|
 Toshkent pediatriya tibbiyot institutiumumiy va xususiy sitologiyaVaziyatga doir masalalar
1.
Agar tez-tez yozsak yoki tinmay juda tez harakat qilsak charchab
qolamiz, mushaklarimiz qisqarishi va yozilishi susayadi. Bu hodisa
mohiyatini tushuntirib bering va shu hodisani ifodolovchi kimyoviy
reaksiyani yozib bering.
2.
Fiziologlarning ko‘rsatishicha, sut kislotasining biroz miqdorda
hosil bo‘lishi mushak qisqarishini jadallashtiradi. Masalan, sportchi
musoboqadan oldin biroz mashq qiladi. Sut kislotasining juda ko‘p
miqdorda hosil bo‘lishi esa mushak qisqarishini susaytiradi, uni tezda
charchatib qo‘yadi. Bundan tashqari sut kislotasi hosil bo‘lishi uchun
ko‘p glyukoza sarf bo‘ladi, ATF esa kam hosil bo‘ladi. Endi quyidagi
holatlarni ilmiy izohlab bering.
a) yuragi birmuncha kasallangan kishi tez chopsa yoki og‘ir jismoniy
mehnat qilsa, mushaklari kislorod bilan yetarli taminlanmaydi va
natijada kislorodsiz glyukozaning parchalanishi kuzatiladi. Bunday
vaqtda kishi nimani his qilishi mumkin?
b) "juda charchadim", "kuchim qolmadi" degan iboralarni qanday
tushunish kerak?
3. Kishi terisida melanin pigmenti hosil bo‘lish jarayoni buzilgan, ya'ni
albinizm kasalligi kelib chiqqan. Bu xastalik asosida qanday modda
almashinuvi buzilganligini tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: |
|
|