|
 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti-Mavzu
HUJAYRANING HAYOT SIKLI. HUJAYRALAR BO‘LINISHIumumiy va xususiy sitologiya3-Mavzu
HUJAYRANING HAYOT SIKLI. HUJAYRALAR BO‘LINISHI.
MITOZ. MEYOZ
Mashg‘ulotning mazmuni
Hujayralarning bir bo‘linishidan ikkinchi bo‘linishigacha yoki
uning o‘limigacha bo‘lgan davr hujayra sikli deyiladi. Hujayra sikli: 1.
Tinim davri; 2. Mitoz sikli; 3. Funksiyalarini bajarish davrlaridan tashkil
topadi.
Hujayralar bo‘linish hususiyatlariga karab har hil bo‘ladilar. Ayrim
hujayralar ko‘payish hususiyatiga ega bo‘lmaydi, chunki ular doimiy
faol hamda funksional takomillashgan hujayralardir. Boshqa hujayralar
esa doimo bo‘linib, o‘lgan, o‘z faolligini yo‘qotgan hujayralar o‘rnini
to‘ldirib turadi.
Mitoz sikli
mitozdan va interfazadan tashkil topadi.
Hujayradagi xromosomalarning gaploid soni "p" bilan belgilanadi.
Masalan: 1p xromosomali hujayra - gaploid, 2p xromosomali hujayra -
diploid, Zp ligi esa - triploid hujayra deb yuritiladi. Hujayradagi DNK
mikdori "s" bilan belgilanadi. Diploid hujayrada xromosomalar miqdori
2p, DNK miqdori 2s bo‘ladi.
Mitoz sikli
o‘rganilganda irsiy moddaning o‘zgarishlari ham
o‘rganiladi. Mitoz sikli (17-rasm) to‘rt davrga bo‘linadi: mitoz (M),
presintez (S 1), sintez ( S ), postsintez (S 2) davrlar va S O davrlar -
interfazani tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|