Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Yadro  qobig‘ida
  yadro  teshiklari  porasoma  kompleksi  joylashadi. 
Teshiklar diametri o‘rtacha 70-80 nm, teshiklarda 3 qator (har qatorda 8 
tadan) granulalar joylashgan va ular o‘rtada yotgan granula bilan mayda 
iplar  yordamida  birlashgan.  Shunday  qilib  bir  porasomada  xajmi  25  ta 
granula  bo‘ladi.  Yadro  faollashganda  teshiklar  soni  ortib  boradi  va  bir 
yadro qobig‘ida minglab porasomalar bo‘ladi.  
Yadro  shirasi
  (karioplazma,  kariolimfa)  -  yadroning  ichki  muhiti 
bo‘lib,  unda  xromatin,  yadrochalar  va  har  xil  donachalar  joylashgan. 
Yadro matriksida 2-3 nm qalinlikdagi oqsil tanachalari bo‘lib, ular yadro 
ichidagi  strukturalarni  birlashtiruvchi  ichki  skelet  vazifasini  o‘taydi. 
Regulyator fermentlar ham mavjud.  
Xromatin
  –  xromosomalarning  interfaza  davridagi  ko‘rinishidir. 
Interfaza  davrida  xromosomalar  spirallari  yoyilgan  (euxromatin)  va 
spirallashgan  qismlari  (geteroxromatin)  ko‘rinadi.  Xromatinning 
kimyoviy tarkibi asosan DNK va oqsildan tashkil topgan (shuning uchun 
ham  ular  maxsus  bo‘yoqlar  bilan  bo‘yalish  hususiyatiga  ega). 


 
36 
Xromosomalar  tarkibida  ma'lum  miqdorda  RNK,  yog‘lar,  uglevodlar, 
metall ionlari ham uchraydi.  
 
 
15-rasm. Hujayra yadrosi ko‘ndalang kesimning sxematik ifodasi: 
1-yadro teshigi; 2-tashqi yadro membranasi; 3-ichki yadro membranasi; 
4-yadro atrofi bo‘shligi; 5-yadrocha, 6-ribosomalar; 7-donador 
endoplazmatik to‘r; 8-hromatin 
 
Bo‘linayotgan  hujayralarda 
xromosomalar 
to‘g‘ri  yoki  egilgan 
tayoqchalar  shaklida  bo‘ladi.  Xromosomalar  sentromera  (birlamchi 
belbog‘)  bilan  ikki  yelkaga  bo‘linadi.  Sentromeraning  joylashishiga 
qarab uch turdagi xromosomalar farqlanadi: metatsentrik (teng yelkali). 
Submetatsentrik  (tengmas  yelkali),  akrotsentrik  (belbog‘i  bir  uchiga 
yaqin)  xromosomalar.  Ba'zi  xromosomalarning  ikkilamchi  (yadrocha 
hosil  qiluvchi)  belbog‘i  mavjud.  Hromosomalarning  bu  qismi 
interfazada yadrocha hosil qilishda qatnashadi (4-rasm).  
Metafaza  xromosomalari  ikkita  spiral  holatda  o‘ralgan 
xromatidalardan  iborat  bo‘lib,  ular  sentromera  orqali  o‘zaro  birikadi. 
Bo‘linish 
oxirida 
xromatidalar 
bir-biridan 
ajralib, 
mustaqil 
xromosomalarga aylanadi.  
Elekt on  mikroskopda  kuzatganimizda  uning  eng  elementar 
tuzilmalarini  ko‘ramiz.  Ular  diametri  10-13  nm  ga  teng  bo‘lgan  DNK 
hamda gistonli oqsildan tashkil topgan ipchalar yoki nukleogistonlardir. 
Nukleogistonlar  o‘z  navbatida  nukleosomalardan  (15-rasm  )  tashkil 
topgan.  


 
37 
 
16-rasm. Hromosoma tuzilishi va tiplari. 
  
a-xromosoma tinlari: 1-akrotsentrik; 2-submetatsentrik; 3-metatsentrik 
b-tashqi tuzilishi; d-ichki tuzilishi; 1-birlamchi belbog‘; 2-seitromera; 3-
ikkilamchi  belbog‘;  4-yo‘ldosh;  5-  xromonemalar.  e  -  xromonemaning 
nafis tuzilishi; 1- euxromatin; 2-geteroxromatin; 3-birlamchi belbog‘; 4-
sentromera;  5-  xromatida;  6-  xromoiema;  7-ikkilamchi  bslbog‘;  8-
yadrocha.  
 


 
38 
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə