Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə4/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
qwertyui (3)

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dunyo tilshunosligida tilning semantikasi, maʼlum tilda olamning lisoniy manzarasini shakllantirish vositalaridan biri sifatida rangni ifodalovchi leksikasning nominativ ahamiyati borasida muayyan tadqiqotlar olib borilgan. Biroq ranglarning turli til va madaniyatlarda nomlanishi, shuningdek, uning etnomadaniyat, olamning kontseptual manzarasi, mualliflarning alohida uslubida ularning roli va izohi muammolari hozirgi vaqtga qadar yetarlicha tadqiq etilmagan. Jumladan, olam lingvorangli manzarasining lingvistik mohiyati, bir-biriga bogʼliq boʼlmagan tillardagi materiallarda rang ifodalovchilarning struktur-semantik tipologiyasi va lingvomadaniy xususiyatlari, rang ifodalovchilarning ingliz, oʼzbek va rus tillaridagi materiallarda kontseptual maʼnosini bogʼlovchi kognitiv-diskursiv mexanizmlarni oʼrganish - tadqiqotchilarning eʼtiboridan chetda qolgan. Аntropotsentrik yondashuv doirasida mavzuning yangiligi va murakkabligi bois rang ifodalovchilarning kognitiv-kontseptual ahamiyati oʼrganilayotgan tillarda toʼla tadqiq etilmagan. Dissertatsiyada rang ifodalovchilarning aynan tuzilishi, semantik va lingvomadaniy xususiyatlari taqqosining lingvistik jihatlari tahlilga tortilgan.
Tadqiqot metodlar. Faktik materiallarni tadqiq qilishda: qiyosiy-chogʼishtirma, tavsifiy, komponent tahlil, kognitiv modellashtirish usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati Tadqiqot qiyosiy-chogʼishtirma tilshunoslikni kognitiv aspektda shakllantirishda yordam beradi, tadqiqot natijalari til tizimida rang ifodalovchi leksika maqomi haqida ilmiy-nazariy bilimlar bilan tilshunoslikni boyitadi, ingliz, oʼzbek tillarida oʼrganilayotgan leksika qatlamining milliy-madaniy belgilari, kognitiv asoslarini ochib beradi. Ishda qoʼllanilgan usullar qiyosiy-chogʼishtirma va kognitiv lingvistikani tadqiq qilish tamoyillarini yanada kengaytirishga yordam beradi. Dissertatsiyada keltirilgan nazariy xulosalar ingliz va oʼzbek tillari leksikasiga xos boshqa qatlamlarning funktsional-semantik va kognitiv xususiyatlarini yoritishda ilmiy asos sifatida xizmat koʼrsatishi mumkin.

Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə