Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Yüklə 68,45 Kb.
tarix17.11.2018
ölçüsü68,45 Kb.
#79987

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

professor Teshaev O.R.

_______________________

«27» avgust 2015 y.

DAVOLASH FAKULTETI FAKULTET VA GOSPITAL JARROHLIK KAFEDRASI
GOSPITAL JARROXLIK fani

Davolash fakulteti 5 kurs talabalari uchun



«O‘TKIR VENOZ TROMBOZLAR.

POSTTROMBOFLEBITIK SINDROM»

mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun


O‘QITISH TEXNOLOGIYASI


Toshkent – 2015

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dosent Imamov A.A.

Assistent Alidjanov X.K.

O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

Kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnomasi № 1 «27» avgust 2015 y. dan


Mavzu: O‘tkir venoz trombozlar. Posttromboflebitik sindrom
1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqti – 6 soat

Talabalar soni: 8-12 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mag‘ulot o‘quv xonasida o‘tkaziladi. Mashg‘ulot «o‘rgimchak ini» usulini qo‘llagan holda o‘tkaziladi.

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi

Mashg‘ulot davolash fakulteti fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi va uning klinik bazasida o‘tkaziladi (TTA 2-klinikasida joylashgan o‘quv xonalari, palatalar, bog‘lov xonalari, poliklinikada).

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

  1. Kirish

  2. Amaliy qism

- kurasiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish


  1. Nazariy qism

- nazariy qismni tahlil qilish

4. Baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. O‘qituvchi tomonidan darsni tamomlash. Bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: mavzuni talabalarni professional tayyorlash uchun ahamiyatli ekanligini ko‘rsatgan holda asoslash. Talabalarga o‘tkir venoz trombozlar (O‘VT) va posttromboflebitik sindrom (PTFS) bo‘yicha tushuntirish berish, uning epidemiologiyasi va etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchining vazifalari:

  • O‘VT va PTFS klinik manzarasi va kechishi xususiyatlari haqida talabalar bilimlarini mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish.

  • O‘VT va PTFS klinik xarakteristikasi va kechish variantlarini muhokama qilish.

  • Boshqa kasalliklar bilan differensial diagnostika o‘tkazish tamoyillarini tushuntirish.

  • Talabalarda kasallikning og‘ir asoratlar rivojlangunga qadar o‘z vaqtida erta aniqlash va davolash uchun maxsus kasalxonalarga yuborish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  • Talabalarni davolashning yangi usullari va profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish tamoyillari bilan tanishtirish.

O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

  • diagnostika va differensial diagnostika usullari hamda uning asoratlari haqida;

  • tashxisni asoslash va rasional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlar natijalarini interpretasiya qilish;

  • ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari haqida;

  • operativ muolaja va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalarni aniqlash, ularning o‘ziga xos tomonlarini bilish;

  • amaliyot davrida va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

  • O‘VT va PTFS bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha ma'lum bir amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

  • maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.

Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi – O‘VT va PTFS bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, ushbu bemorlarga maxsus tekshiruv usullarini bajarish, jarroxlik amaliyotlariga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash.



O‘qitish usullari va texnikasi

«O‘rgimchak ini» usuli; vaziyatli masalalar, mavzu bo‘yicha testlar.

O‘qitish vositalari

O‘quv qo‘llanmalari, o‘quv materiallari, slaydlar, video va audio tasmalar, rentgenogrammalar, kasallik tarixi.

O‘qitish shakllari

Guruhlarda individual va kollektiv bilan ishlash, prezentasiyalar o‘tkazish.

O‘qitish shartlari

o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish. Yozma nazorat: test o‘tkazish, talabalarning mustaqil ishi.


2. Motivasiya

Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi. Talabalarga kasallakning og‘ir asoratlari rivojlanishidan avval o‘z vaqtida operasiya bajarish lozim ekanligini uqtirish; asoratlar rivojlanganida esa – eng informativ va zamonaviy diagnostika usullari hamda jarroxlik usuli bilan davolash haqida tanishtirish; operasiyadan tashqari vaqtda va operasiya vaqtida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar hamda ularning oldini olish chora-tadbirlari haqida tanishtirish. Talabalarda klinik fikrlashni rivojlantirish. Ushbu muammo bo‘yicha dunyo tibbiyoti va umumiy amaliyot shifokori nazari bilan zamonaviy yondoshishni shakllantirish.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning anatomiya, fiziologiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, klinik farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.


4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism

Venalarning klapan etishmovchiligini aniqlash uchun qo‘llanildigan funksional sinamalarning qisqacha ta'rifi:

Yuza venalari klapan apparatining xolati Troyanov-Trendlenburg va Gakkenburux sinamalarini utkazib aniklanadi.

Troyanov-Trendlenburg sinamalarini utkazishda bemor gorizintal vaziyatda yotib oyokni yukoriga kutariladi. Yuza venalari bushaganidan sung katta teri osti venasiga kuyiladigan joyi oldida barmok bilan bosiladi va barmokni olmasdan turib bemordan urnidan turishi suraladi. Shuningdek jgut kuyilsa xam buladi.

Katta teri venasi bush bulib koladi. 20-30 soniya utgach venalar pastdan yukoriga kon tula boshlaydi. Barmok olingandan keyin (yoki jgut ochilgandan) keyin tezda yukoridan pastga kon bilan tudadi.

Troyanov-Ttrenlenburg musbat simptomi katta teri osti venasi ostial klapanlari etishmovchiligidan dalolat beradi.

Gekkenburx sinamasi (yutal turtkisi). Yutalishda katta teri osti venasi son venasiga kuyiladigan joyga kuyilgan barmok turtki sezadi. Musbat Gekkenbrux simptomi katta teri osti venasi ostial klapanlaridagi etishmovchiliklarni kursatadi.

Chukur venalar utkazuvchakligi Dalbe Pertesning marsh sinamasi va Pratt I sinamasi bilan tekshiriladi.

Delbe Pertesning marsh sinamasi. Tik xolatda turganda songa fakat yuza venalarini bosib turadigan jgut boglanadi. 5-10 dakika yurishdash yoki bir joyda turib odimlashishdan (marsh) keyin teri osti venalarining kuchaymaysligi chukur venalarning utkazuvchanligidan dalolat beradi. Yurishdan keyin venalarning kuchaymasligi chukur venalarning tutilib kolgandan yoki jgutdan pastdagi kommunikat venalarning ishlamasiligidan dalolat beradi.

Pratt - I sinamasi. Boldir aylanasi ulzangandan keyin bemorni chalkancha yotkiziladi va venalar bushalgandan keyin oyokka teri osti venalarinin bosib turadigan elastik bint boglanib, 10 dakika yurish taklif kilinadi. Ogrik paydo bulishi chukur venalar utkazuvchanligi kursatiladi. Takror tekshiruvda boldir aylanasining oshishi xam chukur venalarning utkazuvchanligi emasligini kursatadi.

Kommunikant venalar klapanlarining xolati tugrisilagi tushunchani Pratt 2 sinamasi, uchta jgutli Sheynis sinamasi va Talman sinamasini beradi.

Pratt - 2 sinamasi. Yotgan xolatda teri osti venalari bushatilgandan keyin oyok panjalaridan boshlab elastik bint boglanadi. Sung puzrat boglami ustiga jgut boglanadi. Bembrga urnidan turishini taklif kilidanadi. Jgut ostita ikkinchi elastik bint boglanadi. Sungra pastdagi bint uram uram kilib echiladi, yukoridagn bintni esa oyokka bintlar orasida 5-6 sm ochik joy koladigan kilib pastga uraladi. Bintlardan ozod bulgan uchastkalarda venaning tez tulishi bu epda ishlamaydigan klapanlari bulgan kommunikant venalar borligini kursatadi. Ularga kuk dori surtib kuyiladi.

Sheynisning ychta jgutli sinamsai. Teri osti veialari bushatilgandan keyin bemorga yotgan xolatida: sonning uchdan bir yukori kismiga xam urtasi va tizadan pastgi uchga jgut solinadi. Urnidan tik turish taklif kilinadi. Oyokning jgutlar biyaan chegaralangan biror kesigida venalarning tez burtib chikishi shu uchastkada klapanlar ishlamaydigan kammunkant venalar borligidan daololat beradi.

Telman sinamasi. Uchta jgut urniga yumshok rezina naychadan yasalgan bitta uzun (2-3 m) jgut ishlatiladi. Uni oyokda pastdan yukoriga spiral kilib boylanadi. Jgut uramlari orasida 5-6 sm masofa kolish kerak.
O‘tkir tromboflebit va flebotromboz

O‘tkir tromboflebit va flebotromboz bir-biridan farq kiladi. Flebotrombozda tromb venaning sog‘lom uchastkasida hosil bo‘ladi, so‘ngra vena devorining yallig‘lanish reaksiyasi ko‘shiladi. Tromboflebitda tromb yallig‘lanib, o‘zgargan vena devorida rivojlanadi.

O‘tkir tromboflebit deganda vena devorining bo‘shlig‘ida tromb hosil bo‘lishi bilan o‘tadigan yallig‘lanish tushuniladi. Kasallik rivojlanishida infeksiya, travmatik shikastlar, xavfli o‘smalarning ahamiyati muhim. Aksariyat tromboflebit varikoz kasallik kechishini og‘irlashtiradi.

Tromb hosil bo‘lishi patogenezida venoz devor strukturasining buzilishi, qon oqimi pasayishi, qon ivish xususiyatining oshishi ahamiyatli. Chuqur va yuzaki venalarning tromboflebiti farq qilinadi.

Yuzaki venalarning o‘tkir tromboflebiti tromb bo‘lgan vena yo‘li bo‘ylab og‘riq, bu og‘riqning harakat va jismoniy ish vaqtida kuchayishi bilan yuzaga chiqadi. yallig‘lanishning hamma belgilari aniqlanadi.

Tromb sohasi ko‘zdan kechirilganda teri qoplamlarining giperemiyasi va shishi qayd qilinadi, paypaslab ko‘rilganda vena yo‘li bo‘ylab shnursimon og‘riqli zichlashma aniqlanadi, odatda u atrof to‘qimalardan aniq chegaralanib turadi. Yallig‘li infiltrat atrofdagi to‘qimalarga va teriga kamroq tarqaladi. Oyoqning zararlangan bo‘limi hajmi o‘zgarmaydi yoki 1-2 sm ga kattalashadi. Mahalliy va umumiy harorat ko‘tariladi. Bemorlarning umumiy holati kam o‘zgaradi, tana harorati subfebril bo‘ladi. Ba'zan tromb yiringli parchalanib, septik holat vujudga keladi.

Kasallik kechishi og‘irlashganda katta teri osti vena sistemasi bo‘yicha yuqoriga ko‘tariladigan tromb rivojlanishi va jarayon yuzaki son-son venasi orqali yuqoriga ko‘tarilganda, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi xavfi vujudga keladi (1-3%).

Davolash. Agar jarayon boldir chegaralaridan tashqariga chiqmasa, bemorlarni ambulatoriya sharoitida konservativ davolasa bo‘ladi. Jarayon songa tarqalganda bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Medikamentoz davolash kompleksiga bevosita va bilvosita antikoagulyantlar, qon hossalarini, mikrosirkulyasiyani yaxshilaydigan preparatlar (aspirin, trental, venoruton, indometasin, traksivazin, flebodia), yallig‘lanishga qarshi (reopirin, nimesil, dikloberl), desensibilizasiya qiladigan (dimedrol, suprastin, tavegil va b.) dorilar kiradi. Surtmali bog‘lamlar (geparin, traksivazin, lioton surtmalari) mag‘alliy qo‘llaniladi. Oyoqni elastik bintlar bilan bintlanadi, yurish tartibga solinadi.

Jaroyon songa tarqalganda o‘rinda yotish, oyoqni Beller shinasida baland vaziyatda qo‘yish lozim bo‘ladi. Son venasining yuqoriga ko‘tariladigan trombozining oldini olish uchun Troyanov – Trendelenburg (krossektomiya) usulida shoshilinch operasiya qilinishi kerak. Agar bemorning ahvoli yo‘l qo‘ysa, tromblangan yuzaki venalarni teri uchastkalari va infiltratlangan teri osti kletchatkasi bilan kesiladi (Madelung operasiyasi).

Oyoq chuqur venalarining o‘tkir tromboflebitlari va trombozlari tomirlar o‘tkir okklyuziyasining eng ko‘p joylashadigan sohasidir. Ular suyak singandan, operasiyadan keyin, yurak-tomir patologiyasi bo‘lgan bemorlarda, qandli diabeti bilan kasallangan keksalarda va onkologik bemorlarda rivojlanishi mumkin. Venalar trombozi ular o‘smalardan, kattalashgan bachadon bilan bosilganda, mushak taranglashtirilganda yuz berishi mumkin. Chap yonbosh venasi trombozida uning ung yonbosh arteriyasi bilan ezilishi ahamiyatga ega.

Klinikasi trombning joylashgan joyiga ko‘ra turli-tuman bo‘ladi. Agar jarayon boldirning hamma venalarida joylashmagan bo‘lsa, klinikasi o‘zgargan bo‘ladi. Boldir mushaklarida xarakat qilganda kuchayadigan og‘riq, boldirning pastki uchdan bir qismida shish, harorat ko‘tarilishi qayd qilinadi. Oyoq panjasi bukilganda boldirda og‘riq paydo bo‘ladi (Xomans simptomi). Boldirning o‘rta uchdan bir kismi Riva - Rochchi apparati manjetkasi bilan kompressiya qilinganda xuddi shunday og‘riq paydo bo‘ladi (Lavenberg simptomi).

Boldirning har uchala chuqur venalari zararlanganda keskin og‘riq, boldirda taranglashish sezgisi va shish, aksariyat teri sianozi paydo bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi.

Son venasi zararlanganda sonda shish paydo bo‘ladi. Tromblangan vena yo‘li bo‘ylab paypaslash og‘riq beradi.

Son va taqim venalarining birgalikdagi trombozida boldir va son sohasida shish, og‘riq, xarakat cheklanganligi paydo bo‘ladi.

Jarayonning son venasidan proksimal yuqoriroqqa tarqalishi zararlangan oyoq hajmining ortishi, og‘riq kuchayishi, teri qoplamlari sianozi bilan o‘tadi.

Ileofemoral trombozda dastlabki kunlar mobaynida oyoqda oyoq panjasidan to chov burmasigacha, ba'zan esa dumba sohasigacha tarqaladigan sianoz va shish orta boradi. Kasallikning 2-3-kuniga kelib shish qattiq bo‘lib qoladi, sezuvchanligi pasayadi. Psevdoembolik yoki og‘riqli oq flegmaziya (bu arteriyalar spazmi bilan birga kechadi), hamda ko‘k flegmaziya (yuzaki venalar tromboflebiti bilan birga kechadi) farq qilinadi.

Oq flegmaziyada oyoqda to‘satdan pulsasiya qiladigan og‘riq, uning muzday bo‘lishi va uvishishi, sezuvchanligi kamayishi, tarang tortishi kuzatiladi. Teri qoplamlari rangpar bo‘ladi. Ko‘k flegmaziyada oyoqda shish va sianoz anchagina bo‘ladi, u oyoqni baland vaziyatda qo‘yilganda ham kamaymaydi. Periferik tomirlar pulsasiyasi yo‘qoladi. Flegmaziyaning ikkala turi ba'zan venoz gangrena rivojlanishiga olib keladi.

Oyoq venalari o‘tkir trombozining diagnostikasi kasallikning klinik manzarasi ma'lumotlariga, ultratovush dopplerografiyasi, ultratovush angioskanerlash va flebografiyaga asoslanadi, bunda to‘lish nuqsoni borligi yoki magistral venalar “amputasiyasi”, distal venalar kengayishi aniqlanadi.

Davolash kompleks olib borilishi kerak. Operasiya o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki venoz gangrena xavfi bo‘lganda hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qilinadi. Tromboz joylashuvi va uning tarqalishiga ko‘ra quyidagi operasiyalar bajariladi:

1) son venasini distal bog‘lash (boldir venalarining alohida trombo-zida);

2) son-taqim segmentidan tromboektomiya yoki son venasini boglash (son-taqim segmentining birlamchi chegaralangan trombozida);

3) yonbosh venadan tromboektomiya, aloxida zararlangan holatda;

4) pastki kovak vena plikasiyasi, uning bo‘shlig‘ida tor kanallar hosil qilish.

5) endovaskulyar jarrohlikni rivojlanishi bilan yonbosh venalarida va pastki kavak venasi trombozida, ayniqsa bu venalar flotasiyalanuvchi trombozida o‘pka arteriyasi tromboemboliyasini oldini olish maqsadida pastki kavak venalariga kavafiltr (zontiksimon, qum soatiga o‘xshash va b.) o‘rnatish samarali foyda beradi va kam invazivli muolaja hisoblanadi.

Dori-darmonlar bilan davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1) bevosita va bilvosita ta'siri bo‘lgan antikoagulyantlarni (geparin, fraksiparin, kleksan, fragmin) qon ivish vaqti va protrombin indeksini nazorat qilgan holda qo‘llash;

2) kasallikning boshida o‘rindan turmay oyoq holatini baland qilib yotish;

3) surtmali bog‘lamlarni mahalliy qo‘llanish (geparinli, troksivazin, lioton surtmalari);

4) trombolitik preparatlarni qo‘llash (fibrinolizin, streptokinaza, urokinaza);

5) dezagregasion ta'siri bor preparatlar (trental, kurantil, reopoliglyukin);

6) yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiradigan preparatlar (aspirin, nimesil, reopirin, dikloberl);

7) fleboprotektorlar (troksivazin, detraleks, venoruton, flebodia).

7) antibakterial davolash;

8) simptomatik davolash.


POSTROMBOFLEBITIK SINDROM (PTFS)

Bu oyok venalarining boshidan kechirilgan trombozi natijasida rivojlangan simpomal kompleksi, axolining 1,5-5 foizda uchraydi. Chukur venalar trombozning eng kup uchraydigan natijasi tromb rekanalizasiyasi, kamrok - trombllangan venalarning obliterasiyasi natijasida xosil buladi.

Tromb xosil bulishi jarayonida kasallik boshidan boshlab 2-3 xavtadan boshlanadi va bir oydan 5 yilgacha muddatda rekanalizasiya bilan tugallanadi. Zaralangan vena klapanlariga shikast etgan sklerozlangan naychaga aylanadi. Paravazal fibroz rivojlanadi. Zararlangan chukur venalarda bosim oshishi natijasida avvaliga funksional, sungra organik jixatdan faoliyatsiz bulib kolgan kammunikant venalalar sistemasida bosim kuratiladi. Konning aylangan reflyuksi yuz berib u chukur venalardan teri osti venalariga oka boshlaydi, anastomozlar ochiladi. Boldirning uchdan bir pastki kismida, eng yirik perforant venalar va ortostatik ayniksa chukur buladi. Mikrosiikulyasiyaning buzilishlari trofik yaralar xosil bulishiga sababchi buladi.

Klinikasi. Eng erta simpom - zararlangan oyokda ogirlik sezgisi va ogrik, bular uzok vakt oyok ustida turilganda kupayadi va bemor oyogini kutarib yotganda kamayadi.

Tunli vaktlarda va uzok vakt tik turib kolishda aksariyat boldir mushaklarda tortish paydo buladi. Oyoklardagi shish xatto tungi uykudan keyin xam yukolmaydi. Yonbosh venalar zaralanganda shish butun oyokda kamrab oladi va son venasi zararlanganda boldir va sonning uchdan bir kismini, boldirning chukur venalari trombozida - tuptoklar soxasini va oyok panjasini egallaydi.

Bemorlarning 65-75 foizida venalarning varikoz kengayishi rivojlanib, u katta va kichik teri osti venalari sistemasini egallaydi. Boldir uchdan bir pastki kismini tukimalari, ayiiksa tupik medial soxasining industriyasi xarkterli. Teri va teri osti kletchatkasi zich, xarakatsiz, kungir yoki jigar rang tusda. Kupincha uzgarib kolgan terida kattik kichishriradigan nam ekzema paydo buladi. Shu erning uzida trofik yaralar joylashgan, ular uzok vakt kaytalanib kechadi. Trofik yaralar yakka -yakka yoki kup sonli chetlari sklerozlangan, tubi sillik, yumshok granulyasiyalar bilan koplangan. Oz - moz suvlanib turadi.

PTFS ning 4 klinik formasi : shish - ogrikli, varikoz, yarali va arlash turlari movjud.

Ilgari chukur venalar trombozi bulib utgandan keyin PTFS dan dalolat beradi. Delbe - Pertesa va Pratt – I. Funksional sindromning natijalari chukur venalar utkazuvchanligi buzilganligini kursatib, diagnozini tasdiklaydi.

Flebomanometriya va funksional dinamik flebografiya ma'lumotlari diagnozini tasdiklaydi.

Differensial diagnozni varikoz kasallik, Parsk Veber sindromi, yurak va buyrak kasalliklari, chanok usmalar filsimon kasallik bilan utkaziladi.

Davolash kompleks utkaziladi.

Konservativ davo :

1. Elastik bintlar takish

2. Siydik xaydovchi vositalar

3. Rasional ishga joylashtirish

4. Desensibilizasiya kiladigan davo

5. Mikrosilkulyasiya yaxshilaydigan vesitalar

6. Trofik yaralar antibiotiklar va antiseptik, protellitik fermenlar Iruksol surtmasi tayinlanadi.

7. Dermatitlar va ekzemada rux, talk va gliserindan boltushkalar, ftorokort, flusinar

Xirurgik davo. Kuyidagilarni amalga oshirish uchun karatilgan kup sonli terapiyalar taklif kilinadi:



  1. Paydan takim venasi ekstravazal kapilyarni yaratish (Psatakis operasiyasi)

  2. Zaralangan oyokdan soglomiga kesma autovenoz kov usti safeno son shunti orkali kon okib ketishini vujudga keltirish. ( Palm operasiyasi)

  3. Venaning zaralangan uchastkasini teri osti venasidan olingan transplantat bilan alishtirish.

PTFS ni davolashda yuza va kammunikat venalardagi operasiyalar (Bebokokk buyicha flebektomiya, Linton, Kakket, Feldar operasiyalari) va fassioplastika eng kup tarkalgan. Operasion oyokni doimiy elastik bintlash tavsiya kilinadi.
4.2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar

«O‘RGIMCHAK INI» USULINI QO‘LLASH

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar berib tayyorlanish uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni (javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va yangi savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, oxirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va h.k., bu hol chigal echilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.


4.3. Tahliliy qism

Vaziyatli masalalar:

1. Bemor 40 yoshda, o‘ng tomonlama ileofemoral tromboz tashhisi bilan angioxirurgiya bo‘limiga murojaat qilib keldi. Shikoyatlari: oyoqdagi og‘riqqa va uni muzlashiga. Ushbu shikoyatlar asta-sekin boshlangan, o‘tkir chidab bo‘lmaydigan og‘riqlar kuzatilmagan.

I. Siz qanday tekshiruv usullarini tavsiya qilasiz:

II. Sizning davolash taktikangiz.

2. Bemor 55 yoshda, Bilrot-I usuli bo‘yicha me'da rezeksiyasi amaliyotidan keyin 3 kun birdaniga to‘sh ortida og‘riq, nafas siqishi, yurak urishi, yuz va bo‘yinning ko‘karishi kuzatildi. Ko‘rilganda bemorning oyoqlarida varikoz kengaygan venalar aniqlanadi.

I. Qaysi asorat xaqida o‘ylash mumkin?

II. Amaliyotdan keyingi davrda bemorni olib borishning to‘g‘ri taktikasi qanday bo‘lishi lozim edi?

3. Bemor 56 yoshda, quyidagi shikoyatlar bilan murojaat qildi: son va boldir sohasidagi shish va og‘riq, teri osti venalarining varikoz kengayishi, teri tuklarini to‘kilishi va giperpigmentasiyasi, teri osti yog‘ kletchatkasi indurasiyai, dermatit, ekzema, yaralanish. Anamnezida ileofemoral tromboz o‘tkazgan.

I. Sizning dastlabki tashxisingiz.

II. Bu bemorga qanday xirurgik amaliyot bajarish mumkin?


Testlar
PTFS ga xos 5 ta asoratni ayting:

1.teri pigmentasiyasi

2.trofik yaralar

3.yuza venalarning ikkilamchi varikoz kengayishi

4.ekzemalar

5.dermatitlar


PTFS ning 6 asosiy diagnostik usulini ayting:

1.Brodi-Troyanov-Trendelenburg

2.Delbe-Pertes sinamasi

3.Sheynisning 3 jgutli sinamalari

4.reografiya

5.ultratovush dooplerografiya

6.flebografiya
PTFS ni qaysi 3 ta asosiy kasallik bilan differensial tashxis o‘tkazish kerak:

1.fil oyoklik

2.Klippel-Trenone sindromi

3.Parks-Veber-Rubashev kasalligi


Klippel-Trenone sindromiga xarakterli uchlik simptomlarni ayting:

1.kon tomir doglari

2.yuza venalarning varikoz kengayishi

3.shikastlangan oyokning gipertrofiyasi


Parks-Veber-Rubashev sindromiga xarakterli uchlik simptomlarni ayting:

1.oyoklarning kattalashishi

2.VVK

3.gemagiektaziyalar


Oyoklarning fil oyoqliligiga 3 xarakterli belgini ko‘rsating:

1.ogrik sindromining yukolishi

2.kechki stadiyalarda terini kalinlashishi

3.doimiy kattik konsistensiyali oyoklarning shishi


Pedjet-Shretter-Kristelli sindromida 4 asosiy simptomni ayting:

1.kullarning va elka kamarining rivojlangan shishi

2.kullarning va elka kamarining kukarishi (sianozi)

3.kullarning va elka kamarining teri osti venalarini kengayishi

4.kullarda va elka kamarida ogrik
PTFS da qaysi 5 ta xolatlar bilan differensial tashxis o‘tkazish kerak:

1.periferik venalarning tugma kasalliklari (gipoplaziya, arterio-venoz okmalar)

2.fil oyoklik

3.surunkali streptodermiya

4.surunkali arterial etishmovchilik

5.yurak kon-tomir, jigar-buyrak etishmovchiligida oyoklarda shish bulishi


Flebografiya o‘tkazishga qaysi 5 ta ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi:

1.PTFS kasalligining xamma turlari

2.noma'lum etiologiyali trofik yaralar, oyoklarda shish va ogrik

3.noanik yoki manfiy funksional sinamalar kuzatilganda

4.trofik buzilishli varikoz kasallik

5.varikoz kasallikning residivi


PTFS da konservativ davoning sxemasini ayting:

1.elastik kompressiya

2.spazmolitik, anitikoagulyantlarni kullash

3.LFK


4.fizioterapevtik va sanator-kurort davo
PTFS ni quyidagi 3 kasallik bilan qiyoslash kerak.

1.varikoz kasallik

2.Parks-Veber-Rubashev kasalligi

3.Klippel-Trenone kasalligi


Ileofemoral trombozidagi uchraydigan shish 3 belgi bilan xarakterlanadi.

1.butun oekka tarkaluvchi

2.tanosil a'zolar va dumbaga tarkalishi

3.asosan sonda uchraydi


Tromb xosil bulishining Virxov triadasini nomlang:

1.kon okishini sekinlashishi

2.kon tomirlarini ichki kavatlarini uzgarishi yoki jaroxatlanishi

3.kon ivishining kuchayishi


Venoz tromboz deganda nimani tushunasiz?

1.kup yoki oz mikdorda yalliglanish prosessi va kon okimini bu-

2.zilishi bilan tromb xosil bulishi bilan xarakterlanadigan ut-

3.kir kasallik


O‘tkir venoz trombozining 3 ta asosiy klinik simptomlarini sanab o‘ting:

1.sianoz


2.shish

3.taranglashtiruvchi ogrik (trombdan pastda)


5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (oyoqlarning chuqur va perforant venalari o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun venoz sinamalarni o‘tkazish).


1. VENOZ SINAMALARNI O‘TKAZISH

Maqsad: oyoqlar chuqur venalar o‘tkazuvchanligini aniqlash (Delbe-Pertes sinamasi).

Ko‘rsatma: oyoqlar varikoz kasalligi.

Anjomlar: elastik bint, jgut.

Bajariladigan boskichlar:



Chora-tabdirlar

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajardi

1.

Bemor vertikal xolatda turadi.

0

10

2.

Songa faqat yuza venalarini bosib turiladigan jgut bog‘lanadi.

0

20

3.

Bemorga 5-10 minut yurish yoki bir joyda turib odimlash (marsh) tavsiya qilinadi.

0

20

4.

Oyoq venalarini to‘lishi kuzatiladi.

0

10

5.

Teri osti venalarining puchayishi (to‘limini kamayishi) chuqur venalarning o‘tkazuvchanligi saqlanganligidan dalolat beradi – sinama musbat hisoblanadi.

0

20

6.

Yurishdan keyin teri osti venalarining kuchayishi, og‘riqlar paydo bo‘lishi chuqur venalarning tutilib qolganligidan dalolat beradi.

0

20




Jami

0

100

2. VENOZ SINAMALARNI O‘TKAZISH



Maqsad: oyoqlar perforant venalar o‘tkazuvchanligini aniqlash (Pratt-2 sinamasi).

Ko‘rsatma: oyoqlar varikoz kasalligi.

Anjomlar: jgut, elastik bint.

Bajariladigan boskichlar:



Chora-tabdirlar

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajardi

1.

Bemor gorizontal xolatga keltiriladi va kasal oyog‘i yuqoriga ko‘tariladi.

0

10

2.

Yotgan xolatda teri osti venalari panjadan pupart bog‘lamiga qarab silab bo‘shatiladi.

0

10

3.

Oyoq panjasidan boshlab yuzaki venalarni bosuvchi elastik bint bog‘lanadi.

0

20

4.

Son sohasida pupart bog‘lami ustiga jgut bog‘lanadi.

0

10

5.

Jgutni echmasdan turib bemorga o‘rnidan turish tavsiya qilinadi.

0

10

6.

Bemor o‘rnidan turgandan keyin jgutni tagidan pastga qarab ikkinchi elastik bint bog‘lanadi.

0

20

7.

Pastdagi bint o‘ram-o‘ram qilib echiladi, yuqoridagi bint esa orasi 5-6 sm ochiq joy qoldirib pastga o‘raladi.

0

15

8.

Bintlardan ozod bo‘lgan uchastkada venalarning tez to‘lishi bu erda ishlamaydigan klapanlari bo‘lgan kommunikant venalar borligini ko‘rsatadi. Ularga zelenka surtib qo‘yiladi.

0

5




Jami

0

100


6. Bilimlari, ko‘nikma va malakani tekshirish usullari

1. Og‘zaki;

2. Yozma;

3. Vaziyatli masalalarni echish;

4. Egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish.
7. Joriy nazoratni baholash mezoni




O‘zlashtirish % da

Baho

Talabaning bilish darajasi

1.

96-100%

A'lo

“5”


Savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda to‘g‘ri javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan, ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Barcha test savollarini va vaziyatli masalalarni to‘g‘ri echa oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, to‘g‘ri javob beradi, ishonch bilan aytib beradi, aniq tasavvurga ega.



2.

91-95%

A'lo

“5”


Savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 1 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Test savollarini 1 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, to‘liq javob beradi, ishonch bilan aytib beradi


3.

86- 90%

A'lo

“5”


Savollarni mohiyatini tushunadi, 1 savolga noaniqlik bilan javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 1-2 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Test savollarini 1-2 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.



4.

81-85%

Yaxshi

“4”


Savollarni mohiyatini tushunadi, 2-3 savolga noaniqlik bilan javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Test savollarini 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.



5.

76-80%

Yaxshi

“4”


Vaziyatli masalalar, test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.



6.

71-75%

Yaxshi

“4”


Savollarga to‘liq emas, ammo to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘g‘ri javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.


7.

66-70%

Qoniqarli

“3”


Savollarni 60%ga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa qabul qiladi, ammo qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, to‘liq asosli javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.


8.

61-65%

Qoniqarli

“3”


Savollarni 50%ga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, har doim ham to‘liq asosli bo‘lmagan javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.


9.

55-60%

Qoniqarli

“3”


Savollarga to‘liq emas, 50%ga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, to‘liq asosli bo‘lmagan javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.


10.

50-54%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/3 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.



11.

46-49%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/4 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.



12.

41-45%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/5 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.



13.

36-40%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/10 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi.



14.

31-35%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarga javob bera olmaydi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Barcha vaziyatli masalalar va testlarni noto‘g‘ri echadi.

Talaba darsda qatnashmoqda, kiyimlari joyida, daftar va fonendoskopi o‘zi bilan birga.




8. Mashg‘ulotning texnologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiy-ligi (min.)

1.

O‘qituvchining kirish so‘zi

(mavzuni asoslash).






15

2.

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalarni (kichik guruhlar, vaziyatli masalalar, ishbilarmon o‘yinlar va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallarni (slaydlar, videofilmlar, mulyajlar va h.k.) qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish.

so‘rov, tushuntirish

60

3.

Muhokamaga yakun yasash.




15

4.

Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil kurasiya.




30

5.

Talabalarni mashg‘ulotning amaliy qismini o‘qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor kurasiyasi)

kasallik tarixi, ishbilarmon o‘yinlar, klinik vaziyatli masala

30

6.

Tematik bemorni laboratoriya, instrumental tekshiruvlaridan olingan natijalarni tahlili, differensial diagnostika, davolash va sog‘lomlashtirish rejasini tuzish, reseptlar yozish va h.k.

klinik-laborator anjomlar bilan ishlash

30

7.

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash.

og‘zaki so‘rov, yozma so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

75

8.

Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami).

Axborot, mustaqil tayyorlanish uchun savollar

15


9. Tekshiruv savollari

  1. PTFS tushunchasiga izoh bering:

  2. PTFS etiopatogenezida qaysi faktor muhim rol o‘ynaydi:

  3. PTFS rivojlanishining asosiy 5 ta patogenetik bosqichlarini ayting:

  4. V.S.Savelev klassifikasiyasi bo‘yicha PTFS ning formalarini ayting:

  5. PTFSga xos 5 ta simptomni ayting:

  6. Parks-Veber-Rubashev sindromiga izoh bering:

  7. Pastki kovak vena sindromiga izoh bering:

  8. Yuqorigi kovak vena sindromiga izoh bering:

  9. Qaysi funksional sinama oyoqlar chuqur venalarining rekanalizasiyasi haqida dalolat beradi:

  10. PTFS kechishining 2 bosqichini ayting va xarakterlang:

  11. PTFS klinik kechishi bo‘yicha qanday 2 ta shaklga bo‘linadi:

  12. O‘tkir venoz tromboz tushunchasiga izoh bering:


10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов. Тошкент, 2005.

2. Хирургические болезни. Ш.И.Каримов. Ташкент, 2005.

3. Hirurgik kasalliklar. Sh.I.Karimov. Toshkent, 2011.

4. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Н.Х.Шамирзаев. Тошкент, 1995.

5. Хирургические болезни. Под ред. М.И.Кузина. Медицина, 2002.

6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соавт. Ташкент, 2004.

7. Клиническая хирургия. Под ред. Ю.М.Панцырева. Москва, «Медицина», 1988.

8. Справочник практического врача (в 3х томах). А.Воробьев. 1990.

9. Клиническая хирургия. Р.Конден, Л.Нейхус. Москва, «Практика», 1998.

10. Справочник-путеводитель практикующего врача. Ф.Г.Назиров, И.И.Денисов, Э.Г.Улугбеков. Москва, 2000.

11. Руководство по хирургии. Под ред. Б.В.Петровского. (в 12 томах). Москва, «Медицина», 1959-1966.


II. Qoshimcha:

12. Практическое руководство по хирургическим болезням. В.Г.Астапенко. Минск, 2004.

13. 50 лекции по хирургии. В.С.Савельев. Москва, 2004.

14. Основы оперативной хирургии. Под ред. С.А.Симбирцева. 2002.

15. Диагностический справочник хирурга. В.Н.Астафуров. 2003.

16. Хирургическая операция. Расстройство гомеостаза, предоперационная подготовка. И.Я.Макшанов. 2002.



17. Mavzu buyicha Internet adreslar: www.rmj.net; www.consilium-medicum.com; www.mediasphera.ru; www.medmore.ru; www.medilexicom.com; www.encicloperdia.com.
Yüklə 68,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə