Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Gistologiya fanini amaliy ahamiyatlari



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Gistologiya fanini amaliy ahamiyatlari. 
1.  Sitodiagnostika  (xujayraviy  tashhis).  Qon  xujayralaridan  tortib,  turli 
to‘qima,  xujayralar  mikroskop  ostida  ko‘riladi  va  undagi  miqdoriy  va 
sifat o‘zgarishlar aniqlanadi.  Shu asosida tashhis qo’yiladi. Onkologiya, 
genetika, 
immunomorfologiya, 
gematologiya, 
akusherlik 
va 
genikalogiyada 
bu 
usullar 
asosiy 
hisoblanadi. 
Gemogramma, 
subxujayraviy  sitodiagnostikada  mitoxondriyalar,  lizosomalar,  yadro 
kabi xujayra ichi tuzilmalaridagi o‘zgarishlar aniqlanadi.  
2.  Qon  quyish  va  transplantologiyada  xujayralar  va  to‘qimalarning 
o‘zaro mosligi yani gistologik moslik gistologiya orqali hal qilinadi.  
3.  Turli  holatlarda  to’qimalar  regeneratsiyasini  (tiklanishini)  o‘rganish 
masalasi 
hayotiy 
masalalardan 
hisoblanadi. 
Biz  to‘qimaning 
regeneratsion  qobilyatini  bilmay  turib,  to’qimaga  ta’sir  ko‘rsata 
olmaymiz.  Regeneratsiya  esa,  bu  birinchi  galda  gistologik  muammo 
hisoblanadi.  
4.  Turli  farmakologik  dorilarning  ta'siri  sitogistologik  jihatdan 
o‘rganiladi.  Biror  yangi  dorini  xujayra,  to‘qima  va  a'zolarga  tasirini 
o‘rganmasdan turib, hayotga tadbiq qilinmaydi.  
5.  Tibbiyotda  qator  meyoriy  sito-gistologik  testlar  ishlab  chiqilganki, 
ularning biron organizmdagi u yoki bu tomonga siljishi potologik  holat 
hisoblanadi.  Bu  testlar  ayniqsa  postnotal  gistogenezda,  qarigan 
organizmda katta ahamiyatga ega. 
6.  Gistologiya  fani  boshqa  tibbiy-biologik  va  klinik  fanlar  bilan 
integratsiyalashgan holda bu fanlarni taraqqiyotida muhim ro‘l o’ynaydi.  
Gistologik  qonuniyatlar  fiziologik,  biokimyoviy  qonuniyatlar  bilan 
bog‘liq.  
Sitologiya fani taraqqiyoti molekulyar biologiya taraqqiyotiga olib 
keldi.  Gistologiya  fanining  gistologik 
harakterda 
shakllanishi, 
fiziologiya,  biologiya,  biokimyo  fanlarini  va  ayniqsa  klinik  fanlarni 
o‘qitishda  katta  ahamiyatga  ega.  Masalan:  ichakda  uchraydigan 
sitopatiyalar,  turli  tug‘ma  kasalliklarga,  fermentopatiyaga  olib  keladi. 
Bir so‘z bilan aytganda biopsiyalar, autopsiyalar, genetika fani tamomila 
sitologiya bilan bog‘liq.  
7.  Gistologiya  fani  fizika,  matematika,  kimyo,  kibernetika,  kompyuter 
texnikasi  kabi  fanlar  bilan  uzviy  bog‘langandir.  Bu  fanlarning 
taraqqiyoti  gistologiya  fani  taraqqiyotiga  juda  qo‘l  keladi.  Ayniqsa, 


 
12 
hozirgi  zamon  axborot  texnologiyasining  taraqqiyoti  gistologiya  fani 
taraqqiyotiga  katta  hissa  qo‘shmoqda.  Sitofotometriya,  elektron 
hisoblash 
mashinalari, 
kompyuter 
texnikalari 
hozirgi 
kunda 
gistologiyada keng qo‘llanilmoqda.  
Shunday qilib, gistologiya fani biologiya va tibbiyotda katta o‘rin 
tutadigan  fanlardan  biri  hisoblanadi.  Bu  fanni  to‘liq  o‘zlashtirish  inson 
organizmida  meyorda  va  kasallikda  turli  strukturalarda  bo‘ladigan 
gistologik o‘zgarishlarni bilib olish hamda  kasallikni davolashda to’g‘ri 
yo’l tutishga olib keladi.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə