Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Neyron  sitoplazmasi
  –  neyroplazmani  o‘rganishda  quydagilarga 
ahamiyat berish lozim:  
1. 
Xromatofil  substansiya  (Nisslya  tanachasi,  tigroid  modda)  u  faqat 
sitoplazma  va  dendritlarda  bo‘ladi,  bazofil  bo‘yaladi,  chunki  uning 
tarkibida RNK, donador endoplazmatik to‘r va ribasomalar ko‘p bo‘ladi.  
Neyron tanasi 
Mielinli tola 
Ishchi a’zo va nerv 
oxirlari 


 
101 
2. 
Neyrofilamentlar  va  neyrotubulalar  sitoplazma  skeletini  tashkil 
etadi.  Ularga  neyrofibrillarlar  sifatida  maxsus  organellalar  deb  ham 
qaraladi.  
3. 
Golji  apparati  yaxshi  taraqqiy  etgan,  mitoxondriya,  lizosomalar 
ham yetarli. Qari odamlarda lipofutsin pigmenti to‘planadi.  
4. 
Akson boshlangan joyda akson tepaligi bo‘lib, u yerda organellalar 
bo‘lmaydi va och bo‘yaladi. Neyronlarda moddalarni o‘siqlardan tanaga 
siljishi  -  retrograd,  tanadan  o‘siqlarga  siljishi  antiretrograd  oqimi 
deyiladi.  
Nerv  hujayralarining  o‘simtalari,  ya'ni  neyrit  va  dendritlar  nerv 
tolalarini hosil qiladi. Nerv tolalari ikki xil bo‘ladi: Mielinli va mielinsiz 
nerv tolalari 
32-rasm. Yorug‘lik va TEM 
ostida nerv tolalari.  
A1-V-mielinli tola 
B1-G-mielinsiz tola 
1. O‘q silindr 
2. Mielin parda 
3. Biriktiruvchi to‘qima  
4. Gliotsit yadrosi 
5. Ranve bo‘g‘imi  
6. Mayda naychalar 
7. Neyrofilamentlar 
8. Mitoxondriy 
9. Bazal memrana 
Neyrotsitlarning  nerv  tolasidagi  neyrolemma  bilan  qoplangan 
o‘simtasi o‘q silindr deb aytiladi, qobiqni hosil qiluvchi glial elementlar 
esa  gliotsitlar  (neyrolemmatsit)  deb  yuritiladi.  Gliotsitlar  chegarasida 
Ranve bo‘g‘imi – bo‘g‘im tuguni bo‘ladi.  
Mielinli  nerv  tolalari  o‘q  silindr  va  uning  aksolemmasi-mielinli 
parda,  Shvann  qobig‘i,  tashqi  tomondan  bazal  membrana  va 
biriktiruvchi to‘qimadan iborat.  
Mielinli  nerv  tolasi  mielinsizga  nisbatan  nerv  impulsini  bir  necha 
baravar  tez  o‘tkazadi.  Mielinsiz  tolalarda  impuls  tezligi  1-2  m/sek 
bo‘lsa, mielinli tolalarda impuls tezligi 5-120 m/s bo‘ladi.  

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə