Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna


Muammoning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Oʼsmirlarda stressli vaziyatlarni еngishning psixoprofilaktikasini bo’yicha adabiyotlar tahliliga qaratilgan boʼlib, unda U.Kennon, G.Sele, N.M.Sandomirskiy, V.A.Bodrov, A.T.Bek, G.L.Kaplan, N.L.Ferbarou, D.Nutt, Yu.V.Shcherbatix, K.V.Sudakov M.Kaplanova kabi g’arb psixologlarning mavzuga oid asarlarida muammoning amaliy echimlari xususida qimmatli mulohazalar keltirilgan.
Gʼ.Gʼoziev, E.Z.Usmanova, Z.M.Madalieva kabi respublikamiz psixologlari asarlarida ham mavzuga oid nazariy qarashlari umumlashtirilgan va stressni keltirib chiqaruvchi omillarga oid maʼlumotlar tizimlashtirilgan.
Stress inglizcha“stress” (zoʼriqish, bosim) degan soʼzdan olingan boʼlib, organizmning turlinoqulay omillarga noodatiy adaptatsion reaktsiyalari majmuidir. O’smirlarda stress esa, aynan ijtimoiy jarayonidagi jadal sharoiti tufayli yuzaga keladiganpsixologik zoʼriqish holatidir.
Stress termini fiziologiya, psixologiya, tibbiyot sohalarida juda ko’p qo’llaniladi va bu sohalarda «stress» termini odamning tashqi olamdagi turli favqulodda vaziyatlarga javob qaytarishi holatini ifodalashda qo’llaniladi. Kasbga yo’llashda, kadrlarni lavozimga tayinlashda, ta’lim jarayonida, individual yondashuvni ta’minlashda A va B guruhlariga xos xususiyatlarni inobatga olish zarur.5
Professor M.G.Davletshin o’smirlarda suitsidal xulqning kelib chiqish sabablari, yosh xususiyatlari va kattalar suitsidan farqi va o’ziga xosligi xaqidagi qimmatli fikr va muloxazalarini ilgari suradilar. Tanglik xolatlari o’smirlarda ijtimoiy psixologik moslashishning izdan chiqishiga sabab bo’lib, ruxiy jaroxatlanish xolatlarini keltirib chiqaradi. Ruxiy jaroxatlanish esa suitsidal xulqning kelib chiqishida eng asosiy sabablardan biri bo’lib hisoblanadi. Ruxiy tanglik xolatida suitsidal xulq – atvorga moyil o’smirlarda xam xuddi kattalar singari o’zining “Men” obraziga nisbatan bo’lgan munosabati izdan chiqib, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, natijada nizoli vaziyatga barxam berishning to’g'ri yo’li o’rniga noto’g'ri, qaltis va suitsid yo’lini tanlaydilar. Shuningdek, oilaviy munosabatlardagi turli xil nizolar va oilada bolalar tarbiyasida yo’l qo’yilgan nuqsonlar xam suitsidal xulq – atvorga moyil o’smirlarda suitsidal xulqning kelib chiqishiga ta'sir qiladi degan fikr professor tomonidan ilgari suriladi.
Ayrim olimlar esa stressni tasniflashning boshqacharoq usulini yaratganlar. Ulardan eng mashhuri M. Fridmanga tegishli bo’lib, u shaxslarni ikki: A hamda B guruhlarga ajratishni taklif qiladi. Bu guruhlarga mansub kishilar bir-birlaridan stressgamunosabatlari, stress vaqtida o’zini nazorat qila olishqobiliyatlari va xulq-atvorlariga ko’ra farqlanadilar. A guruhiga kiruvchi shaxslar arzimas sabablar bilan hamachchiqlanadilar, arzimagan vaziyatga ham faol javob qaytaradilar. Ular, ko’pincha, asabiy holatda yuradilar, muammoning qiyinlikdarajasini oshirib ko’rsatadilar, iloji boricha, ko’proq ishni kam vaqt ichida bajarishga harakat qiladilar, besabr, doimiy xavotirda yurib, kamdan-kam hollarda xotirjam bo’ladilar. Ular engilishiga qaramasdan, maqsadga erishishga intiladilar, jamoada dominantlik, tartiblilik va raqobatni qo’llab-quvvatlaydilar. Bunday shaxslarning nutqi tez va uziluvchan, faol jestlari bilan ajralib turadi, ular tez yuradi va tez ovqatlanadilar, nizolashishga moyil bo’ladilar. B guruhiga kiruvchilar A guruhdagilarning aksidir. Ular barqaror, harakatlari hisob-kitobli, o’ylab ish qiladigan, «etti o’lchab, bir kesadigan» kishilardir. Ular birinchilikka intilmaydilar, lekin ishlari ijobiy natija berishini bilsalar, boshqaruvni o’z qo’llariga oladilar. A guruhidagi shaxslardan boshqaruvchilar, B guruhdagilardan esa, ularga moslashuvchi shaxslar etishib chiqadi.
Stress, dastlab, fiziologik termin sifatida qo’llanilib, organizmning har qanday yoqimsiz ta’sirlarga nisbatan nomaxsusreaksiyasi («umumiy moslashish sindromi»)ni ifodalagan(G. Sele). Keyinroq bu so’z individning ekstremal vaziyatlardagi fiziologik, biokimyoviy, psixologik holatlari va xulq-atvorini tushuntirish uchun qo’llangan.
Zamonaviy adabiyotlarda «stress» termini uch xil ma’noni ifodalash uchun qo’llanilmoqda.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə