Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

 
 
 
 
 
  
7-rasm.  
1. oddiy birikish 
2. terminal to‘r 
3. tonofibrillalar 
4. desmosoma 
5. bazal membrana 
6. sekretor donacha 
7. mayda so‘rg‘ichlar  
 


 
22 
 
8-rasm. Xujayralarning o‘zaro birikish turlari. 
 
2.  Zich  birikish  –  ular  ikki  xil-  berkitib  turuvchi  va  adgeziv  bo‘ladi. 
Berkitib  turuvchi  -makromolekula  va  ionlarni  o‘tkazmaydi.  Adgeziv 
birikishga sitoskelet fibrillari kelib birikadi.  
3.  Desmosoma  –  bu  birikishda  oqsillar  xisobiga  tanacha  hosil  bo‘ladi, 
unga oraliq filamentlar yopishadi.  


 
23 
4. Neksus – tirqishli birikish, plazmolemmalar orasi 2-3 nm bo‘ladi. Bu 
birikishdan ionlar, mikromolekulalar o‘tadi.  
5.  Interdigitatsiya  -  plazmolemmalarning  bir-biriga  barmoqsimon 
o‘simtalar hosil qilib  birikishi.  
6.  Sinapslar  –  (neyronlararo  birikish).  Hujayra  bazal  tomondan  bazal 
membrana  va  yarim  desmosomalar  orqali  birikadi.  Bazal  membranani 
hujayralarni o‘zi hosil qiladi. (8-rasm. )  
Sitoplazma  –  hujayra  sitoplazmasi  plazmolemma  va  yadro  qobig‘i 
oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning konsistensiyasi undagi metobalizmga 
ko‘ra  o‘zgarib  turadi  (gel  yoki  zol  holatda).  Sitoplazma  o‘z  tuzilishiga 
ko‘ra 3 qismdan iborat (9-rasm).  
 
Gialoplazma  –
  sitoplazmaning  gomogen  yoki  mayda,  elektron 
zichligi  past  donalar  tutgan  qismi.  U  suyuq  (zol)  holatdan  quyuq  (gel) 
holatiga  o‘tib  turadi,  gialoplazma  ko‘proq  yarim  suyuq  holatda  bo‘lib, 
sitoplazmaning  matriksini,  uning  ichki  muhitini  belgilovchi  hamdir. 
Gialoplazmaning 20-25 foiz qismi globulyar oqsillar, metabolizm uchun 
zarur bo‘lgan fermentlardan iborat.  
Organellalar
  (organoidlar)  hujayralardagi  doimiy  va  maxsus 
vazifalarini  o‘tovchi  xamda  maxsus  tuzilishga  ega  tuzilmalar 
xisobalanadi.    Ular  elektron  mikroskop  ostida  yaxshi  ko‘rinadi. 
Organellalar  umumiy  va  maxsus  bo‘ladi.  Umumiy  organellalar 
membranali va membranasiz bo‘lib, membranali organellalar membrana 
qavati  soniga  ko‘ra  bir  va  ikki  membranalilarga  bo‘linadi.    Bir 
membranalilarga  lizosomalar,  endoplazmatik  to‘r,  Golji  apparati 
(plastinkali  kompleks)  va  peroksisomalar  kiradi.  Ikki  membranalilarga 
esa, mitoxondriyalar kiradi.  


 
24 
 
Endoplazmatik
  yoki  sitoplazmatik  to‘r  birinchi  marta  fibroblast 
hujayrasining  endoplazma  qismida  topilgan  va  u  mayda  vezikulalar, 
qopchalar va naysimon tuzilmalar majmuasidan iborat.  
4-rasmda  hujayraning  universal  ultramikroskopik  sxemasida 
hamma organellar yaxshi ko‘rsatilgan.  
Endoplazmatik  to‘r  ikki  xil,  donali  va  donasiz  guruhlarga 
bo‘linadi. 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə