|
 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti-rasm. Mielinli nerv tolasiumumiy va xususiy sitologiya34-rasm. Mielinli nerv tolasi.
Bajaradigan vazifasiga qarab sezuvchi (retseptor yoki afferent),
assotsiativ va harakatlantiruvchi (effektor yoki efferent) neyronlarga
bo‘linadi. Birinchilari tashqi yoki ichki muxit ta'sirida asab impulslarini
hosil qiladi. Effektor neyronlar qo‘zg‘alishni turli a'zolarning
to‘qimalariga o‘tkazib, ularni harakatga undaydi. Assotsiativ (oraliq)
asab xujayralari neyronlarni o‘zaro bog‘lash vazifasini o‘taydi.
Neyronlarning sitoplazmasi va o‘simtalarida neyrofibrillalar bo‘lib,
ular ingichka iplar shaklida aniqlanadi. Neyrofibrilyar apparat juda
uyg‘un bo‘lib, xujayraning turli holatiga qarab tez o‘zgarishi mumkin.
Elektron mikroskop ostida olingan dalillar neyrofibrillalarning diametri
6-10 nm keladigan neyro iplar (neyrofilamentlar) tutamidan va diametri
25 nm bo‘lgan neyrotubulalardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Bu
tuzilmalar yadro atrofida (perikarionda) to‘r shaklida, dendrit va
aksonda o‘zaro parallel joylashadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|