|
 Toshkent pediatriya tibbiyot institutiSilliq mushak to‘qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasiumumiy va xususiy sitologiyaSilliq mushak to‘qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi.
Silliq mushak to‘qimasi mezenximadan rivojlanadi. Hosil
bo‘layotgan mushak hujayralari dastlab o‘simtalarga bo‘linib, uning
yordamida o‘zaro bog‘lanadi va shu tufayli mezenxima tuzilishini
eslatadi. Ularda miofibrillalar paydo bo‘lishi va differensiallanishi
boshlanganligining belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Keyinchalik silliq
mushak hujayralari o‘simtalarni yo’qotib duksimon shaklni oladi va bir-
biriga zich yopishib oladi. Ularda fibrillalarning soni ortib, hujayraning
uzun yo‘nalishi bo‘ylab tartibli ravishda joylashib boradi.
Silliq mushak anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya
qobiliyatiga ega. Mushak hujayralarining mitoz yo‘li bilan bo‘linish
qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma'lumot bor.
Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va ko‘payishini qon
tomirlarining o‘sishi hamda tiklanishi jarayonlarida ko‘rish mumkin.
Tajribada yirik arteriya bog‘lab qo‘yilgan hollarda qon aylanish kam
joylardagi mayda tomirlarning kengayishi kuzatiladi. Bunda ularning
devorida yangidan hosil bo‘lgan mushakning qalin qatlamlari paydo
bo‘ladi. Silliq mushak hujayralarning gipertrofiyasi va giperplaziyasi
bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|