Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Silliq mushak to‘qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Silliq mushak to‘qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. 
Silliq  mushak  to‘qimasi  mezenximadan  rivojlanadi.  Hosil 
bo‘layotgan  mushak  hujayralari  dastlab  o‘simtalarga  bo‘linib,  uning 
yordamida  o‘zaro  bog‘lanadi  va  shu  tufayli  mezenxima  tuzilishini 
eslatadi.  Ularda  miofibrillalar  paydo  bo‘lishi  va  differensiallanishi 
boshlanganligining  belgisi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Keyinchalik  silliq 
mushak hujayralari o‘simtalarni yo’qotib duksimon shaklni oladi va bir-
biriga zich yopishib oladi. Ularda fibrillalarning soni ortib, hujayraning 
uzun yo‘nalishi bo‘ylab tartibli ravishda joylashib boradi.  
Silliq  mushak  anchagina  yaxshi  ifodalangan  regeneratsiya 
qobiliyatiga  ega.  Mushak  hujayralarining  mitoz  yo‘li  bilan  bo‘linish 
qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma'lumot bor.  
Silliq  mushak  hujayralarining  gipertrofiyasi  va  ko‘payishini  qon 
tomirlarining  o‘sishi  hamda  tiklanishi  jarayonlarida  ko‘rish  mumkin. 
Tajribada  yirik  arteriya  bog‘lab  qo‘yilgan  hollarda  qon  aylanish  kam 
joylardagi  mayda  tomirlarning  kengayishi  kuzatiladi.  Bunda  ularning 
devorida  yangidan  hosil  bo‘lgan  mushakning  qalin  qatlamlari  paydo 
bo‘ladi.  Silliq  mushak  hujayralarning  gipertrofiyasi  va  giperplaziyasi 
bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə