Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Miofibroblastlar 
Miofibroblastlar fibroblastlar xususiyatini namoyon qilib, yaralarni 
bitishida  bir  qism  fibroblastlar  silliq  mushakka  hos  aktin  va  miozin 
oqsillarini  sintezlaydi.  Shu  tariqa  shakllangan  miofibrablastlar  yara 
yuzasini  bir  -  biriga  yaqinlashishini  ta'minlaydi.  Shu  bilan  birga 
miofibroblastlar buyrak, jigar, o‘pka fibrazida va fibromatozda uchraydi.  
 
Impuls hosil qiluvchi hujayra. 
Impuls  hosil  qiluvchi  hujayralarga  nerv  to‘qimasidagi  neyronlar 
(neyrotsit,  neyron)    kiradi.  Neyronlar  nerv  to‘qimasi  (nerv  tizimi)  ning 
asosiy  hujayralari  hisoblanadi.  Neyrotsitlar  impuls  o‘tkazish  bilan 


 
97 
hamma  a'zolar  funksiyalarini  boshqarib  turadi  va  organizmning  yaxlit 
bir butunligini ta'minlaydi.  
Neyron-  neyron  hujayrasining  tuzilishi
.    Neyron  –  nerv  hujayrasi 
bo‘lib, tana, o‘simta va nerv oxirlaridan tashkil topgan. (28-rasm)  
28-rasm.  
I. Neyron tanasi 
II. Nerv o‘simtasi 
III. Nerv oxiri 
Rasmda 
impuls 
yo‘nalishi 
ham 
ko‘rsatilgan.  
Nerv 
hujayralari 
nerv  tizimning  asosiy, 
maxsus 
vazifasini 
o‘tovchi 
hujayralari 
bo‘lib,  ularning  kattaligi 
va  shakli  nerv  tizimining 
turli  qismlarida  turlichadir.  Neyrotsitlar  kattaligi  4-6  mkm  dan 
(miyachaning donador qavati), 100-300 mkm gacha (bosh miya po‘stloq 
qismining yirik Bets hujayralari) bo‘lishi mumkin.  
Neyron  tanasi  va  o‘siqlari  ustini  neyrolemma  (plazmolemma) 
qoplaydi.  Neyron  plazmolemmasi  impuls  hosil  qilish  qobilyatiga  ega, 
plazmolemmadagi  oqsillar  ion  kanalchalarini  (Na+  va  K+  kanallari) 
hosil  qiladi.  Tinchlik  davrida  membrana  potensiali  -60-70  Mv  ga  teng. 
Bu vaqtda Na+ va K+ kanallari berk bo‘ladi. Ta'sirot vaqtida Na+ ionlari 
plazmolemmadan  sitoplazmaga kiradi, K+ ionlari  tashqariga chiqadi va 
depolyarizatsiya yuzaga keladi. Bu bilan membrana potensiali o‘zgaradi, 
harakat  potensiali  ya'ni  impuls  paydo  bo‘ladi.  Shu  tariqa  qo‘shni 
plazmolemmada  ham  o‘zgarish  chaqiriladi  va  plazmolemma  bo‘ylab 
impuls harakat qiladi.  
Neyron  sitoplazmasida  maxsus  ipsimon  tuzilmalar-neyrofibrillalar 
bo‘lib,  ular  hujayra  neyroplazmasida  tartibsiz,  nerv  o‘simtalarida  esa 
bo‘ylama,  bir-biriga  parallel  joylashadilar.  Ular  hujayra  sitoskeletini 
hosil  qilish  bilan  birga,  nerv  o‘simtalariga  moddalarni  tashishda  ham 
ishtirok 
etadidar. 
Neyrofibrillalar 
6-10 
nm 
diametrdagi 
neyrofilamentlardan  va  25  nm  diametirdagi  mikronaychalardan  iborat. 
Neyrofibrillalar  impuls  o‘tkazadi  degan  ilgarigi  tushunchalar  xozirgi 
vaqtda tasdiqlanmagan.  
 


 
98 
Hujayra  sitoplazmasi  –  Neyroplazmada  ko‘proq  yadro  atrofida 
joylashgan  tigroid  moddalar  bor.  (Nisslya  substansiyasi  deyiladi).  Bu 
moddalar  yuqori  bazofillikka  ega  bo‘lib,  elektron  mikroskop  ostida 
ko‘plab  ribosomalar  tutuvchi  donador  endoplazmatik  to‘rdan  tuzilganli 
aniqlangan.  
Neyron  yadrosi  katta  bo‘lib,  hujayra  markazida  joylashadi, 
xromatin kam bo‘lgani uchun och rangga bo‘yaladi. (29-rasm).  
Yadrochaning yonida donacha-xromatin joylashgan bo‘lib, u faqat 
ayollarda uchraydi va jinsiy xromatin deyiladi, uning diametiri  1  mkm 
ga teng.  

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə