Toshkent tibbiyot akadeiyasi


ITM- ILG‘OR TEXNOLOGIYA MARKAZI RIOvaRIATM



Yüklə 367,93 Kb.
səhifə2/7
tarix20.10.2023
ölçüsü367,93 Kb.
#128589
1   2   3   4   5   6   7
услубий тавсиянома Авезмуратова Г — копия

ITM- ILG‘OR TEXNOLOGIYA MARKAZI


RIOvaRIATM- RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN ONKOLOGIYA va RADIOLOGIYA ILMIY AMALIY TIBBIYOT MARKAZI

KIRISH
Dissertasiya mavzusining muvofiqligi va dolzarbligi. Ko‘krak bezi saratoni (KBC) bugungi kungacha dunyo bo‘ylab ayollar orasida saraton kasalligi keltirib chiqargan o‘limlarning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda [1,2]. Ushbu kasallik tarqalishi ko‘lamini hisobga olsak, bu muammo ijtimoiy va klinik jihatdan ahamiyatli ekanligi oydinlashadi. Onkologik kasalliklar strukturasida ko‘krak bezi saratoni yetakchi o‘rinni egallab turibdi, ya’ni ushbu patologiya tufayli ayollarda kasallik va o‘lim ko‘rsatkichlari muttasil o‘sib bormoqda [3,4,5].
O‘zbekiston Respublikasida onkologik kasallik strukturasida (2017 yil) ko‘krak bezi saratoni yetakchi o‘rinda bo‘lib (100 ming aholiga 9,2), doimiy ravishda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda, ayollardagi onkologik patologiya bilan bog‘liq o‘lim statistikasida esa 14,7%ni tashkil qiladi [6,7,8.9,10]. Jahon statistikasiga ko‘ra, ayollar orasida ko‘krak bezi saratoni uchrashi 100 ming ayolga 43,3 bemorni tashkil qiladi, ushbu kasallik natijasidagi o‘lim darajasi esa har 100 ming ayolga 12,9 holatni tashkil etadi [11,12,13]. So‘nggi 30 yil ichida mutlaq va nisbiy o‘sish tufayli ko‘krak bezi saratoniga chalinish ko‘rsatkichi oshdi [14,15,16,17].
Ko‘plab olimlar ko‘krak bezi saratonini aniqlash va samarali davolash muammosi bilan shug‘ullanadilar, bu muammoga ko‘plab ilmiy tadqiqotlar va dasturlar bag‘ishlangan [18,19,20]. Erta tashxisni takomillashtirish va skrining dasturlarini amalga oshirish kasallikning so‘nggi bosqichlarida birinchi marta tibbiy yordamga murojaat qilgan bemorlarning foizini kamaytirishga imkon berdi, bu esa ko‘krak bezi saratoniga chalingan bemorlarni davolash imkoniyatlarini tubdan o‘zgartirdi.
Bir qator mamlakatlarda erta bosqichdagi ko‘krak bezi saratoni (T1-2N0M0 o‘simta, ya’ni limfa tugunlarida metastazlarsiz) bemorlarning yarmida birinchi tashrif paytida aniqlanadi: Yaponiyada - 60%, AQShda - 47%, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiyada 45-62%. Rossiyada bu ko‘rsatkich 18,5%ni tashkil qiladi [].
Erta bosqichlarda ko‘krak bezi saratoniga chalingan bemorlarni davolashdan ko‘zlangan maqsad kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lishdir. Ko‘krak bezi saratoniga erta bosqichlarda bemorlarning ayrim prognostik jihatdan qulay guruhlarida besh yillik residivsiz yashab qolish darajasi 98%ga yetadi. Metastatik ko‘krak bezi saratonini davolab bo‘lmaydi, ammo zamonaviy terapevtik yondashuvlar bemorlarning 50-60 %da uzoq muddatli klinik remissiya yoki uzoq muddatli stabillashuvni, ya’ni jarayonni surunkali kasallik shakliga o‘tkazish imkoniyatini beradi. To‘liq klinik remissiyani qo‘lga kiritgan metastatik ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda uzoq muddatli qaytalashsiz omon qolish imkoniyati mavjud, ammo bunday bemorlar soni oz (1-2%) [].
Dorilar bilan davolash bu - kasallikning dastlabki bosqichida ham, oxirgi bosqichlarida ham ko‘krak bezi saratoniga chalingan bemorlarni kompleks davolashning eng muhim tarkibiy qismidir. Saratonga qarshi dorilar va terapevtik rejimlarning samaradorligi to‘g‘risida zamonaviy tushuncha puxta tashkil etilgan, nazorat ostidagi (randomizasiyalangan) klinik tekshiruvlarning ishonchli natijalariga asoslangan. Ko‘p yillar davomida ko‘krak bezi saratoni bilan kurashuvchi dorilar zaxirasi shakllangan. Unga: shu jumladan antrasiklinlar, taksanlar, alkillashtiruvchi dorilar, xususan platina hosilalari, antimetabolitlar (ftorpirimidinlar, gemsitabin), anti-HER2 preparatlari (trastuzumab, lapatinib), antiestrogenlar (tamoksifen), aromataza ingibitorlari kiradi, va zaxira doimo to‘ldirliib bormoqda []. Har yili yangi istiqbolli dorilar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ko‘krak bezi saratoniga chalingan bemor uchun terapevtik taktikani tanlashda o‘smaning va bemorning biologik xususiyatlari inobatga olinadi [20, 21]. Kimyoviy rezistentlik (KR) va kimyoviy sezgirlik (KS) muammolari amaliy shifokorlarni tashvishga solgani singari nazariy onkologiya sohasida ishlayotgan tadqiqotchilarni ham tashvishlantiryapti. Ushbu muammo kimyoterapiya (KT) vujudga kelgan ilk kunlarda paydo bo‘lib, nazariy taxminlarga zid o‘laroq, eksperimental onkologlar, ularning orqasidan esa amaliy shifokorlar ham ba’zan kimyoterapiya bilan davolash davrida o‘smaning jadal kattalashishini kuzatganlar. Bu jarayon - JSSTning mezonlariga ko‘ra - kasallikning rivojlanishi deya baholanadi.
Bugungi kunda 30 dan ortiq turli xil kimyoviy terapiya sxemalari mavjud bo‘lib, ular dorilarning organotropiyasiga va o‘smalarning davolashga nisbatan individual sezgirligiga asoslangan. Agar o‘smalarning individual sezgirligini aniqlashning iloji bo‘lmasa, kimyoviy terapiya sxemasiga hujayra siklining turli bosqichlarida ta’sir ko‘rsatadigan preparatlar qo‘shiladi. Davolash samarasizligining asosiy sababi, saratonga qarshi dorilarga chidamliligi hisoblanadi. Shish hujayralari sezgir bo‘lmagan sitostatiklar organizmning o‘smaga qarshi kurashuvchanligini bostiradi, bu bilan dori vositalariga chidamli klonlarning o‘sishini va keng metastazlarning tez rivojlanishini rag‘batlantiradi. Shunday qilib, kimyoviy terapiya samaradorligini oshirish o‘sma hujayralarining ko‘plab dori-darmonlarga rezistentlik darajasini kamaytirish va saratonga qarshi dorilarga sezgirligini oshirishni o‘z ichiga oladi.
Ko‘krak bezi saratoniga qarshi sitotoksik terapiyani optimallashtirish davolash natijalarini yaxshilashning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu sohada olib borilayotgan ishlanmalar kimyoterapiya samaradorligini bir necha barobar kuchaytirishga imkon beradi: birinchidan, yangi kimyoterapiya preparatlari (KP)ni yaratish; ikkinchidan, dorivor moddalarni o‘simta tomon yetkazish usullarini takomillashtirish; uchinchidan, ko‘pkomponentli rejimlardan yuqori dozalarda foydalanish; to‘rtinchidan, kimyoviy terapiya modifikatorlaridan foydalanish va, beshinchidan, individual (shaxsiylashtirilgan) kimyoviy terapiya rejimlarini tayinlash.
Saratonning molekulyar xususiyatlariga asoslanib, ko‘krak bezi saratoni uchun yordamchi (yoki yangi yordamchi) kimyoviy terapiya ko‘rinishidagi individual terapiya amaldagi davolash usullarining xavf samaradorlik nisbatlarini yaxshilashi mumkin. Amaldagi diagnostik biomarkerlar panelini kengaytirish va takomillashtirish bizni nafaqat individual davolash usullariga yo‘naltiradi, balki asosan kimyoviy terapiyadan foyda ko‘rmaydigan bemorlar guruhini ajratishga imkon beradi. Shu bilan birga, o‘sma biologiyasini yaxshiroq tushunish, mavjud dori-darmonlardan foyda ko‘rishi dargumon bo‘lgan bemorlar uchun yangi sxemalar yaratilishini optimallashtiradi. Markerlar kombinasiyasi har qanday bitta gen yoki gen mahsulotiga qaraganda javobni taxmin qilishda ko‘proq ma’lumot bera olishi kutilmoqda. Zamonaviy molekulyar tahliliy vositalar, xususan, genetik tahlil va transkripsiyani profillash ushbu gipotezani sinovdan o‘tkazishga ko‘maklashadi (Pusztai et al., 2005).
Shunday qilib, xavfli o‘smalarni, shu jumladan ko‘krak bezi saratonini davolashda KT va KSning genetik asoslarini aniqlash, shuningdek, shaxsiylashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega.

Yüklə 367,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə