|
 Toshkent pediatriya tibbiyot institutiGISTOLOGIYA FANINI O‘RGANISH USULLARIumumiy va xususiy sitologiyaGISTOLOGIYA FANINI O‘RGANISH USULLARI
Gistologiya fanining asosiy o‘rganish usuli bu mikroskopiyadir
ya'ni tirik yoki qotirilgan, o‘lgan xujayra, to’qimalarni mikroskop ostida
ko‘rishdir. 1930-1940 yillarda elektron mikroskopni paydo bo‘lishi,
gistologiya fanini keskin rivojlantirib yubordi. Ungacha va undan keyin
paydo bo‘lgan yorug’lik mikroskopining turlari (ultrabinafsha,
polyarizatsion) ham gistologiya fani taraqqiyoti uchun katta xizmat qildi
va
qilmoqda.
Ayniqsa
ultratsentrafugalash
xujayra
qismlarini
(organellelar, yadro va kiritmalarni) o‘rganishda juda muhim rol
o’ynaydi. Hozirgi zamon gistologiya fanini o‘rganishda qo‘llaniladigan
usullar organizmni to‘la xolda o‘rganishdan tashqari aloxida olingan
xujayralar, to‘qimalar yoki xujayra qismlarini, xujayra organellalarini
o‘rganishga imkon beradi. Bu bilan molekulyar darajaga ham chiqiladi.
Hozirgi zamon yorug‘lik mikroskopining hal qiluvchi (ko‘rsatish)
qobilyati 0,2 mkm bo‘lsa, elektron mikroskoplarda bu masofa 1-2 nm ga
teng. Biz mikroskopning ko‘rsatish qobilyati deganda, mikroskopning
ikki nuqta orasidagi masofaga joylashgan ob'ekt (xujayra) qismlarini
ko‘rsata olish qobilyatini tushunamiz. Mikroskopiya vaqtida gistologik
ob'ektlar (preparatlar) mikroskop ostida ko‘riladi va lozim topilganda
tasdiqlash uchun ob'ektning rasmi maxsus moslamalar yordamida
rasmga olib qo‘yiladi.
Gistologik
preparatlar
turli
maxsus
usullur
yordamida
tayyorlanadi. Qaysi usulning qo’llanishi ko‘proq maqsadga bog‘liq
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|