Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Uzoq xorij va Rossiyada gistologiyaning rivojlanishi



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Uzoq xorij va Rossiyada gistologiyaning rivojlanishi. 
Mikroskopgacha  bo’lgan  davrda  to’qimalar  haqida  tushunchalar 
bo‘lgan, ularga  bir xil  moddalardan tuzilgan deb qaralgan, “yumshoq”, 
“qattiq”, “suvda cho‘kadigan”, “suvda cho‘kmaydigan” to‘qimalar  ham 
ajratilgan.  O‘liklar  yorib  ko’rilganda,  to‘qimalarning  rangi,  joylashuvi, 
o’zaro  o’xshashliklari  inobatga  olingan,  xolos.  Lekin  to‘qimalarning 
hozirda biz o‘rtanadigan turlari aniq yoritilmagan.  


 

Mikroskopgacha  bo‘lgan  davrda  to‘qimalar,  a’zolar  haqida 
Aristotel  (eramizdan  avval  VI  asr),  Gippokrat  (Bukrot  eramizdan  avval 
III  asr),  Galen  (eramizdan  avval  III  asr)  larda  fikr  bildirib,  "suyuq"  va 
"quyuq"  to‘qimalarni  ajratganlar,  ularning  organizmdagi  roli  haqida 
ma’lumotlar qoldirganlar. Aslida mikroskopgacha bo‘lgan davr 250-300 
yillarni o‘z ichiga oladi va XII asrgacha davom etadi.  
Birinchi  mikroskop  1625  yilda  Stelluti  tomonidan,  so‘ng  1665 
yilda  gollandiyalik,  fizik  olim  Robert  Guk  (1635-1703)  tomonidan 
mikroskop  yaratildi.  Undan  oldin  G.Galiley  1609  yilda  teleskop  ishlab 
chiqdi  va  keyin  soddagina  mikroskop  konstruksiyasini  yaratgan  edi. 
R.Gukning vatandoshi Antonn van Levenguk (1632-1723) mikroskopni 
ancha  mukammallashtirdi.  Mikroskop  yaragilgach,  M.Malpigi  (1628-
1694),  N.Gryu  kabi  olimlar  turli  a'zolar  (teri,  buyrak,  taloq  kabi)  larni 
mikroskop  ostida  ko‘rdilar.  Ulardan  oldin  R.Guk  oddiy  shisha 
probkasini  mikroskop  ostida  ko‘rib,  uning  kichik  xujayralardan 
(yacheykalardan)  tashkil  topganligini  aytib,  "xujayra"  tushunchasini 
kiritadi.  N.Gryu  esa,  "tuqima  atamasi"  haqida  yozadi.  Shunday  qilib 
M.Malpigi,  N.Gryular  birinchi  klassik  asarlar  yaratdilar.  L.Levenguk 
juda ko‘p biologik ob’ektlar (odam a’zolaridan tashqari tabiat jismlari)ni 
ham  ko‘rishga  sazovar  bo‘ladi  va  o‘zining  ilmiy  ishlari  sharofati  bilan 
Britaniya qiroli kompaniyasiga a’zo bo‘lib kiradi.  
Birinchi mikroskopistlarning ko‘plari metafizik olimlar bo‘lishgan. 
Lekin  ular  topgan  yangiliklar  fan  taraqqiyotida  katta  rol  o‘ynaganlar. 
Ular avvalgi hayvon va o‘simlik a’zolari "donalar" dan tuzilgan iborasini 
hamda  "tanachalar"  tushunchasini  kiritishgan.  Mikroskopgacha  bo’lgan 
davrda amaliy tibbiyot, nazariy tibbiyotdan ustunroq bo‘lgan.  
Mikroskopik  davr  tarixan  boy  davr  bo‘lib,  bu  davrda  asosiy 
tushunchalar  va  juda  ko‘p  nazariyalar  yaratildi.  To‘qima  tushunchasini 
N.Gryu  kiritadi.  Ya.Purkine  (1825-1827)  birinchi  bor  tovuqning  tuxum 
xujayrasini  ko‘rdi  va  keyin  juda  ko‘p  hayvon va  o‘simlik  xujayralarini 
o‘rgandi. U "protoplazma" tushunchasini 1830 yilda fanga kiritdi. 1833 
yilda R.Broun xujayra yadrosini birinchi bor yozdi va "yadro" atamasini 
kiritdi. 1800-yillarga kelib, fransiyalik anatomlar K.Bish 21 xil to‘qima 
haqida  yozdi.  Va  nihoyat  gistologiyaning  fan  sifatida  rivojlanishida 
mikroskop va uning asosida yaratilgan sitologiya fani katta rol o‘ynadi.  
Dastlabki davrlarda sitologiya va gistologiya fani taraqqiyotida rus 
olimlari  ham  katta  rol  o‘ynadilar.  M.M.Terexovskiy  (1740-1796) 
birinchi bo‘lib mikroskop ostida tajriba o‘tkazgan. Rus gistologiyasining 
asosichilaridan bo‘lgan A.M.Shumlyanskiy a’zolar tuzilishini mikroskop 


 

ostida  ko‘rgan.  Ayniqsa  buyrak  tuzilishi  mukammal  tekshirib,  nefron 
qismlarini yozib qoldirgan.  
XIX asr o‘rtalariga kelib, mikroskopik anatomiya, gistologiya fani 
anchagina  shakllanib  qolgan  edi,  sitologiya  esa,  fan  sifatida  hayotga 
qadam  qo‘ygan  edi.  Sitologiya  fanini  rivoj  topishida  xujayra 
nazariyasini  yararatilishi  asosiy  rol  o‘ynaydi.  Xujayra  nazariyasi 
ixtirochilari  chex  olimi  M.Shleyden  (1804-1881)  va  T.Shvan  (1810-
1882)  lardir.  T.Shvanning  xizmati  shundaki,  u  o‘zigacha  ma’lum 
bo‘lgan  ma’lumotlarga  suyanib, tirik organizm  (hayvon va o‘simliklar) 
asosida  xujayra  yotadi  va  xujayra,  hayvonot  dunyosi  uchun  universal 
tuzilmadir, degan xujayra nazariyasini yaratdi. Ungacha bu nazariyaning 
ayrim  elementlarigina  aniq  edi,  masalan  xujayra  xujayradan  ko‘payadi 
va x. k. Bu nazariyasini yaratilishi, umuman biologiya fani uchun katta 
asos bo‘ldi.  
Ko‘p  olimlar  xujayra  tuzilishi  va  xujayra  bo‘linishi  haqida  turli 
nazariyalar yaratishgan. Rus olimi I.D.Chistyakov (1874) , ukrain olimi 
P.I.Peremejkolar (1875) xujayralarda kechadigan kariokinez bo‘linishni 
yozib  qoldirishadi,  xujayralar  bo‘linishida  yadroning  yo‘qolmasligi 
birinchi  marta  aniqlandi.  Kievlik  gistolog  P.  I.  Peremejko  (1878) 
somatik  xujayralarning  bo‘linish  bosqichlarini  to‘liq  o‘rganib  chiqadi. 
1879 yilda nemis olimi V.Shleyxer "kariokinez" atamasini fanga kiritdi. 
Shuningdek nemis olimi V.Flemmish kariokinez bosqichlarini tasvirladi. 
O.Gertvich  (1849-1922)  kariokinez  davrida  xujayrada  bo‘ladigan 
o‘zgarishlarni  yozdi.  Bularning  hammasi  "xujayra  nazariyasi"ni  yana 
ham boyitishida, gistologiya fanini rivojiga katta hissa qo‘shdi.  
Albatta,  xujayra  nazariyasi  birgina  sitologiyada  emas,  balki 
gistologiya fanida ham rivojlanish nuqtasi edi. Nemis olimlari Kelliker, 
Leydiglar  gistologiya  o’buyicha  birinchi  darslik  yaratdilar  va 
organizmda  birinchi  bor  to‘rt  xil  to‘qima  borligini  e’tirof  qildilar: 
epiteliy,  mushak,  biriktiruvchi  va  nerv  to‘qimalari
.  Bunday  tasnif 
asosida  to‘qimalarni  gistologik  -  mikroskopik  tuzilishi  yotardi.  Chunki 
bu davrga kelib, mikroskop uchun turli obektivlar, mikrotom, fiksatorlar 
(osmiy kislogasi, formalin, xrom kislotasi kabi) ishlatila boshlangan edi. 
Yevropa  mamlakatlaridagidek  Rossiyada  ham  gistologiya  fani  XX 
asrdan boshlab rivojlana boshladi.  
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  optika,  mikroskop  texnikasining 
rivoji,  xujayra  nazarinsining  yaratilishi,  shu  bilan  birga  kimyo, 
biologiya,  fizika  fanlarining  taraqqiyoti  gistologiya  fani  taraqqiyotiga 
katta  ta’sir  eta  boshladi.  Birgina  Rossiyada  bir  necha  yirik  maktablar 
vujudga  keldi.  Bunda  Sankt-Peterburgning  tibbiyot  akademiyasida, 


 

Moskva,  Qozon,  Kiev,  Xarkov  kabi  shaharalardagi  universitetlarda 
mustaqil  gistologiya  kafedralari  paydo  bo‘la  boshladi.  Gistologiya  fani 
sohasida iqtidorlik olimlar to‘plana boshladi. Keyinchalik bu shaharlarda 
mashhur  gistologik  ilmiy  maktablar  rivojlandi.  Bu  maktablarning 
mashhur  olimlari  gistologiyani  turli  sohalarida  sitologiya,  to’qimalar 
gistologiyasi  sohalarida  turli  g‘oyalar,  nazariyalar  yaratdilar  va  dunyo 
gistologiya fanini boyitdilar.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə