Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə12/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
qwertyui (3)

blond – оq; mulatto – qoracha; swarthy – bug’doyrang; florid qirmizi;bay -qizg’ish – malla; sorrel – zarg’aldoq.
Turli tillardagi ranglarni taqqoslash ingliz, oʼzbek madaniyatining umumiy va oʼziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Ushbu tillarning rang konnotatsiyasi baʼzan mos keladi, baʼzida esa farq qiladi. Oʼzbekcha soʼz birikmasida «qizil yuz» «chiroyli qiz» maʼnosini anglatadi, biroq ingliz tilidagi «red in the face» soʼz birikmasi «uyalmoq, xijolat boʼlmoq» maʼnosini ifodlaydi.
Oʼzbek tilida «oq koʼz» (soʼzma-soʼz oq koʼzlar) salbiy maʼnodagi kasal yoki sehrli koʼzlarni anglatadi. Ingliz tilida bunday soʼz birikmasi mavjud emas. Ingliz va oʼzbek tillarida ranglar qatnashgan soʼz birikmalarida milliy mentalitetning aks ettirilishini quyidagi misollarda koʼrish mumkin: ingliz tilida «black» – yomon black market (qora ish, noqonuniy ish); blackmailing someone (tovlamachilik bilan pul olish); black as ink (o’ta qora); black as devil (shayton kabi qora, qalbi qora); a black day (qora kun); a black spot (qora dog’).
Oʼzbek tilida «yomon» – qora koʼngil, qora mushuk oʼtdi, qora ish; qora kun, qora nonda oʼtirib; qora suyak, qora xalq.
Shunday qilib, rang ifodalovchi leksikasning qiyosiy-chogʼishtirma tadqiqi nafaqat lingvistik omillarni, balki rang anglatuvchi leksikaning rolini ham belgilaydi. Bularning barchasi: milliy psixologiya va ong xususiyatlari, xalqlarning urf-odatlari, madaniy anʼanalar, turmush tarzi, shuningdek, turli holatlar, obʼektiv haqiqat faktlari kabi bir qator ekstralingvistik omillar bilan bogʼliq. Turli tillarning leksik va frazeologik birliklarida asosiy rang nomlaridagi mushtaraklik ushbu ranglar olamni anglashning asosiy manbasi va muloqot qilishning muhim omili ekanligi bilan bogʼliq. Аgar biz bir-birimizni tushunishni istasak, buning uchun bizga qora, oq, qizil, sariq, yashil, koʼk soʼzlari ongimiz uchun asosiy rang nomlari sifatida yetarli boʼladi.
Аniqlangan natijalar ingliz va oʼzbek tillaridagi asosiy rang nomlarini chogʼishtirishni yanada takomillashtiradi. Bu holat ushbu leksik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari va ularning turli xalqlarga oid rangli manzaralarida rolini koʼrsatishga imkon beradi.
XX asrning 70-yillari o‘rtalarida xorij, XXI asrning boshlarida O‘zbekiston tilshunosligida paydo bo‘lgan kognitiv yondashuv yoki kognitiv paradigma tushunchasi bugungi kunda keng tarqalmoqda. Bilim strukturalariga mental talqinning muhim jihati sifatida qarovchi til kognitivdir. Zotan, u faoliyatning yuzaga chiqishiga xizmat qiladi. Til asosan diskursiv faoliyat doirasida nutq natijasi va anglanilish jarayonida o‘rganilishi bois diskursiv yoki kommunikativ deb nomlanadi. Diskursiv faoliyat inson bilimining til shaklida ob'ektlashuvi (og‘zakilashuvi) yoki aksincha, ularning til shaklidan chiqishini qamrab oladi.
Shunday qilib, kognitiv-diskursiv yondashuvlarda til insonning kognitiv qobiliyati, inson ongining elementi sifatida o‘rganiladi. Antroposentrizm prinsipi umuman hozirgi fandagi kabi kognitiv tilshunoslining bosh tamoiylaridan sanaladi. Bilim kategoriyasi kognitiv-diskursiv paradigmada markaziy kategoriyalardan biri sifatida tan olingan. Ushbu paradigmadagi bilimlar tushunchasi muayyan tartibli tizimga birlashgan ma'lumotlar to‘plamini anglatadi28. Masalan, N.N. Boldirevning ta'kidlashicha, til ikki turdagi bilimlar: olam va uning kategoriyalari haqidagi qomusiy (nolingvistik) va xos til bilimlari, til ma'nolari va kategoriyalarini saqlash hamda uzatish vositasi hisoblanadi29. Demak, til kognitiv-diskursiv paradigma doirasida inson miyasida olam haqidagi turli bilim strukturalari mavjudligini aks ettiradi, uning asosida esa konsept kabi mental ma'lumot birligi yotadi. Mazkur tadqiqotda R. Leneker, T. Klosner, U. Kroft, Ye.S. Kubryakov, H.H. Boldirev va boshqa tadqiqotchilardek konsept tushunchasi ostida mental talqin yoki strukturaviybilimning “kvant”i tushuniladi30. Ma'lumki, konseptlar konseptulizasiya natijasida shakllanadi, Ye.S. Kubryakova, H.H. Boldireva va boshqa olimlarning fikricha, inson idrok qilishining muhim jarayonlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insonga keladigan ma'lumotlarni anglash bilan ifodalanadi va inson miyasida (ruhi) konseptlar, konseptual strukturalar va barcha konseptual tizimlarning hosil bo‘lishiga olib keladi31.
Lingvokulturemalar qotib qolgan hosila emas. Inson ongida ularning tarkibi anglash natijasida olingan bilimlar hisobiga murakkablashib boradi, ya'ni g‘oyalar va mantiqiy belgilar bilan o‘sadi32. Lingvokulturemalarning dinamik tabiati, ularning o‘zaro munosabati va ta'siri ikkilamchi reprezentasiya nazariyasi doirasida o‘rganiladi. Ikkilamchi reprezentasiya asosida kognitiv jarayonni aks ettiruvchi konseptual derivasiya va mavjud bilimlar asosida insonning konseptual tizimida yangi bilimlar yuzaga kelishini ta'minlaydigan kognitiv jarayon yotadi. Konseptual derivasiya “inson konseptual tizimini tashkil etuvchi konseptlar qandaydir nomga ega bo‘lgandan so‘ng tilda keyinchalik ularning yangi til ma'nosiga ega, yangi konseptual tarkibga birlashishi uchun asos paydo bo‘lgan”ini taxmin qiladi»33.
Ma'lumki, inson ongida bilimning turli strukturalaridan tashqari muayyan kognitiv qobiliyat, ko‘nikma, shuningdek, bor bilim qurilishi harakati sxemasini aks ettiruvchi kognitiv mexanizmlar mavjud34. Hosila so‘zlar ma'nosi shakllanishiga olib keluvchi bunday harakat sxemasiga “istiqbol”, “birlashtirish”, “qurish”, “rivojlantirish”, “konseptual metafora” va “konsptual metonimiya” kabi kognitiv mexanizmlar kiradi. Kognitiv nuqtai nazardan, metonimiya nafaqat ijodiy, balki kundalik fikrlashning asosiy tavsiflaridan birini aks ettiradi. U ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan atrof olamni anglashning yana bir asosiy kognitiv vositasi sifatida o‘rganiladi35.
J. Lakoff va M. Jonsonlarning ta'kidlashicha, metonimiyaning lingvistik vazifasi bevosita referensiya bilan bog‘liq, ya'ni bir tub ma'no boshqasiga havola qilish uchun qo‘llaniladi. J. Lakoff metonimik modelni elementlar orasidagi bo‘shliqni to‘ldirish imkonini beruvchi konseptual struktura sifatida belgilaydi36.
Xullas, bo‘shliqni egallash munosabati quyidagi mahsuldor metonimik modellarda voqelanishi mumkin:

  • part-whole (all hands on deck); whole-part (to fill up the car); container-content (I'll have a glass); material-object (a glass, an iron); producer-product (buy a Ford); place-institution (talks between Washington and Moscow); cause-effect (his native tongue is German).

Yuqorida keltirilgan metonimik modellar odamning fikrlash va faoliyati bilan bog‘liq terminlarda ayrim umumiy metonimik kategoriyalarning yuzaga kelishini aks ettiradi. Shunga ko‘ra, aksariyat metonimik modellar J. Lakoffning ta'kidlashicha, individ narsalar modeli, ya'ni metonimik jihatdan shaxs uchun tipik model' hisoblanadi37. Metonimik ko‘chim yangi nomlar hosil qilishning barqaror mexanizmini aks ettiradi, shuning uchun metonimiya va metafora kabi yangi bilimlarga ega bo‘lishning samarali usuli hisoblanadi38.
Nutqda qo‘llanadigan rang belgilari olam ob'ekti va hodisalari diskursini aks ettirib, dolzarb denotat (referent)ga ega bo‘lishi mumkin. Tadqiqot davomida tadqiq qilinayotgan ikki tilda mos keluvchi denotat va referentli mavzuiy guruhlar aniqlandi («O‘lik tabiat», «Ovqat va sharbat»). Ayrim hollardagina ularning leksik tarkibi farq qiladi. Zero, bu jihat o‘rganilayotgan tillarda rang ifodalovchi so‘zlarning lingvomadaniy xususiyatlariga bog‘liq. «Ovqat va sharbat» denotat (referent) ingliz tilida cream, biscuit, chocolate, clare caramel, brandy, mushroom, toast; o’zbek tilida olcharang, qaymoqrang, bug’doyrang, sabzirang.
« O‘lik tabiat » denotat (referent) ingliz tilida emerald, ruby, sapphire, silver, gold, snowy, ashen, sky, sand, starlight, sunset; o’zbek tilida олтин, оловранг, кумуш, зумрад. Ushbu tasnif til va nutqning o‘zaro bog‘liqligi va bir-birini to‘ldirishini tasdiqlaydi. Rang tusini ifodalovchi birliklarning qo‘llanish jarayonida ma'no va fikrni to‘g‘ri izohlash uchun kognitiv, metonimik va propozisional modellar, shuningdek, “biriktirish”, “qurish” va “rivojlantirish” kabi kognitiv mexanizmlarga murojaat qilish zarur.
Semantik derivat hisoblanuvchi ranglar talqinini berishda konseptual ma'no faollashuvini qamrab olgan reproduktiv strategiyalar qo‘llaniladi. Bunday vaziyatda, mobodo, bu so‘zlarning konseptual ma'nosi kelib chiqmasa whole – part metonimik kognitiv model' hamda “biriktirish”, “qurish” va “rivojlantirish” kabi kognitiv mexanizmlar qo‘llanadi. Semantik derivatlarga quyidagi rang ifodalovchi taalluqli: ingliz tilida olive, jade, dove, henna, caramel, cocoa, apricot, cobalt, indigo, lake, wine, chocolate; o’zbek tilida zaytunrang, och yashil, xina rang, to’q qirmizi, kakao rang, shokolad rang.
Qimmatbaho toshlar asosida yasalgan sifatlarga oid konseptual mazmunning faollashishini aks ettiruvchi ayrim misollarga diqqat qaratamiz. Matnda shunga o‘xshash rang ifodalovchi qo‘llanishi aks ettirilgan yana bir misolga e'tibor qaratamiz: ingliz tilida ... Only when she lifted her head the radiance of her eyes could stun any man, for she had bright, emerald eyes, eyes that sparkled like twin stars... [http://www.mynydd-gwyn.org]; Mazkur misolda, ko‘z nurini yulduzlar yog‘dusiga qiyoslab (sparkled like twin stars, bright), muallif o‘quvchida ularning naqadar go‘zalligi haqida tasavvur tug‘dirishga harakat qilgan. Yasama emerald so’zining ma’nosini whole (qimmatbaho tosh – emerald) – part (colour) metonimik kognitiv model' belgilaydi. Lug‘at-maqola ushbu rang ifodalanishining quyidagi definisiyasini beradi: clear green colour of an emerald [http://lingvopro.abbyyonline.com]. Shu bilan birga, matn zumrad kabi qimmatbaho tosh xususiyatlari haqida bizda tushuncha hosil qiladi. «Qurish» mexanizmi yordamida, biz “luminous” – “nurli” , “striking” – “ajoyib”, “vivid” – ‘yorqin’, “sparkling” – ‘yaltiroq’, “shining” – ‘lovullagan’ хususiyatlarini bilib olamiz. «Biriktirish» mexanizmi yuqorida keltirilgan tavsif va zumrad rangi bilan bog‘liq baholarni birashtirish imkonini beradi: “vivid green”, “sparkling green”, “shining green”. Keyin “rivojlanish” mexanizmi ushbu rang belgisining ijobiy ma'nosi mavjudligini keltirib chiqarishga imkon beradi. Shunday qilib, emerald rang ifodalovchidan foydalanish, qahramonning betakror go‘zal ko‘zlari, ularning yorqinligi va porlashini ifodalash imkonini beradi.
Ingliz tilida suffiksal usulda hosil qilingan rang ifodalovchilar semantikasini shakllantirishda (inky – siyohrang, silvery – kumushrang, mousy – мышинный цвет, bluish – ko’kish, greenish – yashilroq, browny – коричневатый, grassy – maysarang, goldish – oltinrang) metonimik kognitiv model (whole – part), propozitsional model have quality (colour) belong to object, have some amount of quality (colour), have some amount of quality (colour) belong to object qatori shuningdek, “biriktirish”, “qurish” va “rivojlantirish” kognitiv mexanizmlari qo‘llanadi. Jonli va jonsiz tabiat ob'ektlari bilan kechayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar lisoniy konseptuallashishning ob'ekti bo‘lgan holda grey – kulrang sifatlari vaqtli semani voqelantirishi mumkin.
Jonsiz tabiat uchun rang-tus o‘zgarishi yil mavsumi, o‘sish (vegetasiya), chirish jarayoni, shuningdek, ob-havoning o‘zgarishi, bir sutkaga to‘g‘ri keladigan sikl bilan chambarchas bog‘liq. Insondagi o‘zgarishlar, yangiliklar, jism (organizm)ning qarishi, jismoniy va jo‘shqin holatning o‘zgarishi bilan aloqador. Universal kognitiv strategiyaning quyidagicha ekanligini ta'kidlash lozim: lisoniy ong, shuur yil siklida ko‘klam, yoz, kuz va qish, ya'ni tabiatda ko‘z ilg‘aydigan o‘zgarishlarni belgilaydi. Shuning uchun barg, yaproqlar rangining o‘zgarishi xodisaning metonimik ifodasi, ko‘rsatmasi tarzida qo‘llanishi mumkin. Mabodo muallif uchun yuz bergan o‘zgarishlarni emas, balki rangdagi nozik farqni aks ettirish muhim bo‘lsa, u taqdirda rangni idrok qilish emosional zexn, idrokka bog‘liq ravishda kelib chiqadi. Vaqt o‘tishi bilan yuz beradigan o‘zgarishga inson sochi rangining o‘zgarishi ham kiradi. Inson hayotida keksalik ayni o‘simliklar hayotida sodir bo‘ladigan mavsumiy o‘zgarishlar singari tasavvur qilinadi.
Rangning asosiy va farqli nomlaridan tashkil topgan rang ifodalanish semantikasi (indigo blue – ko'k-binafsharang, hunter green – to’q yashil, pitch black – to’q qora, lime green – лаймовый цвет, tomato red) metonimik model whole – part, propozitsional model quality (colour) be like / as object hamda “istiqbol”, “biriktirish” va “rivojlantirish” kognitiv mexanizmlari bilan belgilanadi.
Tarkibiy qismi antroponim yoki toponim hisoblangan rang ifodalovchilar semantikasi (Alice-blue, Pompadour-pink, Titian red, Goya red, ва бошқалар), (Oxford-blue, Eton-blue, Nile-green, Lincoln-green, Cambridge-blue, Copenhagen-blue, Paris-blue) propozitsional model colour associated with place, quality (colour) associated with place, colour associated with person ва quality (colour) associated with person hamda “biriktirish”, “qurish” va “rivojlantirish” kognitiv mexanizmlari bilan belgilanadi.
Ranglarni nomlash inson hayotining muhim elementi hisoblanadi va uning barcha faoliyat sohalarini qamrab oladi. Bu inson zehnining rangga intilishini tasdiqlaydi. Rang ifodalovchilar ijtimoiy ahamiyatga ega ma'lumotlarni belgilaydi, jamiyatdagi o‘zgarishlarga javob qaytaradi. Bu ranglarning sifatiy, doimiy tadrijiga yordam beradi, ularning yangi ma'nolar yoki mavjud modifikasiyalarini namoyon qilishga imkon yaratadi.
Rang ifodalovchi okkazional so‘z birikmalari semantikasini shakllantirish asosida (starry night – yorqin qora, plum wine – tim qizil, night sky, sun lake – sarg’ish ko’k, sland spirit, welcome spring, strawberry jam – qulupnayli murabbo rangli) kabi mexanizmlar yotadi.
Ko‘rsatilgan barcha rang yasovchilar ma'nodor bo‘lib, aniq baholashxarakteriga ega. Shunday qilib, ranglar ifodalanishi semantikasi asosida ierarxik jihatdan tashkil etilgan colour tushunchasi yotadi, chunki rang ma'nolarining ko‘lami ularning konseptual tavsifiga bog‘liq. Rang turlarini anglatuvchi so‘zlar semantikasini shakllantirish kognitiv modellar va mexanizmlar orqali ta'minlanadi.

Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə