Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

aktin  va  miozin.
  Miozin 
protofibrillalar diametri 17nm ga teng bo‘lib, yo‘g‘on protofibrillalardir. 
Aktin  miofibrillalar  diametri  7nm  ga  teng.  Ikkala  filamentlar  ham 
mushak  bo‘shashgan  holatda  burchak  hosil  qilib  yoki  hujayra  bo‘yi 
bo‘yicha  joylashgan  bo‘lib  mushak  qisqarganda  o‘z  joylashishini 
o‘zgartiradi. 
Silliq 
mushak 
hujayralarida 
ko‘ndalang-targ‘illik 
kuzatilmaydi,  chunki  filamentlar  o‘zaro  tartibli  joylashmagan.  Ular 
sarkomerlar hosil qilmaydi, plastinkalar ham topilmagan.  
 Silliq  mushak  hujayralarida  ham  tropomiozin,  troponin  va  a  - 
aktinin  oqsillari  topilgan.  Aktin  oqsillarining  sitolemmaga  birlashgan 
qismida  yoki  aktin  protofibrillalarining  o‘rta  qismida  zich  tanachalar 
uchraydi.  Zich  tanachalar  oddiy  mikroskopda  to‘q  dog‘  shakliga  ega. 
Zich  tanachalar  ko‘ndalang-targ‘il  mushak  tolasining  plastinkasida 
uchrovchi  aktinni  tutgani  uchun,  bu  tanachalarni  -  plastinkasining 
analogi  deb  taxmin  qilish  mumkin,  lekin  ular  betartib  joylashgan. 
Mushak  qisqarish  jarayonida  xuddi  ko‘ndalang-targ‘il  mushakdagi 
singari  aktin  va  miozinning  o‘zaro  sirpanishi  yuzaga  keladi.  Tortilish 
kuchi  zich  tanachalar  orqali  sarkolemmaga  (sitolemmaga)  o‘tadi, 
natijada, silliq mushak xujayrasi qisqaradi.  
Silliq  mushak  hujayra  sitoplazmasida  kalsiy  ionini  saqlovchi 
mayda  pufakchalar  bo‘lib,  ular  ko‘ndalang-targ‘il  mushakdagi 
sarkoplazmatik 
retikulumni 
eslatadi. 
Lekin 
sarkoplazmatik 
retikulumning  o‘zi  silliq  mushakda  kuchsiz  rivojlangan.  Bu 
pufakchalarga  hujayra  plazmatik  membranasining  botishidan  hosil 
bo‘lgan  tuzilmalar  tegib  turadi.  Bu  tuzilmalar  ko‘ndalang-targ‘il 
mushakning  T  -  tizimini  eslatadi.  Ular  impuls  tarqalishida  va  kalsiy 
ionining sitoplazmasiga chiqishida muhim o‘rin tutadi.  


 
89 
Har bir mushak xujayra yuqorida qayd etilgandek, bazal membrana 
bilan  qoplangan.  Mushak  xujayralarining  bir-biriga  tegib  yotgan 
qismlarida  tirqishli  tutashish  —  neksuslar  uchrab,  ular  silliq  mushak 
hujayralarining ma'lum guruhlari barobar qisqarishini ta'minlaydi. Bazal 
membranaga biriktiruvchi to‘qima tolalari kirib to‘r hosil qiladi. Mushak 
hujayralarining gruppalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi to‘qima 
qatlamlari  bilan  o‘raladi.  Ana  shu  biriktiruvchi  to‘qima  sarkolemma 
bilan birga silliq mushak to‘qimasining tayanch apparatini hosil qiladi.  
Silliq  mushak  to‘qimasi  yaxshi  taraqqiy  etgan  qon  tomirlar 
tizimiga ega. Qon tomirlar to‘qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, 
mushak  hujayralari  tutamlari  orasidagi  biriktiruvchi  to‘qima 
qatlamlarida kapillyarlar to‘rini hosil qiladi.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə