Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

 
Mikrotexnika 
Gistologik  preparatlarni  tayyorlash  jarayoniga  mikrotexnika  deb 
ataladi va bu jarayon bir necha bosqichda olib boriladi.  
1. Material olish. Preparat tayyorlash uchun material (to‘qima yoki a'zo) 
hayvondan,  kasaldan,  o‘lgan  odamdan  olinadi.  Embriologiyada  hatto 


 
13 
homilaning  o‘zidan  to‘liq  preparat  ham  tayyorlanadi.  O‘likdan  material 
olish autopsiya, tirik organizmdan material olishga biopsiya deb ataladi. 
Biopsiya materiali zudlik bilan bemorga tashhis qo‘yishda qo‘llaniladi.  
2.  Qotirish  (fiksatsiya).  Bu  jarayon  olingan  materialning  dastlabki 
(tiriklik)  holatini  saqlash  uchun  ishlatiladi.  Fiksatsiya  vaqtida  oqsillar 
denaturatsiyaga  uchrab,  to’qima,  xujayralar  ularni  qismlarini  dastlabki 
tuzilish  holati  saqlanib  qoladi.  Agar  material  zudlik  bilan  qotirilmasa 
oqsillar chirishi bilan tuzilmaning holati o‘zgaradi va tashhisda xatolikka 
yo‘l  qo‘yiladi.  Fiksatsiya  qiluvchi  suyuqliklar  fiksatorlar  deb  ataladi. 
Fiksatorlarning  turlari  ko‘p  va  ulardan  qay  birini  ishlatish  maqsadga 
bog‘liq bo‘ladi.  
Ob'ektlar  ba’zi  fiksatorlarda  uzoq  saqlanadi,  ba’zilarida  esa  qisqa 
muddat  saqlanadi.  Formalin  va  spirt  klassik  fiksatorlar  bo‘lib 
hisoblanadi.  Bazida  maxsus  fiksatorlar  ham  ishlatiladi.  Masalan:  gisto-
sitoximyaviy  reaksiyalarda.  Kup  fiksatorlar  bir  necha  eritmalarning 
aralashmasidan  tayyorlanadi.  Elektronmikroskopiya  uchun  alohida 
fiksatorlar  ishlatiladi.  E'tibor  berish  kerakki  bazida  tuliq  fiksatsiya 
qilinadi  va  qotiriladi.  Bu  holda  maxsus  moslamadan  foydalaniladi. 
Fiksatorlar asosan material olishdan oldin tayyorlanadi.  
3. Yuvish. Fiksatsiya vaqtida material tarkibida fiksator o‘tirib qoladi va 
ayrim fiksatorlar keyingi jarayonlar uchun xalaqit beradi. Shuning uchun 
yuvish  orqali  to‘qima  tarkibidan  chiqarib  tashlanadi.  Bu  oqib  turgan 
vodoprovod suvida 24 soat davomida amalga oshiriladi. 
4.  Zichlashtirish.  Yuvilgan  vaqtda  material  tarkibiga  suv  o‘tadi.  Suvni 
yo‘qotish  uchun  suvsizlantirish  usulidan  foydalaniladi.  Buning  uchun 
material konsentratsiyasi ortib boruvchi spirt eritmalardan o‘tkaziladi.  
5.  Quyish.  Suvsizlangan  materialni  zichlashtirish-qotirish  keyingi 
bosqich  ya'ni  kesish  uchun  kerak  bo‘ladi.  Buning  uchun  material 
tarkibiga  astalik  bilan  organik  eritma  (benzol,  atseton  yoki  xloroform 
kiritiladi),  ko’pincha  xloroform  ishlatiladi.  Keyin  xloroform  o‘rnini 
parafin  bilan  almashtiriladi.  Buning  uchun  36*li  termostatdan 
foydalaniladi.  To‘qima  ichiga  kirgan  parafin  past  gradusda  material 
bilan qotib, qotirilgan material oson kesiladi.  
6.  Kesish.  Kesish  vaqtida  materialdan  yupqa,  5-10  mkm  qalinlikdagi 
kesmalar  olinadi.  Kesmalar  maxsus  mikrotomlarda  kesiladi.  Hozirda 
mikrotomlarning  turi  ko’p:  a)chanali  mikrotom,  b)ko‘p  kesmalar 
oladigan 
mikrotom 
s)muzlatib 
kesadigan 
mikrotom, 
d)elektronmikroskoplar uchun kesmalar tayyorlanadigan ultramikrotom. 
Ultramikrotomlarda  tayyorlanadigan  kesmalar  qalinligi  2-7  nm  atrofida 


 
14 
bo‘ladi.  Yorug‘lik  mikroskopida  ko‘rish  uchun  tayyorlanadigan 
kesmalar buyum oynasiga o‘tkazib qo‘yiladi.  
7. Bo’yash. Mikroskopda ko‘rish uchun kesmalar bo‘yaladi. Xujayra va 
to‘qimalar tarkibi bir xil bo‘lmagani uchun buyoqlarni bir necha turi bir 
vaqtda  ishlatiladi.  Eng  ko‘p  ishlatiladigan  gemotoksilin  -  yadroni 
buyaydi,  eozin  esa  -  sitoplazmani  bo’yaydi.  Buyoqlar  har  xil  bo‘ladi; 
ishqoriy  (gemotoksilin),  nordon  (eozin).  Ko‘p  bo’yoqlar  maxsuslikka 
ega.  Sudan  yog‘larni,  tironin  -  RNK  ni,  azot,  qo‘rg‘oshin  eritmalari  - 
nerv  to‘qimasini  bo’yaydi.  Bulardan  tashqari  bir  necha  bo‘yoqlar 
aralashmasi maxsus moddalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Gistologiyada 
olimlar nomi bilan ataladigan usullar ham mavjud. Masalan: Shabadash 
usuli  bilan  -  glikogen,  Nessle  usuli  bilan  -  neyronlar  bo‘yab  ko‘riladi. 
Bo‘yash muddati turli usullarda turlicha bo‘ladi.  
8.  Suvsizlantirish.  Ko‘p  bo‘yoqlar  suvda  eritilgan  bo‘ladi.  Shuning 
uchun  kesmalar  bo‘yalgan  vaqtda  uning  tarkibiga  suv  o‘tadi. 
Suvsizlantirish 90-1000 spirtda 2-5 minut oralig‘ida olib boriladi.  
9.  Tiniqlashtirish.  Bo‘yash  jarayonida  kesmalarda  ayrim  qoldiqlar 
qolishi,  kesmalar  ifloslanishi  mumkin.  Kesmalar  2-3  minut  (ba’zan  5-6 
minutgacha) ksilol yoki toluolda saqlansa u tiniqlashadi va ko‘rish oson 
bo‘ladi.  
10.  Yakunlash.  Buning  uchun  kesmaga  bir  tomchi  ksilolda  eritilgan 
balzam  tomiziladi  va  uning  ustidan  yopqich oyna  bilan  berkitiladi.  Shu 
bilan  preparat  ko‘rish  uchun  tayyor  bo‘ladi.  Tayyorlangan  gistologik 
preparat  qorong‘i  joyda,  maxsus  karobkalarda  saqlanadi.  yerug‘likda 
rang o‘cha boshlaydi.  
Albatta  yuqorida  keltirilgan  mikrotexnika  bosqichlarini  ayrim 
hollarda  maqsad  va  sharoitga  ko‘ra  o‘zgartirish  mumkin.  Mikrotexnika 
bosqichlari amaliy darsliklarda to‘liq keltirilgan. 
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə