.  Elektroforez  usulida  suvli  muhitda  yoki  quruq  teshikli 
matriksda  elektr  maydonni  hosil  qilinadi  va  har  xil  zaryadli  oqsil 
molekulalarini ajratib olish mumkin bo‘ladi.  
YaMR-  yadromagnit  rezonans,  mikrorxirurgiya  usullari  bilan  tirik 
xujayralardagi  moddalar tarqalishi va metobolitik jarayonlarni o‘rgansa 
ham  bo‘ladi.  Bu  usulda  mayda  molekulali  moddalar  keng  o‘rganiladi. 
Bu  asosiy  molekulalardagi  atomlarning  turli  rezonansdagi  energiyani 
yutish  qobilyatiga  asoslangan.  Mikroxirurgiya  usulida  esa  maxsus 
mikromanipulyator  yordamida  yadroni  ajratish,  yadro  qobig‘ini  yirtib, 
xromasomalarni  ajratib  olish  mumkin.  Tirik  xujayrali  to‘qimalarni 
o‘stirish  yo’li  ham  o‘rganiladi.  To‘qima  va  xujayralarni  organizmdan 
tashqari  o‘stirish,  ularni  o‘rganish  va  ulardan  turli  biologik  moddalar 
(dori  sifatida  ishlatish  uchun)  olish  uchun  qo‘llaniladi.  Bulardan 
tashqari,  a'zolar  va  to‘qimalarni  hayvonni  hayotiy  davrida  bo‘yab 
o‘rganish  usuli  ham  qo‘llaniladi.  Lyuminitsent  mikroskop  yordamida 
a'zolarda mikrotsirkulyasiyani o‘rganish keng yo’lga qo’yilgan.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə