Toshkent Tibbiyot Akademiyasi



Yüklə 79,95 Kb.
tarix05.06.2018
ölçüsü79,95 Kb.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, gematologiya va xarbiy dala terapiyasi, kasb kasalliklari fanlari kafedrasi ichki kasalliklar propedevtikasi fani



"Tasdiqlayman"

______________________

Davolash fakulteti

dekani professor B.T. Xolmatova

"___"___________ 2012 y.

Shifokor va pasient terapiyasi fanidan ma'ruza



Ma'ruza mavzusi: Tibbiyot deontologiyasi va uning asoslari. Bioetika to’g’risida tushuncha. Tibbiyotda yatrogeniya muammolari. Evtanaziya muammolari. Pasient bilan verbal va noverbal muloqot.Konsultasiya.Kommunikassion to’siqlar. Keksa organizmning fiziologik xususiyatlari. Keksa bemorlar,muloqotning o’ziga xosligi. Og’ir va o’layotgan bemorlar bilan muloqot. O’lim bosqichlari.

Ma'ruzachi katta o’qituvchi M.U. Solihov

2012-2013 o’quv yili

1. Ma'ruza mavzusi: Tibbiyot deontologiyasi va uning asoslari. Bioetika to’g’risida tushuncha. Tibbiyotda yatrogeniya muammolari. Evtanaziya muammolari. Pasient bilan verbal va noverbal muloqot. Konsultasiya. Kommunikassion to’siqlar. Keksa organizmning fiziologik xususiyatlari. Keksa bemorlar, muloqotning o’ziga xosligi. Og’ir va o’layotgan bemorlar bilan muloqot. O’lim bosqichlari.

.Vaqti-2 soat.



2.Ma'ruza maqsadi: .Shifokor va pasient fanining maqsadi talabalarni tibbiyot dentologiyasi asoslari, maslaxat turlari va ko’nikmalari bilan tanishtirishdir. Shifokor va pasient fani vazifalari, asosiy o’rganish ob'ekti bo’lgan pasient bilan tibbiy xodim o’rtasidagi munosabatni to’g’ri tashkil etishga talabalarni o’rgatish. Maslaxat. Turlari, prinsiplari, qoidalarini tushuntirish. Kommunikasion to’siqlar to’g’risida ma’lumot berish

3.Ma'ruza vazifalari:

a) Talabalar ongiga tibbiyot deontologiyasi asoslarini singdirish;

b) Bemorlar bilan muloqot qilish san'atiga ega bo’lishda deontologiyaning axamiyatini tushuntirish;

v) Bemorni tekshirish usullarini tarixiy rivojlanib borishi to’g’risida tushuncha berish va sharq olimlarining, jumladan Ar-Roziy va Abu Ali Ibn Sinoning tibbiyotni va tibbiyot deontologiyasini rivojlantirishdagi rolini aloxida ko’rsatish.

g) Yatrogeniya va uni oldini olish to’g’risida tushuncha berish.

d) Bioetika to’g’risida ma'lumot berish.

E) Pasient bilan verbal va noverbal muloqotning axamiyatini tushuntirish.

j) Keksa organizmning fiziologik xususiyatlaribilan tanishtirish. Keksa bemorlar bilan muloqotning o’ziga xosligi xaqida ma’lumot berish. Og’ir va o’layotgan bemorlar bilan muloqotnio’ziga xosligi xamda o’lim bosqichlari xaqida ma’lumot berish.



4. Ma’ruzadan kutilayotgan natijalar: Talabalarni klinika sharoitida bemorlar bilan to’g’ri munosabatda bo’lishi, deontologiya talablariga rioya qilishlari, yatrogeniyaga yo’l qo’ymasliklari kutiladi. Talabalarni bemorlar bilan to’g’ri muloqot olib borishlariga erishiladi.

5. Ma'ruza mazmuni:

Deontologiya (Shifokor burchi). Deon -Burch,Logos- fan, burch qoidalariga rioya qilish ma’nosini anglatadi.Shifokorning muloqot qilish san'ati uning bemor bilan o’zaro munosabatida namoyon bo’ladi, bemorning unga nisbatan qanchalik ishonch bildirishi darajasi bilan anig’lanadi. Fag’at bemorning ishonchini qozonib, to’la-to’kis anamnez yig’ish mumkin, uni davolash jarayonida undan nima talab qilinishini tushuntirish mumkin. "Shifokor va pasient" fanida tibbiyot deontologiyasi masalalari va bemorlarga maslaxat berish ilmi bilan tanishtiriladi. Bemorlarni davolash, parvarish qilish va maslaxat berish bu bir-birini to’ldirib boruvchi jarayon bo’lib, u bemorni axvolini yengillashtirishga yo’naltirilgan."Shifokor va pasient" fanining maqsadi talabalarni tibbiyot dentologiyasi asoslari, maslaxat turlari va ko’nikmalari bilan tanishtirishdir. "Shifokor va pasient" fani vazifalari, asosiy o’rganish ob'ekti bo’lgan pasient bilan tibbiy xodim o’rtasidagi munosabat, yatrogeniya va evtanaziya muammolarini bilish, "Shifokor va pasient" o’zaro muloqot modellini bilish, o’layotgan bemorlar bilan muloqot qilishni o’ziga xosligini bilish xisoblanadi.

Deontologiya shifokorning burchi va odobi xaqidagi fandir.Vrachlik deontologiyasi fan sifatida keng filosofik tushuncha bulib:


  • vrach bilan bemor o’rtasidagi munosabat;

  • vrach bilan bemorning qarindoshlari va yaqinlari orasidagi munosabat;

  • vrachlarning xamkasblari bilan munosabatlari ;

  • o’rta va kichik tibbiyot xodimlari bilan munosabatlari;

  • vrach bemorni davolash jarayoni paytidagi xuquqlari;

  • ustoz va shogird munosabatlari;

  • vrachlik siri va xatolari;

kabi muammolar bilan shug’ullanadi.

Vrachlik deontologiyasini tibbiyot amaliyotida to’g’ri joriy qilinishi vrachlarning ongi, saviyasi, dunyoqarashi, bilim mezoni, qaysi soxada va lavozmda ishlayotganligi va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bog’liqdir.

Vrachlik deontologiyasi fan sifatida keng tarmoqlarga va jabxalarga ega. Yuzaki qaraganda deontologiya umumiy klinik fanga yaqin tushuncha bo’lsa xam, ammo vrachlikning xar bir soxasida o’ziga xos qirralari mavjud. Qolaversa, terapevtlar, xirurglar, stomotologlar, psixiatr va onkologla,r umumamaliyot va oilaviy vrachlar deontologiyasi bir- biridan farq qiladi.

Bugungi kunning talabiga ko’ra umumamaliyot va oilaviy shifokor deontologiyasi yuqori o’ringa ko’tarildi. Qishloq vrachlik punktida, oilaviy poliklinikalarda, kunduzgi shifoxonalarda uy sharoitidagi davoxonalarda, ishlaydigan vrachlar tor soxa bilan chegaralanmay tibbiyotning barcha soxalari bo’yicha kerakli tibbiyot yordamini ko’rsatishiga deontologik shay bo’lishi kerak. Vrachlik deontologiyasi asosida shifokorning bemor bilan munosabati yotadi. Vrachning butun bilimi, odobi, xatti-xarakati bemorga unga nisbatan ishonch uyg’otishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bemorda o’zini qiynagan dardga vrach malxam, najot bo’la oladi, degan umid va tuyg’u paydo bo’lishi kerak. Buning uchun avvalo vrach bemor bilan muloqot san'atini egallashi shart.

Ulug’ rus olimi Bexterevning :"Agar vrachning birinchi suxbatidan so’ng bemor o’zini yengil xis etmasa u vrach emas",degan edi. Ayrim chet el mamlakatlari Tibbiy oliy o’quv yurtlarida bu masalaga jiddiy yondoshishini ko’ramiz. masalan, Angliyaning Glazgo shaxridagi tibbiyot fakultetida professor Xammer Barber raxbarligida 3-5 kurs talabalariga mo’ljallangan "bemorlar bilan muloqot san'ati" kafedrasi mavjud. Bemor bilan suxbatlashish san'ati bemorning ismi-sharifi, nasli-nasabi, kasbi-kori, lavozimini xisobga olgan xolda o’ziga xos ravishda olib borilishini talab qilishini bilamiz. Aytaylik, vrach bilan bemor suxbatining o’zagida bemor dardiga malxam bo’lish, kasallikning kechishi, oqibatlari xaqida ishonarli, to’g’ri, ob'ektiv ma'lumotlarga asoslanib ularni boshqalarga oshkor qilmasdan davolanib ketishiga umidini paydo qilish yotadi. Muloqot san'atini egallagan oilaviy vrach miokard infarktiga, miya insultiga, rakka, bronxial astmaga, silga, shizofreniyaga, zaxm, OITS (SPID) kabi xastaliklarga uchragan bemorlar va ularning yaqinlari bilan bir tarzda suxbat qurmasligi kerak. Murakkab jarroxlik operasiyasidan oldin bemorlar va uning yaqinlari bilan olib boriladigan qiyin va uzoq suxbat uslubi o’ziga xos va murakkabdir.

Deontologiya fani o’rganuvchi dolzarb muammolar yatrogeniya, evtanaziya va shifokorlik siri xisoblanadi. Shifokorlik sirini saqlash burchi bu zamon deontologiyasining eng dolzarb muammolaridan xisoblanadi. Chunki kasal va uning boshqa oila a'zolarini sixati, illatlari va xayotlarining intim tomonlariga doir turli ma'lumotlar beixtiyor oilaviy vrachga yetib keladi. Bu ma'lumotlarni boshqalarga aytmaslik, bemor tuzalmas yoki yuqumli dardga chalingan xastalarning sixat-salomatligi xaqidagi axborotlarni dardmandning va jamoatning foydasini ko’zlagan xolda oshkor etish zarurligini o’ylab ish tutishi kerak. Buyuk tibbiyotchi allomalarimiz Buqrot, Abu Ali ibn Sino, Zakariyo Ar-Roziy, Maymonid nasixatlari, qasamyodlarida avvalo vrach faoliyatining ko’rki sifatida beg’arazlik g’oyasi ustun qo’yilganini ta'kidlash joizdir. Vrachlik deontologiyasi shifokordan insoniy fazilatlarga ega bo’lishni taqozo etadi. Bunday fazilatlar bilimdonlik, odamiylik, jasorat, mexr-shafqat, xushmuomalalik, oqillik, xallollik, insoflilik, pokizalik, sofdillik, ziyraklik, xozirjavoblik, bosiqlik, kamtarlik, izlanuvchanlik kabilardir. Ma'lumki, shifokorlik deontologiyasi vrachdan avvalo bilimdonlikni talab qiladi. Vrachlik deontologiyasi tibbiyot tarixini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shifoxonalarda bemorning kasallik tarixini yozilishini 1000 yil ilgari yashagan sharqning ulug’ olimi Ar-Roziy va uning shogirdlari amalga oshirgan ekan. Ularning o’zbek tiliga tarjima qilingan "kasalliklar tarixi" risolasida 799ta bemorning kasallik tarixi chuqur taxlil qilingan.



Bioetika

Bioetika - biomedisina fanlarini fanlararo taraqqiyot va sog’liqni saqlash amaliyoti soxasiga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida yuzaga kelgan etik, falsafiy, antropologik muammolarni tadqiqot qiluvchi fan soxasidir.Xozirgi zamon tibbiyoti va boshqa fanlarni rivojlanishi ko’pgina ijtimoiy va ruxiy muammolarni xal qilinishini taqozo etadi. Bioetika fani o’rganuvchi muammolar:



  • Reproduktiv texnologiyalar (suniy urug’lantirish, "probirkada" urug’lantirish, surrogat onalik) va abort, kontrasepsiya;

  • inson va xayvonlarda tadqiqot o’tkazish;

  • Bemorni o’tkaziladigan radikal muolajalarga munosabati, uni shu masalalardagi xuquqi;

  • O’lim tushunchasini aniqlashtirish, o’zini o’ldirish va evtanaziya (faol, sust, ko’ngilli, zo’rlab);

  • O’lishi aniq bemorlarga munosabat (xospislar);

  • Vaksinasiya va OITS;

  • Oilani rejalashtirish va demografiya masalalari;

  • Genetika muammolari (gen tadqiqotlari, gen injeneriyasi genoterapiya);

  • Transplantologiya;

  • Sog’likni saqlash soxasida odilona xolislik;

  • Insonni klonlashtirish ;

  • O’zak xujayralar bilan tadqiqotlar va boshqa masalalar.

Bioetika termini Amerika vrachi Van Ransseler Potter tomonidan (Van Ransselaer Potter) "Bietika: kelajakga ko’prik" (1971y.) kitobida ekologik etikani aloxida variantini ifodalash uchun foydalanilgan.Potter g’oyasi gumanitar va biologik fanlarni bir yo’nalishda xarakat qilib fan texnika taraqqiyoti natijasida yerdagi xayotni noto’g’ri zararli ko’rinishga kirishishini oldini olishdan iborat edi. 1964 yilgi Butun dunyo mediklari assotsiatsiyasining Xelsinki deklarasiyasida ilmiy izlanishlarda rioya qilish uchun birinchi xalqaro etika standarti ishlab chiqildi. Tibbiy tadqiqotlarning ikkinchi etik standartlari 2000 yil Butun dunyo mediklari assotsiatsiyasining Xelsinki II deklarasiyasi tarkibida qabul qilindi.

Muloqotning tarixiy modellari.

1. Gippokrat modeli ("Zarar keltirma")

Gippokrat (460-377 E.A.) qasamyodida modelni tarifi bor. "Bemorga zarar keltirma, Bemorni axvolini yomonlashtiradigan muolaja qilinmasin.»

2. Parasels modeli ("yaxshilik qil")

Parasels (1493-1541 y m) - paternalizm g’oyasi. (Rater -" ota" lat)

3. Deontologiya modeli ("Shifokor burchi"). Deon -"Burch" burch qoidalariga rioya qilish.

4. Bioetika modeli (inson sha'ni va xuquqini xurmat qilish).

Axborot kelishuvchanligi tamoyili 1972 y. Amerika shifoxonalari assotsiatsiyasi qabul qilgan. Bu tamoyilda shifokor bemorga kasallik , muolaja va uni zaruriyati to’g’risida to’liq ma’lumot beradi. Bemor o’zi ongli muolaja turini tanlash kerak.

Yatrogen patologiya, uning kasalliklar turkumi va bemorlar tanatogenezidagi o’rni

Yatrogeniya- bu vrachning yoki tibbiyot xamshiralarining noshud suxbati, nojo’ya xatti-xarakatlari, bilimsizligi yoki, bir so’z bilan aytganda, shifokorlarning aybi tufayli bemorda yangi kasalliklar paydo bo’lishidir. Buyuk alloma Buqrotning "bemorga eng avvalo zarar keltirma" degan naqlini yodda tutish zarur. Yatrogen kasallik bugungi tibbiyot amaliyotida bemorlar orasida 10 foizni tashkil etadi. Diagnostika va davolashning yangi va ilg’or usullari ilgari aniqlanmagan, yatrogen patologiya deb atalmish xolatni keltirib chiqardi. (jatros -vrach, genesis- vujudga keltirmoq). Bu - tibbiy aralashuvning yomon oqibatlari, ayniqsa noto’g’ri diagnoz asosida o’lim sodir bo’lish xollaridir.

Misol: taxmin qilingan kasallik chiqmay, operasiyaning o’lim bilan tugashi, boshqa mos kelmaydigan gurux qon quyish natijasida o’lim sodir bo’lishi , kuchli ta'sir ko’rsatuvchi dori-darmonlardan foydalanish, dori-darmonlar ta'sirida xatto o’limga olib keladigan allergik xolatlar, o’mrov osti venalariga asossiz va noto’gri o’rnatilgan nay oqibatida o’lim sodir bo’lishi, turli diagnostik (endoskopiya, laporoskopiya, angiografiya va x.k. va profilaktik emlashlar oqibatida o’lim sodir bo’lishi va x.k.).Ilgari bunday xollarning xammasi asosiy kasallikning asoratlari yoki davolashning asoratlari deb qaralardi.

Oxirigi yillarda IX - Xalqaro Kasalliklar Tasnifi qayta ko’rib chiqilgandan so’ng yuqorida ko’rsatib o’tilgan va boshqa shunga o’xshash xollar asosiy kasallik darajasiga ko’tarildi.

X KT asosan barcha xolatlarni tibbiy aralashuvning xarakteri va kasallikning kechishi va tanatogenezga ta'siriga ko’ra bir necha guruxlarga bo’lish mumkin.

1. Ikkinchi kasalliklar yuzasidan statsionarga tushgan bemorlarga nisbatan u sodir qilingan yatrogeniya - ya'ni ilgari birinchi kasallik yuzasidan operasiya qilingan bemorlar sog’ayib ketib, uzoq vaqt o’tgandan so’ng ularda ikkinchi kasallik yuzaga kelgan va bu bemorlar qaytadan statsionarga tushgan xollar. Masalan operasiyadan keyingi chandiqlar, demping sindrom, yoki yaxshi operatsiya qilinmagan oshqozon yara kasalligi, bitishmali ichak tutilishi, anastamoz yetishmovchiligi va x.k. qayta operasiyaga muxtoj bo’lgan bunday xolatlar turli asoratlar kelib chiqqanligi uchun bemorlarning o’limiga sabab bo’ladi, demak asosiy kasallik - ikkinchi kasallikdir (ya'ni birinchi operasiyaga olib kelgan kasallik emas).

2. Texnik xatoliklar bilan olib borilgan xirurgik jaroxat natijasida vujudga kelgan o’lim. Bunday xolatlarni o’z navbatida 2 guruxga bo’lish mumkin.

a) Operasiyadan keyingi, operativ aralashuvning oqibatida kelib chiqqan o’lim. Xirurgik jaroxat bunday xollarda asosiy kasallik o’rnini egallaydi.

b) Operasiyadan keyingi, lekin bunday aralashuvni ko’tara olmaslik (umumiy axvolning juda ogirligi, kasallikni o’tkazib yuborilganligi) yoki infeksion asoratlar oqibatida sodir bo’lgan o’lim. Bunday xolatlarda operativ aralashuv asosiy kasallikning asoratlari orasidan o’rin oladi.

3. Narkoz tufayli sodir bo’lgan o’lim. Uning sabablari quyidagilardan iborat: narkozni (preparatni) ko’tara olmaslik (individual), uni meyoridan ko’p berish, asfiksiya (bo’g’ilish), kech intubasiya qilish, erta ekstubasiya qilish, bronxospazm va x.k. Bunday o’lim operasiya boshlanmasdanoq sodir bo’lishi mumkin. Shuni aloxida qayd etish kerakki narkozdan o’lim sodir bo’lganda, uni asosiy kasallik o’rnida ko’rib, mavjud kasallik fon kasallik sifatida qaraladi.

4. Diagnostik muolajalar (angiografiya, laporoskopiya, pnevmoensefalografiya, biopsiya va x.k.) okibatida sodir bo’lgan o’lim.O’tkazilgan diagnostik muolaja asosiy kasallik xisoblanib, taxmin qilinayotgan kasallik "fon"kasalliklari qatoriga kiritiladi.

5. Xavfsiz bo’lmagan o’smani yanglishib xavfli deb, kimyoviy dori-darmonlar (yoki nur) bilan davolash oqibatida sodir bo’lgan o’lim. Bunday xolatlarda kimyoterapiya (yoki nur) o’lim sodir bo’lishida asosiy sabab deb qaraladi.

6. Gemotransfuziya oqibatida sodir bo’ladigan o’lim. Bu asosiy kasallik xisoblanadi. Adabiyotlardan olingan turli ma'lumotlarga qaraganda, yatrogen patologiya 3.1 dan 40%gacha uchrar ekan. Demak bu patologiyaga shifokorlar diqqatini jalb etish maqsadga muvofiqdir.

Terapevtik yatrogeniyalar asosan intensiv terapiya asoratlari qovurg’a yoki to’sh suyagining sinishi, o’mrov osti venasiga qo’yilgan kateter oqibatida vujudga kelgan tromboz, dori-darmonlardan allergiyalar ko’rinishda uchraydi. Bundan tashqari diagnostik muolajalar asoratlaridan fibrobronxoskopiya (bronxospazm, yurak faoliyatining to’xtashi), angiografiya (shokdan olim, qon ketishdan vujudga kelgan anemiyalar).

Misol: 8 oylik bemor. Til o’zagining gemangiomasi olib tashlagandan so’ng o’mrov osti venasidan 7 kun davomida infuzion terapiya olib borildi. Biroq sodir bo’lgan o’limdan so’ng murda yorib ko’rilganda o’ng o’mrov osti venasi va yuqori kovak venada yurakning o’ng bo’lmachasiga qadar davom etgan shakllangan tromb topildi. Natijada yuqori kovak vena sindromi vujudga kelgan. O’limning bevosita sababi - bosh miya komasi. Bu asorat bemor tirikligida aniqlangan emas. Sababi - kateterning xolatiga va qon ivish sistemasining faoliyatiga yetarli nazorat o’rnatilmagan.Xirurgik yatrogeniyalar turli-tuman bo’lib, ko’pincha ular xirurgik muolajalar kamchiliklaridan kelib chiqadi. Misol: yiringli asoratlar, operasiyadan keyingi tromboz va tromboemboliyalar, o’tkir postgemorragik anemiyalar, yurakni jaroxatlash natijasida to’xtatib qo’yish, umumiy o’t yo’lini shikastlash oqibatida peritonit kelib chiqishi va x.k.

Yatrogen kasalliklarni kechishi, axamiyati, oqibati va tanatogenezdagi o’rniga qarab uch darajaga (guruxga) bo’lish mumkin.

Birinchi daraja yatrogeniyalar – noto’gri, xato xatti xarakatlar bevosita o’lim sababi bo’lgan patologik xolatlar, kasalliklar va g’ayri tabiiy o’limlar. Bunga gemotransfuzion va anafilaktik shoklar, kovak a'zolar va yirik qon tomirlarni tibbiy asboblar yordamida jaroxatlash, operasiya davomida o’limga olib keluvchi qon ketishlar, tibbiy aralashuv natijasida sun'iy vujudga kelgan xavo emboliyalari kateter natijasida vujudga keladigan sepsis, narkozdan sodir bo’lgan o’lim va x.k. kiritiladi. Ma'lumotlarga qaraganda yatrogeniyaning bu turi umumiy autopsiyaning 0.41% tashkil etadi.

Ikkinchi daraja yatrogeniyalar - bu shunday patologik xolat va kasalliklarki, ular to’g’ri diagnoz va ko’rsatmalar asosida puxta bajarilgan tibbiy aralashuvlar oqibatida kelib chiqadi. Bu turdagi yatrogeniyalar asosiy kasallik bilan patogenetik bog’liq emas, lekin ularni asosiy kasallikning asoratlari va bemorning individual xususiyatlaridan farqlab bo’lmaydi. Bunga turli qo’shimcha va fon kasalliklari mavjud bo’lgan, asosan qarilik, immunodefisit xollar bilan izoxlangan bemorlarga nisbatan ko’rsatilgan "qaltis" operativ aralashuv va tibbiy muolajalar ko’rsatilgan bemorlarning o’limi kiritiladi. Bu yatrogeniya umumiy autopsiyaning 0.62% tashkil etadi.

Uchinchi daraja yatrogeniyalar - bular asosiy kasallik va uning asoratlari bilan patogenetik bog’liq bo’lmagan, bemorning o’limiga deyarli xech qanday axamiyat kasb etmagan patologik xolat va kasalliklardir. Bunday xolatlarga in'eksiyadan keyingi absseslar, flegmonalar va x.k. kiradi. Ular 0.16% uchraydi. Barcha yatrogeniyalarni quyidagi rubrikalarga taqsimlash mumkin.

1 .Dori-darmonlar natijasidagi yatrogeniyalar.

2. Diagnostik - asbob-uskunali yatrogeniyalar

3. Xirurgik yatrogeniyalar

4. Narkoz – og’riqsizlantirish yatrogeniyalari

5. Buzuq texnik asboblardan foydalanish oqibatida vujudga keladigan yatrogeniyalar.

6. Transfuzion - infuzion yatrogeniyalar

7. Septik yatrogeniyalar

8. Nurlar oqibatida vujudga keluvchi yatrogeniyalar

9. Reanimatsion yatrogeniyalar

10.Profilaktik yatrogeniyalar

11 .Informasion - ma'lumot yatrogeniyalar

12.Boshqalar

Medikamentoz, ya'ni doridarmonlar natijasida vujudga keladigan yatrogeniyalar orasida eng ko’p uchraydigani teri va shilliq pardalar shikastlanishidir. Bunday dori - darmon toksikodermiyalari o’zining ko’rinishi, kechishi bo’yicha ko’pincha ma'lum teri kasalliklari singari kechadi.Yuqorida ko’rsatib o’tilgan patologik xolatlar ichida xamma soxa shifokorlarini diqqatini jalb etuvchisi toksik epidermal nekrolizdir (Layel sindromi). Chunki bu xolat juda tez shakllanib og’ir kechadi va yomon oqibat bilan tugaydi.



Evtanaziya

Evtanaziya - bu og’ir, tuzalmas kasallikka mubtalo bo’lgan bemorni qiynoq azoblardan qutqarish va tibbiy o’limni turli dori-darmonlar yordamida yengillashtirish va tezlashtirishdir. "Evtanaziya" atamasi grekcha Eu- "yaxshi" va thanatos - "o’lim", degan ma'noni anglatib, "yaxshi" o’lim mazmunini bildiradi. Bu qaltis masalaga vrachlik deontologiyasi nuqtai nazaridan manfiy javobni berish mumkin. Chunki Buqrot o’gitlaridan birida "o’ldirma!" ("ne ubey!") va "men vrachlik faoliyatimda bemorning o’limiga sabab bo’ladigan biron-bir dorini ishlatmaslikka qasam ichaman" degan, iboralarni xamda xazrat Alisher Navoiyning "Tabib jallod emas", degan naqlini eslatish mumkin.

Amaliyotda evtanaziyani quyidagi tasnifi ishlatiladi:

1) Medical decision concerning end of life (MDEL), yoki "Xayotni tugatishni tibbiy xal qilinishi". MDELni ikki turini farqlanadi:

a) Evtanaziyani aniq turi - Vrach bemorni o’limini faol tarzda tezlashtiradi yoki uyushtiradi. Buni aniqroq aytilsa bemorni talabi yoki roziligi bilan uni shifokor o’ldiradi;

b) Vrach tomonidan o’limga yo’l berish: (Assistiruemiy vrachom suisid) (Phisician assisted suycide - PAS), qachonki vrach o’limga olib keluvchi dorini tayyorlab beradi va bemorni o’zi dorini qabul qiladi.

2) Ikkinchi xolatda vrachni vazifasi bemorga kasalligi to’g’risida ma'lumot beradi, bemor muolajalarni to’xtatishni yoki ayrim dorilarni yuqori o’ldiruvchi dozasini qabul qilishni ya'ni evtanaziya masalasini o’zi xal qiladi. Shuningdek bu guruxga yashab ketishiga umid yo’q bemorni kasalligi natijasi to’g’risida ongli tarzda tushuncha beriladi va bemor dorini ongli o’z xoxishi bilan qabul qiladi. Xozirgi vaqtda jamiyatda evtanaziyaga moyillikga ikki xil munosabat bildirilmoq da. Liberal va konservativ. Ikkala munosabat egalari evtanaziyani amalga oshirishni shakllariga o’z dalillarini bildirmoqdalar.


  • Tibbiy o’lim - Bemorning azob uqubatdan qutqarishning yagona chorasi sifatida;.

  • Bemorni yaqinlariga raxmdilligi - "Meni deb yaqinlarim qiynalmasin".

  • Bemorni egoistikligi natijasida - " Nomim va sha'nimga munosib o’z xurmatim bilan o’lishni xoxlayman".

  • Biologik - Mayib majrux insonlardan yana mayib majruxlar tug’ilib ko’paymasligi uchun.

  • Mag’sadga muvofig’lik - Uzog’ va natijasiz muolajani, reanimasiya chora tadbirlarini to’xtatib, yashab ketishiga umid bor bemorlarga reanimasiya asbob uskunalarni qo’llash.

  • Ekonomik - Davolab bo’lmaydigan yashab ketishiga umid yo’q bemorlarga mablag’ sarflamaslik.

Oxirgi uchta maqsad fashistlar Germaniyasi tomonidan davlat siyosati sifatida ishlatilib, urushni oxirgi yillari mayib majruxlar, og’ir yaradorlarni dori darmon va gospital resurslari taqchilligi sababli o’ldirishgan.

Konsultasiya turlari va qoidalari.

Konsultasiya -Pasient muammolarini yechimini mutaxassis tomonidan aniqlab berilishi, bu maslaxat berib, odamni to’gri yo’lga undamoq. Tibbiy konsultasiya-davolash jarayonining eng muxim qismi. Insonlar yordam uchun psixoanalitiklar, ijtimoiy yordam ko’rsatish xodimlariga emas, balki umumiy amaliyot shifokorlariga murojaat qilganliklari sababli jamiyat shifokorlardan yordam va ko’mak kelishini tushunib bormoqda.



Konsultasiya turlari

Konsultasiya direktivli va nodirektiv bo’lishi mumkin bu xodisaning xususiyatiga bogliq. Direktiv konsultasiya- bu shifokorning bemorga tayyor qarorni taklif etishi, nodirektiv konsultasiya esa shifokorning bemorga mustaqil to’g’ri yo’l tanlashga yordam berishidir.

Nodirektiv konsultasiya. Eng yaxshi natijaga shifokor kasalni tuyg’ularini o’zinikiday xis qilib, ustun chiqishga intilmaslik, o’zini fikrini bildirib davolasa erishadi. Ushbu talablarga nodirektiv konsultasiya javob beradi. Nodirektiv konsultasiya jarayonida shifokor faqat o’z xoxishini bildirmay balki bemorga o’zi qaror qa'bul qilishga yordam beradi. Ushbu xolda kasal faqat shifokorning fikriga tayanib qolmay davolanishga tushunib va ma'suliyat bilan munosabatda bo’ladi. Direktiv konsultasiya

Direktiv uslubi kasal qattiq xayajonda bo’lib o’zi to’g’ri qaror qilaolmasa va xolatni to’g’ri baxolay olmasa qo’llaniladi.

Konsultasiyani prinsiplari:


  • Konsultasiya asosi- ishonch va bir-birini tushinish

  • Majburiy shart- tibbiy sirni saqlash

  • Avval bemorni diqqat bilan tinglang va suxbat chog’ida bemorning ko’ziga qarang

  • Kasalga chinakam qayg’uingizni namoyon qiling

  • xar doim kasalning oilaviy sharoitini biling

  • Suxbat chog’ida o’zingizni tabiiy tuting

  • Buyruq emas maslaxat bering

  • Epchil bo’ling, vaziyatga qarab konsultasiya turini o’zgartirib turing

Konsultasiya qoidalari

  • Kasalga aktiv bo’lishga imkoniyat bering.

  • Savollarni tushinarli qilib bering.

  • Bemorni tanqid qilmang.

  • Kasalni xayajonga solgan xech narsani o’tkazib yubormang .

  • Tayyor reseptlar bermang.

  • g’iyinchiliklarni tez yechilishiga va'da bermang.

  • Bemorga o’z tuyg’ularini ya'ni- qo’rquv, ishonch, xafachilik, umidsizlik, mayuslik yordam bering.

Suxbat olib borish qoidalari

  • Gapingizni o’ylab gapiring

  • Pauzalarni ushlang

  • Bemorga o’z tuyg’ularni bildirishga imkoniyat bering

  • qo’llab quvvatlang

  • Uz qiziqishingizni bildiring

  • O’z muloxazalaringizni bildiring

  • Kasalga sizni to’g’rilashga imkon bering

  • Umumlashtiring va xulosa chiqaring

  • Kasal nimalarni xis qilayotganini tushinishga xarakat qiling

  • Kasalning fikrlarini xurmat qiling

Konsultasiya quyidagi xolatlarda o’tkaziladi.

  • Krizisli xayotiy xolat

  • Yaqin odamni yoqotish

  • Davosi yo’q kasallik, simptomatik davolash

  • Yomon oilaviy sharoit

  • Uzoq davom etayotgan og’riq

  • Xavotir

  • Depressiya

  • Bolalarda aqil zaifligi

  • Bepushtlik

  • Xar qanday kasallik, ayniqsa og’ir kasallik

  • Jinsiy zo’rlash

  • Oilada zo’rlash

Kommunikasiya - shifokor ishining asosidir. Insonni tushunish va u bilan muloqot qilish uchun xurmat va e'tibor talab qilinadi. Kommunikasiya - bu muloqot demakdir. Barcha odamlar jumladan bemor va tibbiyot xodimlari bir-biri bilan muloqot orqali munosabatda bo’ladilar, aloqa qiladilar. Kommunikasiya tushunchasi va unga to’g’ri yondoshish shifokor uchun katta axamiyatga ega. Shifokor bemorlar bilan suxbatida o’zining kommunikasiya borasidagi ko’nikmalarini tadbiq qilib va doimo o’z xatti-xarakatlarini taxlil qilishi lozim. Agar bemor tushkunlikka tushgan bo’lsa, ruxiy va jismoniy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan b

oulsa shifokor bu xolatda o’zining muloqot borasidagi bor maxoratini, bilim va ko’nikmalarini ishga solmog’i lozim. Ijobiy va iliq muloqot shifokor muvaffaqiyati, samarasi uchun muxim omildir. Ayniqsa pasientni shifoxonaga yotqizishda, uni boshqa bo’limga o’tkazishda, operasiya va boshqa og’ir muolajalarga tayyorlashda to’gri muloqotning axamiyati katta. Shifokor bemor bilan samimiy, chin ko’ngildan, uning shaxsini xurmat qilib, qo’llab-quvvatlab, aniq va tushunarli muloqat o’rnatishi kerak. Bemorda muloqat davrida turli extiyojlar kelib chiqishi mumkin. Bunda ularga maslaxatlar berish, ko’nglini ko’tarish, tinchlantirish yoki u bilan ijtimoiy aloqa o’rnatish lozim, bu vaqtda shifokorga uning tajribasi, muloqat ko’nikmalari va muommala vositasi katta axamiyat kasb etadi. Bemor bilan muloqat o’rnatish uchun zaruriy kommunikasiya asoslari:



  • Ishtirok etish xissi.

  • Eshita bilish.

  • Tushuna bilish.

  • Qaygusiga sherik bo’lish.

  • O’zi xam samimiy bo’lishi unga ko’nglini ochib borishi.

  • Begona qarashlarni to’g’ri qabul qilish.

  • Xamdardlik bildirish.

  • Xaqgo’ylik.

  • Shaxsini, axloq-odobini xurmat qilish.

  • Insonparvarlik, inson shaxsini, fazilatlarini xurmat qilish.

  • Ezgulik, yaxshilik xususiyati..

Shifokor bemorga malakali, raxmdillik asosida yuqori saviyada yordam ko’rsatadi. Bu shifokor va pasient o’rtasida bir-birini tushunib, ma'suliyatni xis qilib muloqat qilish demakdir.

Pasientni tinglar ekan, shifokor unga iliq munosabatini, xamdardligini bildirishi kerak. Iliqlik tuyg’ulari noverbal yo’llar orqali bemorga ta'sir qiladi, bular quyidagilar:



  • Tabassum.

  • Do’stona oxangdagi murojaat.

  • Pasientga bevosita ta'sir qilish.

  • Pasient bilan muloqatda shifokor gavdasini to’gri tutishi, qo’llari xam, tanasi xam gavdasiga mos bo’lishi.

  • Pasientga butun diqqat-e'tiborini qaratishi lozim.

Faol eshitish - Boshqa odamlarning xissiyoti, fikrini eshita bilish eshitish uchun e'tibor, sezgirlik, boshqa narsalarga chalg’imaslik lozim. Eshitishda fikri-zikrini faqat muloqotga jalb etish, uning fikri bilan qiziqish, fikrini e'tiborga olish, muammolarini xis etish kerak. Suxbatdoshga qarab quloq solish. Suxbatdoshingizning mavzusi sizni qiziqtirayotganligini unga sezdirishingiz lozim. Pasientning ko’ziga qarab, o’zingizni samimiy tuting. Bu bilan suxbatdoshingiz bilan muloqotga kirishishingiz oson kechadi. Shuni unutmaslik kerakki, shifokor bemorni o’rgana boshlagan birinchi paytlardayoq, bemor xam shifokorni o’rgana boshlaydi. Agar shifokor, bemor qalbidan joy ololsa, unda bemor shifokorga ixlos qo’yadi va kasallikka qarshi kurashishda uning ittifoqchisiga aylanadi. Suxbat chog’ida shifokor

bemorning xar bir so’zini, diqqat bilan tinglashi, undan o’zi uchun kerakli xulosalar chiqara bilishi lozim. Bemor o’zlariga e'tiborsizlik, o’zini alaxsitib, turli qog’ozlarni yozib o’tirish, shifokor obro’sini tushiradi va bemorning unga bo’lgan ishonchini yo’qotadi. Bu narsa bemorda shifokorga nisbatan xurmatsizlik va achchig’lanish kayfiyatini tug’diradi.



Pasient bilan verbal va noverbal muloqot.

Bemor bilan munosabatda so’z orqali (verbal) va so’z yordamisiz (noverbal) muloqot ko’nikmalari mavjud.So’z orqali muloqot (verbal muloqot) o’zaro munosabatning asosiy ko’rinishidir ,bunda

quyidagilarga rioya qilishlik maqsadga muvofiq:


  • -Tushunarli tarzda so’zlang;

  • -So’z oxangingiz bosiq va mayin bo’lsin;

  • -O’rinsiz savollar bilan bemor g’ashini keltirmang;

  • -Ikki yo ko’p ma'noli so’zlarni ishlatmang;

  • -Ko’rsatmalarni aniq bering;

  • -Ilojsiz muolaja dori darmonlarni va'da qilmang;

  • -Bemor sizni tushunmay qolsa erinmasdan so’zlaringizni yana takrorlang;

  • -Siz bilan suxbatda bemor o’zida tug’ilgan savollarga javob topganiga ishonch xosil qiling;

  • -Zarurat bo’lganda bemorga tegishli mutaxassisni tavsiya eting;

  • -Bemorga zarurat paydo bo’lganda o’z telefon raqamlaringizni bering va telefon orqali so’zlashuvdan qochmang - bemorga tekshiruv natijalarini muntazam ravishda aytib turing;

  • -Tavsiyalaringizni, ko’rsatmalaringizni nazorat qilib turing;

  • -Punktual bo’ling (punctual (fransuzchadan) - nuqta ya'ni aniq saramjon sarishta va'dasini vaqtida bajaruvchi).

  • -Qabul vaqtiga kech qolsangiz bu xaqda telefon orqali ogoxlantiring;

  • -Davo ijobiy natija bermasa kerakli mutaxassisga yuboring;

  • -Zarur bo’lsa shifoxona (stasionar) da davolanish ni qat'iyan talab qiling.

Muloqotning ikkinchi kurinishi noverbaldir ya'ni so’z yordamisiz muloqot. Bunday muloqot asosan xatti- xarakat , imo -ishoralar bilan yuzaga keladi. Bunda:

  • -Mimikalarga ayniqsa noxush tuyg’uni ifodalovchi mimikalarga e'tibor qiling va ularni nazorat qiling;

  • -Qo’lning beo’xshov xatti xarakatlarini qilmang;

  • -Chuqur "ux" tortmang;

  • -Ko’z qarashlaringizni nazorat killing;

  • -Burun jiyirmang, qosh chimirmang, tish kavlamang, quloq qichimang, saqich chaynamang (aks xolda bemor xamiyati ozor chekishi mumkin);

  • -Bexuda kulavermang;

  • -Vaziyat taqozosidan kelib chiqib eng ma'qul masofada turing;

  • -Gavdangizni bemorni tekshirish uchun va u bilan suxbatlashishga qulay xolatda tuting (kasalliklarning spesifik xususiyatlarini e'tiborga olgan xolda) juda uzoq masofada muloqot qilmang;

  • -Suxbat vaqtida erkinlik yarating, bemorni diqqat bilan tinglang, savollar va muloxazalar bilan chalg’itmang, shoshilmang;

  • -Bemordan nigoxingizni (ko’zlaringizni) olib qochmang;

  • -Uning so’zlariga qiziqishingizni bildirib turing;

  • -Suxbatning asosiy moxiyatini ilg’ab oling;

  • -Muloqotni ko’zlaringiz bilan qo’llab turing;

  • -"Xa"- ma'nosida boshingizni irg’ab turing;

  • -Ma'lumotlarni tushunishga xarakat qiling;

  • -Tabassumdan to’g’ri foydalaning;

Keksa organizmning fiziologik xususiyatlari. Keksa bemorlar, muloqotning o’ziga xosligi. Og’ir va o’layotgan bemorlar bilan muloqot. O’lim bosqichlari.

6. O’qituvchi izoxlari:

Ma'ruzada quyidagilarga axamiyat beriladi: Bemorni umumiy amaliyot shifokori bilan uchrashuvi - bu bemorni birinchi marotaba Sog’liqni Saqlash tizimi bilan uchrashuvi xisoblanadi, shifokor birinchi marta bemorni ko’radi va u nafaqat tibbiy, balki ruxiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishiga xam to’g’ri keladi. Bularning xammasi bu soxadagi shifokor uchun yuqori deontologik tayyorgarlikni taqozo etadi, shuning uchun u faqat bemorlar bilan muloqot qilishi ilmini emas, balki uning qarindosh urug’lari bilan xam gaplashishni bilishi kerak."Shifokor va pasient" fanida tibbiyot deontologiyasi masalalari va bemorlarga maslaxat berish ilmi bilan tanishtiriladi.

7.Tarqatma material- slaidlarni maketi tarqatiladi.

8.Ma'ruzani jixozlanishi:Multimediya proektorida slaidlar namoyishi.

9. Talabalar mustaqil ishi ko’zda tutilmagan.

10. Nazorat savollari:

1) Deontologiya to’g’risida tushuncha.

2) Bemor bilan muloqotning davolash jarayoniga ta'siri.

3) Yatrogeniya va uni oldini olish.

4) Bioetika to’g’risida tushuncha va uning vazifalari.

5) Muloqot modellari va ularning mazmuni.



11. Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

Asosiy:


1. L.A. Leshinskiy. Deontologiya v praktike terapevta. M., 1989.

2. M.Ya. Yarovinskiy. Medisinskiy rabotnik i pasient. Medisinskaya pomosh, 1966.

3. M.Fauler. Etika i sestrinskoe delo. M., 1994.

4. Dj. Merta. Spravochnik vracha obshey praktiki. M.,1998.

5. N.A.Magaznik. Iskusstvo obsheniya s bolnimi. M., 1991.

g’o’shimcha:

6. Orlov A.N Isselenie slovom, 1989.

7. Mejdunarodniy kodeks medisinskoy etiki. J. Vrach, 1994, №-4, s-47.

8. Ostapenko A.L. deontologiya medsestri pri provedenii nekotorix diagnosticheskix

manipulyasii. Medsestra, 1994, №-1.

9. Yaroshevskiy M.Ya. Medrabotnik i pasient. Medpomosh, 1996, №-3.

10. Boyko Yu.N. Elementi psixoterapii v obshesomoticheskoy poliklinike. J. Medsestra, 2000,

№-2.

11. Ostrovskaya I.M. Verbalniy sposob obsheniya. J. Medsestra, 2001, №-7.



12. Ostrovskaya I.V. Medsestra i pasient: obsheniya dlya obmena poleznoy informasii. J.

13.Medsestra, 2000, №-4.

14."Полезные страницы. Здоровье“

15.Zilber G. “ Don’t smoke”

16.J. Kleinerman, D. Rice (результаты исследования)

17.D. Niewoehner (результаты исследования)



18. Internetdan ma'lumot: www.medline.com; www.doktor.ru; www.medmir.ru; www.medlinks.ru.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə