Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Frazeologik birliklar va ularning tilga xos boshqa birliklardan farqi



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə7/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
qwertyui (3)

1.3. Frazeologik birliklar va ularning tilga xos boshqa birliklardan farqi
XX asr tilshunoslarining eng bahsli mavzularidan biri – bu frazeologik birikmalarning lug`atdagi o`rni va bu tilning chegaralari haqida munozaralar yuritishdan iborat edi. Britaniya va amerikalik olimlar frazeologik birikmalarni asosan tilshunoslikning bir muammosi sifatida qarashgan. Ular o`z e`tiborlarini frazeologik birikmalar va iboralar lug`atlarini tuzishga qaratishgan. Bunday qilishdan ko`zlangan maqsad tajriba o`tkazish bo`lgan xolos, ya`ni ular barchani ham mahalliy aholini, ham xorijliklarni so`zlashuvdagi iboralar kitobi bilan ta`minlashgan va xorijliklar va sof inglizlarning muhim farqli jihatlarini ko`rib chiqqanlar. Bu yondashish qisman didaktik, qisman stilistik bo`lgan. Masalaning bu tomoni kelajakda alohida maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borishga undaydi.12
Yana bir muhim, yechimini topmagan muammo klassifikatsiya muammosi edi. Batafsil guruhlashlar L.P.Smit va U.Ballarnning ingliz tilidagi iboralar kitobida berilgan. O`sha davrda mualliflarning o`zlari ham bu guruhlashlarni frazeologik birikmalar klassifikatsiyasi sifatida qabul qilinishini tasdiqlashmagan edi. Ular shunchaki turg`un birikmalarni to`plashgan, ularni tushuntirishgan, ularning qiziq jihatlarining ba`zilarini, ya`ni alliteratsiya, qofiya, tazod va shu kabilarni yoritishgan va ifodalilikni aniqlashtiruvchi mehanizmlarini talqin etishgan. Ular ingliz tilidagi frazeologik birikmalarning etimologiyasi va kelib chiqishiga ham qiziqib ko`rishgan va ularni dengiz hayotidan, qishloq xo`jaligidan, ovchilikdan, sport turlaridan va boshqalardan olingan so`z birikmalariga ko`ra tartibga solganlar.13
Frazeologik birliklar tilning boshqa birliklaridan farq qiluvchi, o’ziga xos ma’no va shaklga ega bo’lgan birikmalardir. Ular so’zlar va erkin birikmalardan farqli ravishda sintaktik jihatdan yaxlit, semantik jihatdan o’zgarmas hisoblanadi.14
Ingliz tilida Frazeologik birliklarni rus tilshunosi Kunin boshqa til birliklaridan quyidagicha farqlaydi:
• turg’unlik ikki yoki undan oriq leksimadan yasalishi;
• tilda tayyor holda saqlanib, nutqqa shundayligicha olib kirilishi
Frazeologik birliklar va erkin birikmalar tuzilishi jihatidan ham semantik jihatidan ham alohida alohida birliklardir. Frazeologik birliklar yaxlit holda yoki qisman ko’chma ma’noga ega so’z birikmasi yoki gap tuzilishiga ega birliklar hisoblanadi. Turg’unlik frazeologik birliklarga xos xususiyat hisoblanadi. Erkin birikmalar va so’zlar esa morfemalardan tashkil topgan bo’ladi. So’zlar va erkin birikmalar lug’aviy ma’noda ham ko’chma ma’noda ham qo’llanilish xususiyatiga ega bo’ladi, ammo frazeologik birliklar faqatgina ko’chma ma’noda qo’llaniladi.
So’zlar va frazeologik birliklar tilning turli xil sathlariga tegishli. Frazeologizmlar tilning frazeologik sathiga tegishli bo’lsa, so’zlar esa leksik sath birligiga tegishlidir. Bu ikkala sathning farq qiluvchi jihatlari bilan bir qatorda, umumiy bo’lgan ko’p ma’nololik, omonimlik va antonimlik xususiyatlari ham mavjud.
Frazeologik birliklarning yana bir o’ziga xos bo’lgan, boshqa til birliklaridan farq qiluvchi belgisi ham mavjud. Bu uning reproductivlik belgisidir. Chunki frazeologik birliklar nutq jarayonida yasalmasdan, nutqqa kirgunicha tilda yaxlitlanib, shakklanib bo’lgan, so’zlovchi va tinglovchiga tushunarli bo’ladi. Frazeologizmlar tarixiy jihatdan tayyor, turg’un va yaxlit xolda berilgan bo’ladi. Ammo u tilda birdan hosil bo’lmasdan, ko’p qo’llanilishi va barcha tomonidan tushunarli bo’lishi natijasida turg’unlashadi. Mana shu xususiyati bilan u tilning milliy va ma’daniy xususiyatlari bilan bir qatorda millatning tarixini ham o’zida mujassamlashtiradi.
Frazeologik birliklar nutqni yanada ta’sirchan va ifodali bolishiga xizmat qiladi. Ular faqat nutqni bezamasdan, boshqa til birliklari kabi yuqori informativ xususiyatga ega tilda nominativ va kommunikativ funksiya bajaruvchi birliklardir. Frazeologizmlar unversal til vositalari hisoblanib, ularsiz til mavjud emas.15
Ingliz tilida ham boshqa tillar singari tilning milliy-madaniy semantikasini o‘rganish muhim hamda qiziqarli hisoblanadi. Chunki ular avloddan avlodga tiln ing o‘ziga xos ichki tuzilmalarini, tabiat o‘ziga xosliklari, mamlakatning iqtisodi y hamda ijtimoiy tuzilishi, san’ati, urf-odatlari hamda tarixini ham o‘zida mujassamlashtira oladi. Ularda bolalar milliy o‘yinlari, pul birliklari to‘g‘risida, milly tabobat, ov hamda baliq ovi haqida, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida, insonning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi va turmush tarzi va ko‘plab boshqa milliy mentalitetga xos mavzular aks etgan bo’ladi.
Milliy-madaniy semantika tilshunoslikning barcha bo‘limlarida, morfologiyada ham sintaksisda ham hattoki fonetikda ham aks etgan bo‘ladi.
Faqat u millat madaniyatini bevosita aks ettira oladigan, yaxlit, so’zlashuv nutqida ko‘p qo‘llanadigan frazeologik birliklarda yorqinroq ifodalanadi.16
Zamonaviy ingliz tilida frazeologik birliklarning kelib chiqish man’balari turlichadir. Ularning kelib chiqishini ikki guruhga ajratish mumkin

  1. Tub ingliz frazeologik birliklarilari;

  2. Tashqi manba orqali boyigan ya’ni boshqa tillardan o’zlashgan

frazeologik birliklar;

Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə