Toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Ko‘ndalang-targ‘il mushakning a'zo sifatida tuzilishi



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Ko‘ndalang-targ‘il mushakning a'zo sifatida tuzilishi 
 
Mushakning a'zo sifatida shakllanishida biriktiruvchi to‘qima ham 
ishtirok etadi. U mushakni parda shaklida o‘raydi va qon gomirlar bilan 
birgalikda  mushakning ichiga  ham o‘sib kiradi. Mushakni sirtdan o‘rab 
turuvchi  biriktiruvchi  to‘qima  parda  epimiziy  yeki  fassiya  deb  ataladi. 
Mushak  ichidagi  biriktiruvchi  to‘qima  qaglamlari  mushak  tolalarini 
alohida tutamlarga bo‘lib, ichki perimiziy deb ataladi.  
Biriktiruvchi  go‘qima  tolalari  har  bir  mushak  tolasini  nafis  to‘r 
shaklida o‘raydi. Bu nozik to‘r endomziy nomini olgan. Ichki perimiziy 
tarkibida yo‘naluvchi qon tomirlar garmoqlanib  har bir mushak tolasini 


 
94 
o‘rovchi  kapillyar  to‘rini  hosil  qiladi.  Mushak  tolalariga  payning 
kollagen  tolalari  tutashadi.  Bu  yerda  mushak  tolalarining  uchlari 
barmoqsimon  o‘simtalari  hosil  qiladi  va  ular  orasiga  kollagen  tolalar 
o‘sib kiradi.  
Mushak  to‘qimasida  shu  go‘qima  uchun  xos  bo‘lgan  mioglobin 
pigmenti  joylashadi.  Mioglobin  ikki  qismdan  -  Gem  (temir)  va  oqsil 
komponenti – globindan iborat. Mioglobin mushak fiziologiyasida katta 
rol o‘ynaydi. Uning asosiy vazifasi o‘zida kislorod saqlash xususiyatidir. 
Mushak  qisqargan  paytda  kislorodning  mushak  to‘qimasiga  kirishi 
qiyinlashadi,  lskin  ko‘p  miqdorda  sarf  qilinadi.  Bu  holda  mioglobin 
o‘zida  ushlagan  kislorodni  sarflaydi.  Sarkoplazmada  mioglobin  qancha 
ko‘p bo‘lsa, mushak kislorodga shuncha boy bo‘ladi.  
Ayrim  sut  emizuvchi  hayvonlar  mushagida  juda  ko‘p  miqdorda 
jamlangan  kislorod  bo‘ladi.  Masalan,  tyulenlarda  47%  kislorod 
mioglobin  bilan  bog‘langan  holda  bo‘ladi,  faqat  38%  i  qonda  bo‘ladi. 
Mioglobin  mushakka  qizil  rang  berib  turadi.  Rangiga  qarab  qizil  va  oq 
mushaklar tafovut qilinadi. Qizil mushaklar oq mushakka nisbatan sekin 
qisqaradi, lekin ayrim hollarda oq mushak (masalan, tovuqning ko‘krak 
mushagi) qizilga nisbatan sekinroq qisqarishi mumkin. Bundan tashqari 
har bir qizil mushak tolasida oz miqdorda oq tolalar ham uchrab turadi. 
Qizil  mushak  tolalarida  oksidlanish  jarayoni  juda  yuqori  rivojlangan 
bo‘lib,  oq  mushak  tolalarida  esa,  modda  almashinuv  jarayoni  qo‘proq 
anaerob glikoliz shaklida boradi.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə