Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Immunitet jarayonida ishtirok etuvchi (immunokompitent)



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Immunitet jarayonida ishtirok etuvchi (immunokompitent) 
xujayralar 
Bunday hujayralarni asosan ikki turga ajratish mumkin:  
1. 
Limfotsitlar.  Ular  o‘z  navbatida  ikki  xil  xujayralarga  —  T  - 
(timusga  tobe)  va  V  -  (suyak  ko‘migiga  tobe)  limfotsitlarga  tafovut 
qilinadi.  Bundan  tashqari,  immunitetda  na  T-  va  V-limfotsitlarga 
mansub «tabiiy killerlar» ham ishtirok etadi.  
2. 
 Yordamchi  xujayralar.  Bularga  makrofaglar,  interdigitirlovchi  va 
dendritli hujayralar kiradi. Bu xujayralar immun sistema a'zolarida T- va 
V-limfotsitlar  uchun  maxsus  mikromuhit  yaratish  bilan  birga, 
limfotsiglarning  antigenlarni  zararsizlantirish  jarayonida  ham  faol 
ishtirok  etadi.  Immunitetning  yordamchi  xujayralari  qatoriga  retikulyar 
xujayralarni, eozinofil va bazofil leykotsitlarni, to‘qima bazofillarini va 
hokazolarni kiritish mumkin.  


 
119 
T-  va  V-limfotsitlarning  ko‘payishi  va  differensiallashishi 
antigenga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan holda kechishi mumkin.  
Antigenga  bogliq  bo‘lmagan  ko‘payish  va  shakllanish  jarayoni 
immun  sistemaning  markaziy  organlarida  (timusda  va  qizil  suyak 
ko‘migida) amalga oshadi. Bu a'zolarda T- va V-limfotsitlar mikromuxit 
xujayralari  ta'sirida  yetiladi.  Antigenga  bog‘liq  jarayonlar  esa  periferik 
immun-himoya a'zolarida sodir bo‘ladi. Organizmga antigen turli yullar 
bilan  tushishi  mumkin.  Antigen  uchun  eng  asosiy  «darvozalar»  ovqat 
hazm  qilish,  nafas  olish,  siydik  chiqaruv  yo’llari  va  boshqa  a'zolarning 
shilliq pardalari hisoblanadi.  
T  -  limfotsitlar  hujayraviy  immunitetning  asosiy  tuzilmalaridir. 
Bundan  tashqari,  ular  gumoral  immunitetda  ham  faol  ishtirok  etadi  va 
umumiy immun himoya reaksiyalarini boshqarishda muhim o‘rin tutadi. 
Hozirgi  paytda  T  -  limfotsitlarni  bajaradigan  vazifasiga  qarab  quyidagi 
asosiy turlari (subpopulyasiyalari) farq qilinadi:  
a)  
T - killerlar, ya'ni qotil limfotsitlar. Ular yot hujayralarga ta'sir etib, 
ularni o‘ldirish va yemirishda ishtirok etadi.  
b)   T  -  xelperlar  (helper  —  yordamchi)  —  gumoral  va  hujayraviy 
immunitetda  yordamchi  vazifani  o‘taydi.  Ular  antigenni  tanib  olib,  V 
limfotsitlarni  shu  antigenga  qarshi  antitelolar  ishlab  chiqaruvchi 
plazmotsitlarga aylantirishga yordam beradi.  
v)   T  -  supressorlar  (sypressor  —  pasaytiruvchi)  V  -  limfotsitlarning 
plazmotsitlarga  aylanish  jarayonini  susaytiradi  va  shu  tufayli  antitela 
hosil bo‘lishini boshqarishda ishtirok etadi.  
g)   T  -  amplifayerlar  (amplifaer  —  kuchaytiruvchi)  o‘z  navbatida  T  - 
killerlar va T - xelperlarning faoliyatini kuchaytiradi.  
d)   T - differensiallashuvchilar (differentiator — belgilovchi) qonning 
o‘zak  hujayralariga  ta'sir  ko‘rsatib,  ularning  ma'lum  bir  yo‘nalishda 
ko‘payishini hamda shakllanishini boshqaradi. 
Bundan  tashqari,  T  -  limfotsitlar  orasida  «eslab  qoluvchi»,  ya'ni 
antigen  to‘g‘risidagi  ma'lumotni  eslab  qoluvchi  hujayralar  ham  borligi 
aniklangan.  T  -  limfotsitlar  barcha  limfotsitlarning  taxminan  60—65% 
ini  tashkil  etib,  ularning  yashash  muddati  bir  necha  oylab  va  yillab 
bo‘lishi  mumkin.  Ularni  tuzilishi  jihatidan  V  -  limfotsitlardan  ajratish 
qiyin.  T  -  limfotsitlarda  lizosomalar  ko‘proq  bo‘lishi  va  donador 
endoplazmatik  to‘r  kanalchalariniig  kamroqligi  qayd  etilgai.  Yana  T  - 
limfotsitlar  sitoplazmasida  ba'zi  bir  fermentlarning  (masalan,  alfa-naf-
tilatsetatesterazaning) 

aktivligi  yuqori  ekanligi 
ma'lum.  T-
limfotsitlarning  V  -  limfotsitlardan  farq  qiluvchi  belgisi  bo‘lib,  bu 


 
120 
ularning  qobig‘ida  joylashgan  retseptorlari  hisoblanadi.  T  -  limfotsitlar 
yuzasida  maxsus  Thu  -  retseptorlar  joylashib,  ular  bu  limfotsitlarning 
barcha  turlari  uchun  xosdir.  Ularda  antigenlarni  «tanib  olish» 
imkoniyatiga ega bo‘lgan 1a- retseptorlarning borligi ham tan olinadi.  
V - limfotsitlar gumoral immunitet jarayonida qatnashuvchi asosiy 
hujayralardir.  Ularning  asosiy  vazifasi  antitelalar  ishlab  chiqaruvchi 
plazmotsitlarni  hosil  qilish  va  shu  tufayli  organizmda  gumoral 
immunitetni ta'minlashdir. V - limfotsitlarda T – limfotsitlarga nisbatan 
donador endoplazmatik to‘rning yaxshiroq rivojlanganligi kuzatiladi. V - 
limfotsitlarning  T  -  limfotsitlardan  asosiy  farqi  ularning  qobig‘ida 
joylashgan 
retseptorlaridir. 


limfotsitlar 
yuzasida 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə