Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


-rasm. Tuxumdonning ko‘ndalang kesimi



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

40-rasm. Tuxumdonning ko‘ndalang kesimi 
 
Bu  stadiyada  1-lamchi  ovotsitlar  organizm  voyaga  yetguncha 
saqlanadi. Jinsiy balog‘at davridan so‘ng FSG ta'sirida katta o‘sish davri 
boshlanadi.  Bunda  follikulyar  xujayralar  kattalashib  ko‘payadi  va  bu 
davr  12-14  kun  davom  etadi.  Birinchi  tartibli  ovotsitlar  yetuk  tuxum 
kattaligiga yetib borgandan keyin yetilish bosqichi boshlanadi va yetilish 
zonasida  ustma-ust  keladigan  ikkita  bo‘linish  bo‘lib  o‘tadi  (meyoz). 
Birinchi  bo‘linishda  ikkita  katta-kichik  hujayra  hosil  bo‘ladi:  yirigi-
ikkinchi tartibli ovotsit va kichkinasi yashay olmaydigan yo‘naltiruvchi 


 
131 
tanachadir.  Ikkinchi  bor  bo‘linishda  ikkinchi  tartib  ovotsit  yana  ikkita 
katta-kichik  qismga  bo‘linadi  va  o‘zidan  ikkinchi  yo‘naltiruvchi 
tanachani  ajratib  chiqaradi.  Qolgan  qismi  yetuk  tuxumdir.  Ba'zan 
birinchi yo‘naltiruvchi tanacha ham ikki qismga bo‘linadi.  
Sut 
emizuvchi 
hayvonlarda 
tuxum 
hujayrasi 
bevosita 
urug‘lanishdan  oldin  yoki  hatto  urug‘lanish  bilan  bir  vaqtda  yetiladi. 
Shunga  ko‘ra  tuxumning  shakllanish  stadiyasi  bo‘lmaydi.  Bo‘g‘im-
oyoqlilar  va  ko‘pgina  chuvalchanglarda  tuxum  urug‘lanish  oldidan, 
ba'zan esa urug‘lanishdan keyin ham shakllanadi.  
Shunday  qilib,  ovogenez  spermatogenezdan  qator  xususiyatlari 
bilan farqlanadi; 
1. Ovogenez 28-30 kun, spermatogenez 72-75 kun davom etadi.  
2.  Ovogenezni  ko‘payish  bosqichi-embrional  davrda  kechsa, 
spermatogenezni  ko‘payish  bosqichi  esa  jinsiy  balag‘at  yoshidan 
boshlanadi.  
3. Ovogenezda o‘sish ikki bosqichda bo‘ladi, birinchi bosqich embrional 
davrdan boshlanadi.  
4.  Ovogenezda  yetilishning  birinchi  bo‘linishi  yetilgan  follikul  ichida, 
ikkinchi  bo‘linishi  bachodon  nayida  kechadi.  Spermatogezda  yetilish 
egri nayni adlyuminal zonasida ro‘y beradi.  
5. Ovogenezda 3ta, spermatogenezda 4ta davr tafovut etiladi.  
6.  Ovogenezda  1ta  tuxum  xujayra,  3ta  reduksion  tanacha  hosil  bo‘lsa, 
spermatogenezda 4ta yetilgan spermatazoid xosil bo‘ladi.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə