|
 Toshkent pediatriya tibbiyot institutiGISTOLOGIYA FANI TARIXI HAQIDAumumiy va xususiy sitologiyaGISTOLOGIYA FANI TARIXI HAQIDA
Biz avval yozganimizdek, gistologiya fani sitologiya, embriologiya
va gistologiya fanlarini o‘z ichiga oladi. Lekin bu fanlarni bir-biridan
ajralgan holda o‘rganish tibbiyot instntutlarida mumkin emas, chunki
tibbiyotda pirovard natijada butun inson organizmi o‘rganiladi. Inson
a’zolari (aslida ular xujayra va to‘qimalar yig‘indisidan iborat,
embrional taraqqiyot davomida shakllanadi) ga baho berib, uning
salomatligi aniqlanadi. Bas, shunday ekan, gistologiyani bilish uchun
uning tarkibiga kirgan sitologiya va embriologiyani ham bilish talab
etiladi.
Albatta biz o‘quvchilarga tushunarli bo‘lsin uchun bu fan tarixini
davrlarga va qismlarga bo‘lib o‘rganamiz. Eng asosiysi gistologiya
fanini o‘rganuvchi usul mikroskop bo‘lgani uchun, biz bu fan tarixini
mikroskopga bog‘liq holda uch davrga bo‘lib o‘rganamiz. Bu fan tarixi
butun dunyoda ham shunday uch davrga bo‘lib o‘rganiladi;
Dostları ilə paylaş: |
|
|