|
 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti-rasm. Tuxum xujayraning tuzilishiumumiy va xususiy sitologiya41-rasm. Tuxum xujayraning tuzilishi
Shunday qilib tuxum hujayrasining ko‘payishi va o‘sishi
tuxumdonda, yetilishi esa bachadon nayida amalga oshiriladi.
SPERMATOGENEZ.
Erkaklar jinsiy hujayrasi– spermatozoidlar
urug‘donning egri-bugri kanalchalarida paydo bo‘ladi. Spermatogenez
deb nomlanuvchi bunday jarayon balog‘at yoshiga yetganlarda
boshlanadi. Urug‘donda spermatozoidlarning ishlab chiqarilishi jinsiy
aktivlik so‘nguncha davom etaveradi va egri-bugri nay devorida
spermatogenezning turli davriga mansub bo‘lgan jinsiy hujayralar
ma'lum bir tartibda joylashadi. Bu yerda spermatogen xujayralaridan
tashqari Sertoli xujayralari ham joylashib, ular piramidasimon shaklga
ega bo‘ladi. Ularni uchli tomonida tolalar bo‘lib u egri –bugri nayni 2ta
zona ya'ni bazal va adlyuminal zonalarga bo‘ladi. Bazal zonada o‘zak,
spematogoniy va o‘suvchi xujayralar bo‘lsa, adlyuminal zonada meyotik
xujayralar joylashadi. Bunda Sertoli xujayrasi –trofik, tayanch, ximoya
va sekretor vazifalarni bajaradi. Sekretor vazifasida- bola balog‘at
yoshiga yetgan davrdan boshlab androgen saqlovchi oqsil ishlab
chiqarib, bu spermatogenezni shakllanish davrida spermatazoidlarni
dumini hosil bo‘lishini taminlaydi. Spermatogenez jarayoni 4 davrga
bo‘lib o‘rganiladi:
Dostları ilə paylaş: |
|
|