Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

immunoglobulinlarga 
xos  tuzilishga  ega  bo‘lgan  retseptorlar  bo‘lib, 
ular yuza immuno-globulinlar deb ataladi (yuIG). V – limfotsitlar barcha 
limfotsitlarning  20—25%  ni  tashkil  qilsa,  ulardan  14  -  17%  ni  IG-M, 
6—8%  ni  IG-Q,  hamda  1—4%  ni  IG-A,  IG-E  va  IG-D 
immunoglobulinlar sinfidan iborat retseptorlar saqlovchi hujayralar hosil 
qiladi.  Shuni  ta'kidlab  o‘tish  kerakki,  T  -  limfotsitlar  yuzasida  ham 
immunoglobulin  reseptorlar  topilgan.  Biroq  bu  reseptorlar  miqdori 
jihatidan  V  -  limfotsitlarga  nisbatan  deyarli  100—1000  marta  kam 
bo‘ladi.  Immunoglobulin  tabiatli  retseptorlardan  tashqari  V  - 
limfotsitlarda ular uchun maxsus bo‘lgan NV1, A, 1a, Ks-retseptorlar va 
komplementning Sz qismiga nisbatan retseptorlar  ham  bo‘ladi. Hozirgi 
paytda  V  —  limfotsitlarniig  bir  necha  turlari  farq  qilinadi.  Ulardan  V-
xelperlarni,  V  -  supressorlarni  va  «eslab  qoluvchi»  V  -  limfotsitlarni 
ko‘rsatib  o‘tish  mumkin.  V  -  limfotsitlarning  yashash  muddati  ancha 
qisqa bo‘lib, bir necha haftadan oylargacha bo‘ladi. Ko‘rsatib o‘tilgan T- 
va V-limfotsitlar va ularning sub-populyasiyalaridan tashqari immunitet 
jarayoni  o‘zida  na  T-  va  V-  hujayralarga  xos  belgilarni  tutmaydigan 
«nul»  xujayralarning  ahamiyati  katta.  Bu  hujayralar  barcha 
limfotsitlarning  5—15%  ni  tashkil  etadi.  Ular  asosan  sitotoksik  ta'sir 
ko‘rsatish  qobiliyatiga  ega  bo‘lib,  killerlar  turkumiga  kiradi.  Bu 
xujayralar orasida L (lisis  — eritish), K (killer — qotil) va TK (natyral 
killer-  tabiiy  killsr)  limfotsitlar  ajratiladi.  Sitotoksik  ta'sir  ko‘rsatuvchi 
limfotsitlar  (T-  killerlar,  L,  K  va  TK-limfotsitlar)  yot  hujayralarni 
o‘ldirish  va  yemirishda  asosiy  o‘rin  tutadigan  maxsus  moddalarni  yoki 
limfokinlarni  ishlab  chiqaradi.  Limfokinlar  yot  xujayralarning 
plazmalemmasiga  yemiruvchi  ta'sir  ko‘rsatadi.  Natijada,  yot  xujayralar 
halok  bo‘ladi.  Ammo  limfokinlarning  ta'siri  faqat  shu  bilangina 
chegaralanmaydi.  Limfokinlarning  boshqa  xillari  ham  mavjud  bo‘lib, 


 
121 
ular  limfotsitlarning  ko‘payishi,  shakllanishi  va  antigenlar  to‘g‘risida 
ma'lumot  olish  jarayonlarini  boshqarib  turadi.  Limfotsitlarning 
ko‘payishi,  shakllanishi  va  faoliyati  immunitet  jarayonlarida  ishtirok 
etuvchi yordamchi xujayralar bilan chambarchas bog‘liqdir.  

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə