Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Miqdoriy usullar 
So‘nggi  yillarda  sifat  usullari  bilan  birga  miqdoriy  morfometriya, 
gistokimyoviy usullar  gistologiyada ham keng qo’llanilmoqda. Bu usul 
orqali  biokimyoviy  usullardan  farqli  o‘laroq,  oldindan  aniqlangan 
xujayra  yoki  to’qimada  biokimyoviy  komponentlarning  miqdori  yoki 
borligini  aniqlash  mumkin.  Miqdoriy  usullarning  xillari  ham  ko‘p 
(sitospektrofotometriya,  sitospektroflyurometriya,  sitofotometriya  va  x. 
k).  
 
 
 


 
16 
I-BOB UMUMIY SITOLOGIYA 
1-Mavzu 
Hujayralarning tuzilishi. Sitoplazma 
 
Mavzuning mazmuni 
Hujayra  tirik  organizmlarning  elementlar  tarkibiy,  funksional  va 
irsiy  birligidir.  Hujayraning  tuzilishi  va  faoliyati  to‘g‘risidagi  batafsil 
ma’lumotlar  morfologik,  tibbiy-biologik  fanlarni  o‘zlashtirish  uchun 
poydevor  hisoblanadi.  Shifokor  o‘zining  amaliy  faoliyatida  sitologik 
tadqiqotlardan keng foydalanadi.  
Hujayralar  o‘z  tuzilishiga  ko‘ra  prokariotlar  va  eukariotlarga 
bo‘linadi.  Prokariot  xujayralarga  bakteriyalar,  ko‘k-yashil  suv  o‘tlari 
kiradi.  Ularda  yadro  taraqqiy  qilmagan,  faqat  bitta  xalqasimon 
xromosoma mavjud.  
Eukariot  hujayralar  ikki  xil  bo‘lib,  sodda  hayvonlar  va  ko‘p 
hujayralilarning  hujayralariga  bo‘linadi  (1-jadval).  Biz  amaliy 
mashg‘ulotlarda asosan eukariot hujayralar bilan tanishib chiqamiz.  
 
 


 
17 
Sitologiya  –  (cytos-hujayra,  logos-fan)  –  hujayra  haqidagi  fan 
bo‘lib,  u  hujayralarning  tuzilishi,  faoliyati  qonuniyatlarini  o‘rgatadi. 
Hujayra  odam,  hayvonlar  va  o‘simliklarning  taraqqiyoti,  tuzilishi  va 
hayoti  asosini  tashkil  etadi.  Sitologiya  fani  xujayra  nazariyasi  paydo 
bo‘lganidan so‘ng yanada rivoj topdi. Hujayra nazariyasining mohiyati, 
butun  tiriklik  asosida  hujayra  yotadi,  deb  tushunmoq  kerak.  Sitologiya 
fani taraqqiyotida hujayra nazariyasining 4 ta qoidasi ham yaratildi:  
1. Hujayra tiriklikning eng kichik birligi.  
2. Hujayralarning umumiy tuzilishi prinsipi bir xil.  
3. Hujayralar ona hujayradan bo‘linib ko‘payadi.  
4. Hujayralar to‘qima va organizmni hosil qiladilar.  
Hujayralar plazmolemma, sitoplazma va yadrodan tuzilgan (2-rasm).  
 
2-rasm. Hujayraning ultramikroskopik tuzilishi sxemasi. 
 
1. yadro 
2. plazmolemma 
3. mayda so‘rg‘ichlar 
4. agranulyar endoplazmatik to‘r 
5. granulyar endoplazmatik to‘r 
6. Golji kompleksi 
7. hujayra markazi  
8. mitoxondriy  
9. sitoplazmatik pufakcha 
10. lizosoma 
11. mikrofilamentlar 
12. ribosoma  


 
18 
Organizmda hujayradan tashqari hujayra tuzilishiga ega bo‘lmagan 
hujayraaro modda, simplast, sinsitiylar ham uchraydi. Hujayraaro modda 
tolalardan, oqsil, uglevodlar, yog‘ birikmalaridan, suvdan iborat bo‘ladi. 
Bu  moddalarni  asosan hujayralarning o‘zlari hosil  qiladilar. Simplast  – 
ko‘p  yadroli  tuzilma.  Ular  hujayralar  qo‘shilishidan  yoki  hujayralar 
yadrosi  bo‘linib,  sitoplazmasining  bo‘linmasligidan  hosil  bo‘ladi. 
Masalan: ko‘ndalang targ‘il mushaklar, osteoklast xujayralari.  
Sinsitiy  –  xujayralar  bir  birlari  bilan  sitoplazmatik  o‘siqlar  orqali 
birikib hosil qilgan to‘rsimon tuzilmadir.  
Hujayralar 
tuzilishi, 
shakllari, 
kimyoviy 
tarkibi, 
modda 
almashinuvi  va  funksiyalariga  ko‘ra  har  xil  bo‘ladilar.  Hujayralarning 
shakli  ular  bajaradigan  funksiyasiga  bog‘liq.  Masalan:  neyronlar  ko‘p 
o‘simtalik, qon hujayralari dumaloq shaklda va x. k. (3-rasm).  
 
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə