Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti


Baxning “Xromatik fantaziya va fuga ”si



Yüklə 293,5 Kb.
səhifə10/11
tarix23.05.2022
ölçüsü293,5 Kb.
#87790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
zuhra nazarya

2.4. Baxning “Xromatik fantaziya va fuga ”si.
Bu asar yangiligi va qoilangan yangi topilmalar bilan e’tiborni tortadi. Ikki manual va pedalli klavesin uchun yaratilgan mazkur asar organ san’ati an’analarida bajarilgan boiib (bahaybat monumentallik va badihago‘ylik hajmi), diniy kantatalar va dramatik deklamatsiyalami ifodaviy vositalarini o‘z ichiga olib, torli musiqaning ayrim an’analarini davom ettiradi. Bunday murakkab uslubiy sintezi asosida yangi klavir uslubi yuzagakelib, o'zining ko‘rinishi bo‘yicha Betxoven fortepiano musiqasini oldindan belgilab, ma’lum ma’noda romantik kompozitorlik ijodiyoti yoiini yoritgan namunaga aylandi. Xromatik fantaziya va fuga yaratilishi davri Baxning Kyotenda istiqomat qilgan vaqtga to‘g‘ri keladi (1720), oxirgi tahriri - 1730-yilda amalga oshirilgan. Asar xronologiya bo‘yicha taniqli organ fantaziya va fuga g-moll yaratilish vaqtiga yaqin. Xromatik nomi Bax zamondoshlari tomonidan berilgan bo‘lib, biroq aynan asardagi qaysi lavha uni shunday nomlanishiga turtki bergan, degan g‘oya hanuzgacha mavhumligicha qoladi. Fantaziya dramatik patetikaga boy boiib, ko‘tarinki ekspressiyasi bilan ajralib turadi. Uning kompozitsiyasi ikki kontrast, shu bilan birga, bir-biri bilan uzviy bogiiq boigan ketma-ket qismlardan iborat. Katta birinchi qism erkin badihalikni to‘foni bo‘- lib, o'zining kengligi bilan hayratga soladi. Ikkinchi qism - falsafiy rechitativ qat’iyatli niqob ortida katta hissiyotlar jo ‘sh urishini namoyon qiladi. Ikki qismlar bir-biri bilan faktura boyligi, o‘zgaruvchan ritm evaziga to‘xtovsiz harakatni gavdalaydi. Fantaziyaning umumiy dinamik chizgisi fojiaviy xarakterdagi tantanali kodada yakun topadi. Qayg‘u-iztirobli hissiyotlar bu yerda tinchlanib, borliq sifatidatasdiqlanadi. Fantaziyaning garmonik asosi birmuncha murakkab, ayniqsa, rechitativlarda. Tonal rivojlov nafaqat d-mollga nisbatan uzoq va yaqin tonalliklar, balki Des-dur, Ces-dur, fis-moll, cis-moll kabi tonalliklarni h am qamrab oladi. Shunda uzoq tonalliklar tonika orqali emas, balki o'zining D (D)si yordamida namoyish etiladi. “Italyan konserti”. Klavir musiqadagi yarigi konsert janri asoschisi I.S. Baxning ushbu asari klavir uchun qayta moslashish evaziga yaratilgan skripka konsertlarini tashkil qiladi (birinchi navbatda - A. Vivaldi konsertlari). Shunisi qiziqki, kompozitoming barcha klavir konsertlari (jami 7 ta) avval torli qilib yaratilib, so‘ng klavirga moslashtirilib berilgan. Bu boradagi muhim natijalar 1735- yilda yaratilgan “Italyan konserti” bo‘ldi. Bax o‘zi bergan ushbu konsert nomida uning Vatani - Italiya qayd etilgan. Asar orkestr jo ‘rligisiz ikki manualli klavir uchun yaratilgan. Konsertlik (musobaqalik) tamoyili klavir ovozlarini katta rivojlangan fakturasi bilan belgilanadi. A.Vivaldi konsertlarining kompozitsiyasi, an’analarga tayangan holda, uch qismli shakl berilib, chekka qismlari harakatchan, o‘rtasi esa sekin, vazmin lirik boiim bilan tavsiflanadi. “Italyan konserti” musiqiy uslubi va asosiy kayfiyati - energik kuchga ega hayotbaxsh mavzu ekanini aniqlab beradi. U oddiy to‘rt taktli ikki jumladan iborat shaklda gavdalangan. Ularni tonal solishtirilishi (F-dur vwl*w«»* Italien Concerto fer VhUrnâ iVila va C-dur) fuga ekspozitsiyasida mavzu va javobni tonal I solishtirilishini eslatadi. f l Polifonik tafakkuming ta’siri mavzuning rivojida o‘z aksini topadi. Dastabki sakkiz taktli mavzu yadrosi umumiy harakat a shakllarida erib ketadi. Musiqa polifonik shakllarga xos sokin 1 davomiylik xususiyatiga ega boia- 1 di. Bir iboradan ikkinchi iboraga 1 o‘tish silliq va ketma-ket amalga 1 oshadi va yangrab o‘tgan mato de- I yarli qayta takrorlanmaydi (Vena * klassiklar tematizmidan farqli oiaroq). Shu bilan birga, birinchi qism umumiy kompozitsiyasida boiajak sonata shakli chizgilari ko‘zga tashlanadi. Unda uchta boiim bo‘- lib, biri tematik mavzusini ekspozitsion ko‘rinishi, ikkinchisi uning rivojlovi va qayta ishlovi, uchinchisi esa asosiy mavzuni reprizali takrorini tashkil qiladi. Ekspozitsion boiim asosiy mavzudan tashqari yana birmuncha yumshoq va sodda fakturada bayon etiladigan mavzulami qamrab oladi. U yadro va uning rivoji asosida tuzilib, uning asosida vujudga kelgan ohanglar birinchi mavzuga nihoyatda yaqin turadi. Klassik sonataning yordamchi partiyasidan farqli oiaroq, ikkinchi mavzu Fdur tonalligida, qayta ishlov jarayonida dominanta tonalligiga modulatsiya qilinadi (C-dur). Konsertning birinchi qismining rivojlov boiim i o‘zining hajmi va qayta ishlovi bilan ajralib turadi. Bu yerda kompozitor gomofongarmonik va polifonik usullami qoilagan. Bular: motivlami ajratib olish, ularni sekvensiyalash, imitatsiya, ayrim kuy-ohanglami va ularning lavhalarini variantlash. Rivojlovda ikki mavzu ishlatilib, har biri bir-birini ohangini o‘ziga singitadi. Tez orada asosiy mavzu - uning yadrosi va qayta ishlovi namoyon boiib, cholg‘u konsertlarga xos boigan belgilar bilan ko‘zga tashlanadi. M aium ma’noda bu yerda rondoga yaqinlikni ko‘rish mumkin. Reprizada birinchi mavzu to iiq o‘tkaziladi, ikkinchisi yo‘q (major varianti qayta ishlovni tugatgani bois). Konsertning ikkinchi qismida harakat o‘miga sokinlik va xayol surish keladi. Bu konsertning lirik Andantesi boiib, parallel minorda keladi. Uning mavzusi yuqorida “fleyta” cholg‘usi registrida bir tekis ritmli jo ‘rlik ortida kelib, badihalik xususiyatiga ega. Bir qator sinkopalar, kuchli hissalami mayinlashtirgan erkin ritmi musiqaga sokin va ravonlik baxshida etadi. Andante shakli ikki qismli boiib, ko‘plab Bax ariyalari, turkumga kirgan raqs va prelyudiyalar tuzilishiga yaqindir. Birinchisi modulatsiya bilan parallel majorda tugasa, ikkinchisida d-moll tonalligi boshchilik qiladi. Ohang mavzulari yumshoq, mayin, ikkinchi qismida birmuncha keskin deklamatsiyaga aylanadi. Final xalq bayrami taassurotini uyg‘otadi. U individual hissiyotlar emas, balki xalq bayrami, jamoatchilik kayfiyatini tarannum etadi. Finalning asosiy mavzusi birinchi qism bosh mavzusiga yaqin boiib, keng raqsbop ritm va major rangi bilan ajralib turadi. Biroq bu yerda temp nafaqat jonlashgan, balki “parvozli” gammasimon passajlardan tashkil topgan. Shaklning chekka qismlari tonal doirasi va shakl tuzilishiga yaqin. Finalda ham ikkinchi “yordamchi” mavzu boiib, ekspozitsiyada bosh tonalligida o'tadi. Birinchi qism kabi dastalabki birinchi mavzuni takror etilishi shaklga rondolik xususiyatini ato etadi. Messa si-minor. Kompozitorning hayotiylik davrida mazkur asaming faqat birinchi ikkita qismi (ba’zida, yakshanbalik diniy xizmatida) ijro etilgan. Tatqiqotchilar si-minor messani Baxning falsafiy ibodati, deb bejiz aytmaydilar. Unda toialigicha kompozitorning dunyo va borliqqa boigan munosabati aks ettirilgan. Passionlar kabi, kompozitor bu asarida ham hayotiy maqsadni ochishga, axloqiy qahramonlikka hamda o‘z jonini fido qilishga tayyor turgan yuksak inson timsoli haqida so‘zlaydi. Asaming falsafiy mavzusi - messani monumentalligi, yangi shakllarni qoilanilishi va an’anavaiy qoliplar chegarasini kengaytirilishida ko‘rinadi. Ma’lumki, messa ibodati - katolik xizmatini asosiy ko‘rinishi bo‘lib, ko‘plab asrlar davomida shakllanib kelgan; uni asosida yotgan duolar ham uzoq muddat davomida shakllangan.
XI asrda messa matni rasmiylashtirilib, quyidagi ketma-ketlikda ijro etilgan: • Kyrie eleison (“Tangrim, shavqat qil!”); • Gloria (“Shon-sharaflar”); • Credo (“Ishonaman”); • Sanstus (“Avliyo”); • Agnus Dei (“Qurbonlik”). Musiqiy shakl sifatida messa XIV asrga kelib shakllandi. Agar avvallari alohida qismlar ortida Grigoryan xorallaming kuylari yotgan bo‘lsa, vaqt o‘tgan sari ular mustaqil badiiy ahamiyatga ega boiadilar. Asosiy rasmiylashtirilgan qismlami saqlagan holda, Bax ularning hajmini kengaytirib, har bir boiim matnini alohida nomerga kiritadi. Jami - yigirma to‘rtta nomeming har biri jiddiy kompozitsiya sifatida namoyon etilgan. Muhim birlashtiruvchi omil - messa dramaturgiyasidir. Uning tarkibida doimiy monumental va kamer planlami solishtirilishi kuzatiladi. Monumental plan yoyilgan xorlar misolida aks etilgan. Shu tufayli messa bahaybat ko‘rinishga ega. Ikkinchi plan, kamer-lirik boiib, duetlar, uchta xor (№ 8, 15, 16) va oltita ariyalardan iborat. Si-minor messasida Bax musiqasining ikki asosiy olami taqqoslanadi: iztirob, qayg‘u olami va yorugiik, quvonch va tantanalik olami, aynan bu ikki olamni taqqoslanishi asl simfonik rivojlovning asosiy harakatlanuvchi kuchini tashkil qiladi. Yalpi iztirob va chekinishlar chizgisi birinchi qismning - “Kyrie”sidan turtki oladi. U an’anaviy messalarga xos boigan uch qismlikka tayanadi: bir matnga asoslangan ikkita qayg'uli xorlar “Kyrie eleison” yorug“ duet “Christe eleison”ni qamrab oladi. Ikki xor polifonik uslubda bajarilgan (biri - besh ovozli, ikkinchisi - to‘rt ovozli fuga). Birinchi xor passionlar kayfiyatiga yaqin boiib, iztirobdan alam chekkan odamlarni yurishini gavdalaydi. Fuga mavzusi minor rangi, qayg‘uli ohangi, keskinli interval (triton, kamaytirilgan septima)lari, xromatizmlar ko‘pligi, “nafas olish ohangi”, lad noturg‘unligi (og‘ishma e-moIl)ga, vazmin tempda bir xil ritm harakatiga asoslanishi bilan o’zini kayfiyatini namoyon qiladi. Kuychan ohanglar deklamatsion aylanmalar bilan alishib turadi. Ikkinchi xor “Kyrie” ushbu matnni yangicha talqinini namoyon qiladi, uning musiqasiga iltijo emas, balki asketik jiddiylik xos. Xor XVI asr qat’iy polifoniya uslubida yozilgan. Ikkinchi olamning ekspozitsiyasi “Gloria” quvonch va ilhomga toia. “Gloria” (№4) xorining musiqasi shon-sharafga to‘la. Uning mavzusi dastlab orkestrda trubalarni tantanali ijrosida gavdalanadi. So‘ng orkestrga xor qo‘shilib, tangriga hamdu sanolami bildiradi. Xor kuyi tantanali ohanglami mohirona passajlar bilan o‘zaro almashuvi evaziga bir bo‘g‘inning uzoq kuylanishi orqali beriladi (Grigoryan an’analaridan olingan “yubilatsiya” aytirai). Yengil va aniq harakat 3/8 o‘lchovida Baxning raqs syuitalarini eslatadi. Mazkur xor o‘zini tantanavor kayfiyati bilan boshqa D-dur xorallari, messaning II va IV (Sanstus) qismlarga yaqinligi bilan ajralib turadi. II qism, umuman olganda, quvonchga to‘la bo‘lsa-da, ichida Kyrie olgan qayg‘u~alam rivojini davom ettiradi. Markaziy xor №8, “Qui tollis" (“sen insoniyat gunohini o‘zingga olgan”)da h-moll bosh tonalligi qaytib, kayfiyati elegik kamer jarangga yaqin turadi. III qismning bosh mavzusi (“Credo”) o‘rtadagi uchta xor misolida Iso Payg‘ambarning inson qiyofasiga kirishi haqida qisqacha bayon qilinadi. (№15, “El incarnates”), iztirob chekib, dorga osildi (№16, “Crucifixus”), so‘ng tirildi (№17, “Et resurrexit”). Mazkur uchta xor butun asaming g‘oyaviy timsoliy markazidir. №15 va №16 xorlar umumiy mavzu ortida birlashadi: ular messaning umumiy qayg‘uli kayfiyatini davom ettiradi. “Crucifixus”- butun messaning fojiaviy avjidir. Mazkur nomemi xor lamento (yig‘i)si deb ta’riflash mum kin. Uning musiqasi ko‘plab XVI-XVII asr dunyo rassomlarini (ayniqsa, nemis - Gryunevald, Dyurer ijodida yorqin muhrlangan) polotnolaridagi bir surat - dorga osilishga mahkum etilgan, iztirob chekayotgan Iso Payg‘ambarni gavdalaydi. Musiqada ushbu holatni aks ettirish uchun eng muqobil shakl sifatida basso ostinatoga asoslangan variatsiyalar olingan. Variyatsiya asosida yotgan mavzu - birmchi bosqichdan to beshinchi pog‘onaga qadar xromatik gamma parchasidir. U o‘n uch] marta bir xil takrorlanib, har bir yangi ko‘rinishida uning garmoniyasi I o‘zgaradi. Orkestming garmonik variatsiyalari xoming polifonik' variatsiyalariga hamohang tushadi. Mazkur xomi so‘nggi №17 solishtirilishi eng yorqin kontrastni tashkil qiladi. Uning maqsadi - oiimdan so‘ng tirilish “Et resurrexit” - bu quvonish timsollari yig‘indisining markazi bo‘lib, tinglovchilarga katta quvonch ulashadi. Bu yerda polonez ritmlariga xos usullar joy oigan. Kuy energik, yuqoriga harakatlanuvchi kvartadan boshlanadi. So‘nggi beshinchi, eng lo‘nda messa qismida faqat ikkinchi nomer o‘rin oigan, barcha kuchli kontrastlar so‘nadi, faqat boMib o‘tgan fojia haqida xotira qoladi. №23 “Agnus Dei” (“Qurbonlik”) va irodaning kuchi oxirgi yakuniy xorda gavdalanadi, uning musiqasi №6 “Gratias” takrori bo‘lib (“Rahmat deymiz”), faqat boshqa so‘zlar bilan ijro etiladi “Dona nobis pacem” (“bizga tinchlik ato qil”). U g-moll tonalligida, D-durning minor subdominantasi yordamida quvonch va iztirob orasida o‘tish vazifasini bajaradi. “Matfey bo'yicha iztiroblar”. Iztiroblar janri (yoki passionlar) o‘zini ildizi bilan o‘rta asr Yevangeliya matnlarini sahnalashtirishi bilan bogiiq boiib, Iso Payg‘ambaming iztiroblari va vafoti haqida bayon qilgan. Ular cherkovdagi “iztirobli hafta” davomida qo‘yilgan bo‘lib, pasxadan oldin namoyish qilingan. Passion matnlari dastlab “rollarga taqsimlanib”, dindorlar tomonidan psalmodi (yarim kuylash, yarim so‘zlash shakli) ko‘rinishda ijro etilgan. Kechroq ko‘p ovozli polifonik uslubda ifoda etila boshladi. Mazkur janr ayniqsa, Germaniyada - birinchi nemis opera muallifi Genrix Shyuts ijodida yuqori cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bax qalamiga Ioann (JP), Matfey (MP), Mark bo‘yicha iztiroblar mansub (oxirgisi yakuniga yetkazilmagan). Ulaming bari Leypsigda yaratilgan. Barcha passionlar uchun uchta planlami solishtirish xos bo‘Igan: bayonotli, dramatik va lirik izhor. Bayonot hikoyani bayon qiluvchi Yevangelist (tenor) nomidan ketadi. Uning bayoniga doimo o‘zgalarni (bosh qahramonlar: Iso va uning shogirdlari, Pontiy Pilat, Ierusalim ibodatxonasining diniy xizmatkori va b.) gapi kiritilib, voqealami yoritadi. Ushbu yakka va xor replikalar tufayli tinglovchilar jonli harakatni ko‘rgandek bo‘ladilar. Ba’zida drama rivoji lirik chekinishlar - ariyalarda to‘xtab, qahramonlaming his-tuyg‘ularini ko‘rsatishga harakat qiladi. Eng muhim dramaturgiya lavhalari nemis lyuteran cherkov qo‘shiqIari - xorallari bilan ko‘rsatiladi. Diniy kantatalar singari Baxning passionlarida aynan xoral asosiy axloqiy g‘oyani tinglovchilarga yetkazadi, ayrim xorallar, butun bahaybat kompozitsiyani birlashtirgan holda takrorlanadi. Deyarli har bir xor uchun kompozitorqat’iy to‘rt ovozli fakturani tanlaydi. Shunday qilib, passionlar messalardan quyidagilar bilan farq qiladi: • messa matni lotin tilida, passionlar - nemis tilida; » passionlarda personajlar, ketma-ket harakat rivoji o‘rin oigan boisa, messada bu yo‘q; • messa ichki tugallangan aniq cheklangan nomerlar - xor, ariya va duetlardan iborat; • passionlarda ularga rechitativ, xorallar, o‘z ichiga erkin holda xor va yakkaxon lavhalarni kiritgan butun sahnalar o‘rin oladi. “Matfey bo‘yicha iztiroblar” - Baxning eng monumental asarlaridan biri boiib, uning ustida u to‘rt yil mobaynida ishlagan. Asar premyerasi Avliyo Foma cherkovida (Leypsig) 1727-yili boiib o‘tgan. Kompozitor hayotlik davrida ular bir necha bor turli yillarda ijro etilgan. “Matfey bo‘yicha iztiroblar” - ikki xorii kompozitsiya bo‘lib, ikkita to‘rt ovozli xor uchun mo‘ljallangan. Ularga jo ‘rlik o‘mida orkestr va organ kiritiladi va har birida o‘zining yakkaxonlari bor. Orkestr tarkibiga qadimgi cholg‘ular, masalan, viola da gambu, goboy d’amur kiritilgandir. Ikki xor birga va alohida kuylaydi, shu bois, mazkur asami ijro etilishi katta akustik xususiyat bo‘lishini taqozo etadi. “Matfey bo‘yicha iztiroblar” ikki boiimdan iborat (biri ibodat vaqtida, ikkinchisi undan so‘ng ijro etiladi), birinchi qism (№№1-35) Isoni mahbuslikka olinishi sahnasi bilan yakunlansa, ikkinchi qism (№№36-78) uning iztiroblari va vafoti haqida bayon qiladi. Har bir qism boiimlarga ajratiladi. I qism: 1 - dindorlami til biriktirishi va luda xiyonati (№№2-12); 2 -pinhon kechasi (№№13-23); 3 - Gefsiman bog‘ida Isoning duosi (№№24-31); 4 - Iudani Isoning mahbus qilinishida kelishi (№№32-35). II qism: 1 - Iisus tergovi, yolg‘onchilarning dalolati, Petra voz kechishi va pushaymon qilishi, Iudani o‘z joniga qasd qilishi (№№37-53); 2 - Golgofga yurish, Iso vafoti (№№54-72); 3 - xochga osilgan Isoning yechib olinishi, marsiya (№№74- 78). Asaming №1 uvertyura vazifasini, №36 (alt va xor ariyasi) ikkinchi qism prologi vazifasini bajaradi. Har bir boiim Yevangelist rechitativi bilan boshlanadi. Unda bo‘layotgan voqeliklar haqida ma’lumot o‘rin oigan. Rechitativlar Yevangelist, Petr, luda, Pontiya Pilat nomidan keladi. Ulaming bari “secco rechitativ” turiga mansub bo‘lib, “continuo rechitativ”lami jo'rlik partiyasida organ bajaradi. Ularning fonida Isoning yorqin nutqi yangrab (yuqori bas): uning rechitativi har gal torli kvartet jo ‘rligida keladi. Asarda “secco rechitativ”lardan tashqari jo ‘rIik rechitativlar ham mavjud. Ariozo - undan so‘ng kelgan ariyalarning kirish qismídir. Ariozolarni volcal uslubi - opera amaliyotiga yaqindir. Ular orkestr jo ‘rligida, ma’lum yakkaxon cholg‘u bilan birgalikda ijro etiladi. Ariozolarni mazmunida bo‘layotgan voqealaming tavsiloti, ulaming muhokamasi o‘rin olib, ulardan so‘ng kelgan mazkur ariyalar uiarga lirik-falsafiy yakun yasab beradi, Ariyalar nomi boimagan xorlar yakkaxonlarga taqsimlanib, umumiy his-tuyg‘ular, qalb harakati aks etish uchun mo‘ljallanib, ichki kontrastlardan yiroq. Ko‘p ariyalar da capo an’anaviy shaklda yozilgan. Ular orkestr va yakkaxonlar jo ‘rligida ijro etilib, vokalcholg‘u ansambllarga aylanib qoladilar. Ariozolarning ariyalarga qardoshligi quyidagi jihatlar bilan ko‘zga tashlanadi: a) ular Yevangeliya matniga emas, balki erkin she’riy vaznga asoslanadi; b) yorqin melodik ifodaviyligi, shuningdek, ariya va ariozo o‘rtasida ulami orkestr mavzulari, umumiy vokal ovozlar va cholg‘ular bilan bog‘liqlik rishtalarida. Ularning bunday birlashuvi “kichik polifonik turkumni” eslatadi, uning birinchi qismi nisbatan erkin bo‘lib, ikkinchisi muqaddima vazifasini o‘tasa, so‘nggisi mavzu va shakl tuzilishi bo‘yicha birmuncha mukammaldir. “Matfey bo‘yicha iztiroblar”ning eng jozibali ariyasi - №47, “Er barme dich” (“Rahm qil, Tangrim!”). Bu butun asar - “tavba qilish”ning eng yuqori pallasi (ammo asosiy fojiaviy voqeliklar hali oldinda) bo‘lib, ariyadan avval Yevangelist Petrning voz kechishi haqida bayon qiladi, shu bois, ariya musiqasi qayg‘udan alam chekkan Petr nidosi sifatida qabul qilinadi. Alt ovozi skripkaning solo ovozi bilan omuhtaligida yangrab, vokal-cholg‘u duetni tashkil qiladi. Musiqasi qayg‘uli h-moll tonalligida, triolli-punktir usulida qadimgi sitsiliana raqsiga yaqin bo‘lib, lamento ohangining o‘ziga xos xonishlarida tuziladi.
Xor nomerlari ikki turga bo‘linadi: • Yevangeliya matniga asoslangan xorlar (turbe). • Baxning libretisti (Pikander) tomonidan yozilgan erkin she’riy vaznga asoslangan madrigal xorlari. Aksariyat xorlar birinchi turga kiradi. Ular asosan hajman zieh, dramatik va harakatchan, polifonik usullar bilan rivoj topadi. Bu yerda voqeliklar ishtirokchilari - Isoning shogirdlari, ilk taqvodor odamlar, qo‘riqchilar va ularning bevosita gaplari o‘rin oigan. Shunday qilib: turbe xorlari harakatni dramatik rivojlantirishga ko'maklashadi. Madrigal xorlari (jami uchta - №1, №35 va №78 - yakuniy) birinchi qismga yakun yasaydi. Ulaming har biri katta hajmi bilan e’tibomi tortadi. Qadimgi an’analarga sodiq holda, “Matfey bo‘yicha iztiroblar” Golgof tog‘iga yurish kabi dramatik harakat ko‘rsatishdan boshlanadi (№1 xor). Ikki xoming partiyasi turlicha talqin qilinadi: birinchi xor Isoni taqdiridan iztirobli ko‘z yosh to‘kkanlar bo‘lsa, ikkinchi x o r- “kim?”, “nima?” va “qayerga?” so‘zlari bilan ommaning voqeliklami kuzatib borayotganini havola etadi. Kechroq yana bir xor partiyasi qo'shiladi (ko‘pincha o‘g‘il bolalar xori). Mazkur xor “iztiroblar haftasi”da ijro etilgan edi. Bax tomonidan uni asarga kiritilishi ma’lum ramziy ma’noni o‘zida aks ettirgan. Yakunida xorlar birlashib, qayg‘u-alam va pushaymonli hissiyotlami gavdalaydi. Yakuniy xor “Tinch tushda osuda yotgin” Iso Payg‘ambar bilan oxirgi vidolashishi boiib, uni tobutga qo‘yish sahnasini namoyish qiladi. Uning musiqasi elegik-hayotbaxsh ohanglarda tarannum etiladi.

XULOSA
Iogann Sebastyan Baxning ijod siri nimada? Qanday kuch unga milliy va vaqt chegaralarini o‘tishga zamin yaratib berdi? Bu savolga javobni biz, I.S. Baxning murakkab musiqiy dunyosi, eng avvalo, uning chuqur hissiyotlar olami, ichki ruhiy holati, izlanishlari va intilishlari, qalb itoatlaridan kelib chiqqan holda, inson nozik qalbida sirlangan pinhon kechinmalarni o‘zining yorqin musiqiy iste’dodi kuchi, didi bilan yoritib bergani va bunga tinglovchilar qalbida shu zahoti axloqiy javob olishga qodirligida ko‘rishimiz mumkin. I.S. Bax juda kamtarona hayot kechirgan boisa-da, biroq turli musiqa jabhalarida qilgan ijodiy izlanishlari, kompozitor asarlarining son-sanog‘i, ijodiy faoliyatining jo ‘shqin va serjiloligidan dalolat bergan. Hamisha izlanishlar borasida tinib-tinchimagan ijodkor musiqiy kuch va iroda timsoliga aylandi. Shu bois, uning qudrati oldida Betxoven va Vagner, Shopen va List, Rimskiy-Korsakov va Taneyevlar ta’zim qilgan. Olamning turli burchaklarida, tarixiy bosqichlarida yashab ijod qilgan, xilma-xil maktab va musiqiy yo‘nalishlarning timsolini gavdalagan kompozitorlar I.S. Bax daholigi oldida ta'zim qiluvchi ittifoqqa birlashdi. Respublikamizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumiy o`rta ta'lim maktablarida, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini shakllantirish, rivojlantirish hamda to`g`ri yo`nalishda yo`naltirish muammosi yoshlarni ma’naviy jihatdan yetuk, fidoiy vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Muhtaram Prezidentimiz o`zining « Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch » asarida : « Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo`lmaydi »,- deb yozganlarida aynan mana shu haqiqatni nazarda tutganlar.Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat olib borayotgan musiqa rahbarlarining, musiqa o'qituvchilarining asosiy vazifasi - o'quvchilarni estetik, badiiy va axloqiy tarbiyalash, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirish orqali ularning shaxsini ma'naviy shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham musiqa tarbiyasi yosh avlodni uyg'unlikda kamol toptirishning muhim omili sifatida namoyon bo'ladi. Xususan, musiqa bilan shug'ullanish badiiy anglash faoliyati bo'lib, u bir qator omillarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlarining va musiqa o'qituvchilarining murakkab kasbi bir necha musiqa ixtisosliklarini o'z ichiga oladi, lekin ularning shunchaki yig'indisidan iborat emas. Musiqiy hamda pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviy o'qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay turib, bu soha o'qituvchisining qiyofasini tasavvur qilish qiyin. Musiqa tarbiyasi san'atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o'stiradi, aqliy kamolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni, o'quvchilardagi o'ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, zarur musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qiladi, shuningdek, bo'sh vaqt muammosini hal qilishda ham yordam beradi, deb o`ylayman. Maktab o`quvchilari musiqani tushunishi uchun musiqa tilining ma'naviy va shakl yasash xususiyatlarini bilishlari, muayyan darajada rivojlangan musiqiy (tovush balandligi, tembiri, musiqaning garmonik, dinamik xususiyatlarini anglash, lad va ritmni his qilish, musiqani eslab qolish) qobiliyatga musiqani idrok etish va ijro etish malakalariga ega bo'lishlari zarur. Albatta, musiqa tarbiyasi g'oyaviy e’tiqodni shakllantiradi, axloqiy jihatdan tarbiyalaydi, shaxsdagi qiziqishlarning psixologik maqsadi va yo'nalishlarini belgilaydi, ijtimoiy kayfiyatni vujudga keltiradi, tashkil etadi va birlashtiradi, ijtimoiy faollikni tarbiyalaydi. Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri bo`lgan “ommaviy madaniyat”ning yurtimizga aynan musiqa vositalaridan foydalangan holda kirib kelishi ham fikrimizning dalilidir. Musiqa tarbiyasini amalga oshirishda musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi eng muhim omillardan biri bo`lib xizmat qiladi. Bolalar musiqani to`g`ri idrok eta olmasalar hech qachon uni to`g`ri tushuna olmaydilar va natijada musiqa ular uchun shunchaki musiqiy tovushlar yig`indisiga aylanib qoladi. O`rta asrlardayoq Sharqning buyuk mutafakkirlari musiqiy psixologiyani, musiqaning qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’siri masalalarini o`rganishgan. Forobiyning “Musiqa haqida katta kitob” asari va boshqa asarlari, Ibn Sinoning “Kitob ash -shifo”, “Kiton an-najot”, “Donishnoma” kabi asarlarining musiqa haqidagi bo`limlari, Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqa” kitobi va boshqa shu kabi ilmiy asarlar musiqaning inson ongiga qanday ta’sir etishini mo`rganishga, musiqa idokini o`rganishga bag`ishlangan. Buyuk qomusiy olim, musiqiy cholg`ularning mohir ijrochisi bo`lgan Abu Nasr Forobiy o`z ijrosi bilan kishilarni quvontirish yoki qayg`uga solish, xursand qilish, hayratga solish va hatto uxlatib qo`yishning uddasidan chiqa olganligi haqidagi rivoyat va hikoyatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bu va boshqa shu kabi faktlardan musiqaning inson ongiga va tarbiyasiga, xarakterining shakllanishiga va hatto ijtimoiy ongning shakllanishiga ham qanchalik kuchli ta’sir o`tkaza olishi yaqqol ko`rinib turibdi.

Yüklə 293,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə