Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


-rasm. Silliq mushak xujayrasining ultramikroskopik tuzilish



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

24-rasm. Silliq mushak xujayrasining ultramikroskopik tuzilish 
sxemasi 
 
Yonma-yon  yotgan  hujayralarning  plazmatik  membranalari  ba'zi 
joylarda  juda  qalinlashib  tutashish  nuqtalarini  hosil  qiladi  va  bu  silliq 
mushak  hujayralarning  biridan  ikkinchisiga  qo‘zg‘alishni  o‘tishiga 
xizmat qiladi.  
Hujayrani  trofik  apparatini  -  yadro  va  organellalar  tashkil  etadi. 
Silliq  mushak  hujayrasini  yadrosi  uning  markazida  joylashib  cho‘ziq, 
oval  yoki  tayoqchasimon  shaklga  ega  (24-rasm).  Uning  yonida  sust 
rivojlangan  plastinkasimon  kompleks  va  hujayra  markazi  yotadi. 


 
88 
Mushak 
hujayrasida 
endoplazmatik 
to‘r 
sust 
rivojlangan. 
Mitoxondriyalar  kichik,  shakli  cho‘ziq  va  oz  miqdorda  bo‘lib 
sitoplazmada  tarqoq  holda  joylashadi.  Mitoxondriyalarni  kristallari 
ko‘nlalang-garg‘il mushaklardagiga nisbatan kam bo‘ladi.  
Miofibrillalar  mushak hujayrasining qisqaruvchi apparatini tashkil 
etishi  sababli  ular  eng  muhim  ahamiyaga  ega.  Miofibrillalar  skelet 
mushagiga  xos  bo‘lgan  ko‘ndalang  targ‘illikka  ega  emas  va  oddiy 
mikroskopda  bir  jinsli  ipchalar  shaklida  ko‘rinadi.  Elektron  mikroskop 
bilan silliq mushak xujayralari o‘rganilganda hujayraning butun uzunligi 
bo‘yicha  yoguvchi  uzluksiz  miofibrillalar  aniqlangan  emas.  Hujayra 
sitoplazmasida  bo‘ylama  joylashgan  submikroskopik  protofibrillalar 
mavjud  bo‘lib,  ular  tutamlar  hosil  qilmaydi.  Protofibrillalar  yoki 
mikrofermentlarning  ikki  turi  farqlanadi: 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə