Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

 
 
17-rasm. Hujayra sikli sxemasi 
  
Mitoz  -
  murakkab  bo‘linish  bo‘lib,  asosan  somatik  hujayralarga 
xosdir.  O‘rganishni  osonlashtirish  uchun  mitoz  to‘rt  bosqichga  bo‘lib 
o‘rganiladi: profaza, metafaza, anafaza, telofaza (4-jadval).  
Profazada
  (18  va  19-rasmlar)  xromosomalar  spirallashishi 
boshlanadi.  Sentrosoma  sentriolalari  hujayra  qutblariga  tarqalib,  ular 
orasida  makronaychalar  tortiladi,  mitoz  kalavasi  duki  hosil  bo‘ladi. 
Profaza  oxiriga  kelib,  yadro  qobig‘i  erib  ketadi,  yadrocha  ko‘rinmay 
qoladi.  
Metafazada
  yaxshi  shakllangan  xromosomalar  hujayraning 
ekvatorial tekisligiga bir qator joylashadi. Har bir xromosoma o‘zining 
sentromerasi  bilan  kalava  iplariga  birikadi.  Metafaza  oxiriga  kelib,  har 
bir xromosomada ikkita xromatida yaqqol ko‘rinadi.  
Anafazada
 
xromosomalar 
xromatidalarga 
ajralib, 
duk 
ipchalarining qisqarishi natijasida ular bir-biridan uzoqlashadi.  
Telofazada
  xromatidalar  despirallashib,  xromatinga  aylanadi. 
Yadro  qobig‘i,  yadrocha  shakllanadi.  Mitoz  oxiriga  kelib  sitoplazma 
ham ikkiga  bo‘linib (sitotomiya), diploid xromosomalar to‘plamiga ega 
bo‘lgan  qiz  hujayralar  hosil  bo‘ladi.  Demak,  mitoz  natijasida  qiz 
hujayralar  xromosomalarning  doimiy  somatik  hujayralarga  xos  diploid 
to‘plamiga ega bo‘lib qoladi.  
 
 
 
 


 
47 
 
 
 
 


 
48 
 


 
49 
Mitoz  vaqtida  xromosomalardagi  DNK  miqdorining  ikki  barobar 
ortishi,  xromosomalarning  xujayra  qutblariga  tarqalishi  jarayonlari 
buzilsa,  hosil  bo‘lgan  qiz  xujayralarda  xromosomalar  soni  o‘zgarishi, 
irsiy axborotning o‘zgarishi kabi nomo‘tadil holatlar kuzatiladi.  
Ayrim 
a'zo 
to‘qimalari 
hujayralarida 
mitoz 
jarayoni 
tugallanmasdan yoki mitozda sitoplazma ikkiga bo‘linmasdan DNKning 
ikki  barobar  ortishi  kuzatiladi.  Bu  jarayon  endomitoz  deb  ataladi. 
Endomitoz  natijasida  bitta  poliploid  gigant  yadroli  yoki  bir  necha 
yadroli 
hujayralar 
hosil  bo‘ladi.  Hosil  bo‘lgan  hujayralarda 
xromosomalar  soni  poliploid  bo‘ladi.  (Odatda  somatik  hujayralarda 
xromosomalar  soni  diploid  (2p)  bo‘ladi.  Jigar  hujayralarida  tetraploid 
(4p) va oktaploid (8p) xromosomalar to‘plami uchraydi. Suyak ko‘migi 
hujayrasi  -  megakariotsitda  xromosomalar  to‘plami  32  p  bo‘lishi 
mumkin).  

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə