Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


   Mitoz  metafazasida  xromosomalar  va  DNK  mitsdori



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

10.   Mitoz  metafazasida  xromosomalar  va  DNK  mitsdori
:  A. 
Hromosomalari  -  2p.  B.  Xromosomalari  -  4p.  S.  DNK-4s.  E.  A  va  S 
javoblar to‘g‘ri. E. B va S javoblar to‘g‘ri.  
 


 
57 
4-Mavzu 
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI. 
TA'SIRLANUVCHANLIK 
Mavzuning mazmuni 
 
Hujayrada 
kechadigan 
molekulyar 
darajadagi 
jarayonlar 
organizmda  normal  va  patologik  sharoitning  shakllanishini  ta'minlaydi. 
Molekulalar  tuzilishi  va  xususiyatlarini  o‘rganish  modda  almashinuvi 
buzilishidan kelib chiquvchi kasalliklar mexanizmini aniqlashda 
muhim
 
ahamiyat kasb etadi.  
Modda va energiya almashinuvi (metabolizm) o‘zaro  bir-biriga  bog‘liq 
ikki  jarayon:  assimilyasiya  va  dissimilyasiyadan  iborat.  Modda  va 
energiya almashinuvi ham hujayra, ham organizm miqyosida kechadi.  
Assimilyasiya  (anabolizm)  -  hujayra  ichiga  kirgan  moddalarni 
o‘zlashtiruvchi, energiya talab (endergonik) jarayondir.  
Dissimilyasiya (katabolizm) - 
o‘zlashtirilgan 
moddalarning 
parchalanadigan  va  energiya  hosil  bo‘ladigan  (ekzoergonik)  jarayondir. 
Metabolizm  normal  kechishi  uchun  metabolik  fond  -  tashqaridan  qabul 
qilingan  moddalar,  hujayrada  dissimilyasiya  natijasida  hosil  bo‘lgan 
mahsulotlar bo‘lishi kerak.  
Dissimilatsiya  gidrolitik  yoki  oksidlanish  reaksiyalari  natijasida 
yuz  beradi.  Bu  jarayonlar  kislorodli  va  kislorodsiz  muhitda  amalga 
oshishi  mumkin.  Kislorodsiz  (anaerob)  dissimilyasiya-glikoliz,  bijg‘ish 
reaksiyalari  asosida  amalga  oshadi.  Bu  reaksiyalarni  quyidagicha 
umumlashtirish mumkin.  
 1) glikoliz (asosan hayvonlarda kuzatiladi)  
S6N, 206 + 2N3R04 + 2ADF 
► 2S3N603 + 2ATF + 2N20 
Glikolizda  hosil  bo‘lgan  pirouzum  kislotasi  energiyaga  boy  organik 
moddadir.  
2) bijg‘ish (spirtli achish, asosan o‘simliklarda kuzatiladi).  
S6N, 206 + 2N3R04 + 2ADF 
► 2S02 + S2N5ON + 2ATF + 2N20 
Bijg‘ish jarayonida ham energiyaga boy spirt hosil bo‘ladi.  
Demak,  anaerob  dissimilyasiyada  glyukoza  chala  parchalanadi  va  juda 
kam energiya - 2ATF hosil bo‘ladi.  
Dissimilyasiyaning  ikkinchi  samarali,  ko‘p  energiya  hosil  qiluvchi, 
glyukozani  oxirigacha  -  energiyasi  juda  kam  bo‘lgan  moddalargacha 
parchalovchi xili aerob katabolizmdir:  
S6N, 206 + 602 + 36N3R04 + 36ADF  
►  6S02  +6N20  +36ATF  + 
36N20 


 
58 
Anaerob  organizmlar  prokariotlar  orasida  ko‘proq  uchraydi. 
Ammo  eukariotlarda  ham  anaeroblar  uchrab,  ular  02  siz  muhitga 
ikkilamchi  moslanganlar  -  achitqilar,  parazitik  hayot  kechiruvchi  sodda 
hayvonlar,  ichakda  parazitlik  qiluvchi  tasmasimonlar,  askarida,  ostritsa 
va boshqalardir.  

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə