Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə8/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

CHarchash. Agar o‘smir haddan ziyod charchagan bo‘lsa, psixik agressiya psixik resurs imkoniyatlari cheklanganligi oqibatida shakllanadi.
O‘z-o‘zini negativ idrok etish. “Men yomon odamman. SHuning uchun o‘zimni shun day tutaman”. Tobora yomonlik hissi o‘smir uchun chuqur, ma’lum bir hatti-harakatni bajarishga psixofiziologik tayyorlik xolati - ustanovkaga aylanadi. Bu toifadagi o‘smirlarda arzimagan, yumshoq tanqid ham psixik og‘riqning shakllanishiga olib keladi.
Agar o‘smir insonlar bilan munosabatlarda salbiy tajribaga ega bo‘lsa, u ertaroq himoyalanishga intiladi. Ko‘p hollarda uning hayotiy tajribasida shunga o‘xshash holatlar uchragan, o‘zi uchun xavfli deb hisoblagan vaziyatdan himoyalanishga harakat qiladi.
O‘smirda ijtimoiy muhitdagi insonlar bilan yaqin emotsional munosabatlar o‘rnatilmaganligi, o‘zini himoyasiz hisoblashi xavotirlanish darajasining ortishiga olib keladi.
O‘smirlar agressiyasi muammosini o‘rganish bevosita ommaviy axborot vositalari, videofilmlar orqali berilayotgan ko‘rsatuvlar o‘ziga xos taqlid fenomeni sifatidagi ahamiyatini o‘rganishni talab qiladi.
Xulqiy agressiv holatlar o‘smirlarda yaqin emotsional munosabatlarga nisbatan ehtiyojlari frustratsiyasi oqibatda kelib chiqadi. Bu vaziyatda agressiya atrofdagilar unga bo‘ysunishi, uning istaklarini so‘zsiz bajarishi, ya’ni o‘zi istagan e’tibor va hokimiyatga erishishning nisbatan oson usuli bo‘lib ko‘rinadi. Albatta, o‘zini-o‘zi namoyon qila olmagan va frustratsiya holatida bo‘lgan barcha odam ham agressiv harakatlarni amalga oshiravermaydi. Bunda biologik omillar bilan bir qatorda turli ijtimoiy omillar, tarbiya va muhitning shaxs shakllanishidagi o‘rni, insonning turli destruktiv, salbiy psixologik-manipulyasion ta’sirlarga tushish xususiyatlarini ham inobatga olish zarur.
Agressiv xulqli o‘smirlar odatda quyidagi hislarga ega bo‘ladilar:
• ular atrofdagilardan dushmanlik munosabatlarini kutadilar;
• o‘zlarining dushmanlik holatlarini etarli darajada baholay olmaydilar;
• o‘zlarining muammolarida atrofdagilarni doimiy tarzda aybdor deb topadilar;
• muammoli vaziyatlarni hal etish usullari ularda chegaralangan;
• o‘zlarining hislarini so‘zlar bilan kamdan-kam hollarda ifodalaydilar, ko‘proq harakat qilishga intiladilar. Xavotirlanish holatlari darajasi ko‘p hollarda yuqori darajada bo‘ladi;
• o‘zlarining hatti-harakatlari oqibatlarini kam o‘ylaydilar;
• emotsiyalar intensivligi ortish xususiyatiga ega: xafa bo‘lish o‘rnini nafrat egallaydi;
• ularning empatik qobiliyatlari past bo‘lib, atrofdagilarning his-tuyg‘ulariga befarqdirlar;
• do‘stlikdan ko‘ra qasos va ustunlikni afzal ko‘radilar;
• o‘zaro kelishuvlar, murosaga kamdan-kam hollarda keladilar;
• ular raqibining kechinmalariga befarqdirlar; tengdoshlari tomonidan ularning munosabatlari noto‘g‘ri deb baholangan holatlar ularni qiziqtirmaydi;
• agressiv xulq ularning fikricha yaxshi natijalarga ega bo‘lishni ta’minlaydi, ya’ni ularga nisbatan agressiyani chegaralaydi, degan fikrga egalar.
O‘smirlik agressiyasini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash, ularning emotsional kechinmalari, hislarini tushunish, ular bilan olib boriladigan psixologik korreksiya imkoniyatlarini belgilash imkonini beradi.
O‘smirga nizoli vaziyatlarda boshqacha usullar bilan hal etish imkoniyatlarini tushuntirib bera olish zarur.
O‘smirlarda agressiya holatlari namoyon bo‘lganda psixologlar bilan maslahatlashish, ular bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy jarayonda o‘zlarining hatti-harakatlarini muvofiqlashtirishni talab qiladi. SHuni yodda tutish kerakki, agressiv xulq, avvalo, o‘smirlardagi salbiy emotsional holatlar ta’sirida shakllanadi. SHuning uchun kattalar, avvalo, o‘zlaridagi salbiy emotsional holatlarni boshqara olishlari zarur. Bu bilan o‘smirga insonning o‘zini-o‘zi boshqara olishi ko‘p hollarda ijtimoiy vaziyatni yaxshilashning eng maqbul usuli ekanligiga o‘rnak ko‘rsatadilar.
Bu borada agressiv xulq ko‘rinishlarining namoyon bo‘lishi holatlarida keskin vaziyatni yumshatish, o‘smirning shaxsiga hurmat bilan qarash talab etiladi. Bunday holatlarda umuman qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan holatlarni ta’kidlab o‘tamiz18:
- ovozni ko‘tarish, tahdid qilish;
- tazyiq o‘tkazish;
- noroziligini baqiriq bilan bildi- rish;
- agressiv yuz va tana harakatlaridan foydalanish;
- mazah, kalaka qilish;
- o‘smir shaxsiga yoki uning yaqinlari, do‘stlariga nisbatan salbiy fikr;
- jismoniy kuch ishlatish;
- nizoli vaziyatga begonalarni jalb qilish;
- o‘zining haqligini tinmay ta’kidlash;
- axloqiy mavzularda uzundan-uzoq suhbatlar o‘tkazish;
- jazolash yoki jazolash bilan qo‘rqitish;
- o‘smirni tengdoshlari bilan taqqoslash, uning boshqalarga nisbatan zaif jihatlarini ta’kidlash;
- o‘smirga bosim o‘tkazish;
- o‘z harakatlarini oqlash maqsadida mukofot va’da qilish.
Ayrim hollarda yuqorida keltirilgan holatlar qisqa muddatga o‘smir xulqini o‘zgartirishi mumkin. Lekin keyingi salbiy oqibatlari agressiv xulq ko‘rinishlariga ko‘ra kuchli bo‘lgan salbiy holatlar shakllanishga olib kelishi mumkin.
O‘zaro munosabatlardagi tushunmovchiliklarni agressiya vaziyatida emas, balki vaziyat yumshagandan so‘ng o‘zaro muhokama qilinishi tavsiya etiladi. Lekin bu borada muhokamani uzoq muddatga cho‘zish ham mumkin emas.
Begonalarning ishtiroki tavsiya etilmaydi. Suhbat ob’ektiv, kuchli emotsional holatlarga berilmagan tarzda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Suhbat jarayonida o‘smirning salbiy xulqi oqibatlarining nafaqat atrofdagilar, balki o‘zi uchun ham xavfli bo‘lgan jihatlarini atroflicha muhokama qilish zarur.
O‘smirlik davri xususiyatlari shundayki, o‘smir o‘zining nohaqligini tan olishga qiynaladi. Atrofdagilarning uning xulqini salbiy baholashi unga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun suhbat jarayoni nihoyatda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bunday vaziyatlarda psixologlar suhbatni o‘smir shaxsini psixologik shikastlanti rishdan saqlagan holda olib borilishi nihoyatda muhimligini uqtiradilar. Bu borada o‘smirning xatti-harakatlarini keskin salbiy baholash mumkin emas. Imkon qadar uning salbiy jihatlarini minimal tarzda ta’kidlab qo‘yish zarur (masalan, “Sen uni xafa qilmoqchi emasding. Sening niyatlarining boshqacha edi”). Suhbat jarayonida o‘smirni o‘z fikringizga albatta qo‘shilishini talab qilish mumkin emas, o‘smirga uning nuqtai nazarini aytishga imkon berish, o‘zaro kelishuvga kelish shartlarini hamkorlikda shakllantirish zarur.
O‘smirga jazo berishdan oldin “Uning xulqini o‘zgartirish kerakmi yoki keltirgan muammolari uchun jazolash kerakmi?” degan savolni qo‘yish zarur. O‘smir o‘zini nima uchun jazolanganligini tushunishi kerak. Unga nisbatan qo‘yilgan talablar aniq, xolis, lekin ko‘p bo‘lmasligi, muhimi, uning imkoniyatlari darajasida bo‘lishi zarur. Bu talablarga kattalar o‘zlari ham rioya qilishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ayrim hollarda o‘smir uni jazolashlari adolatsiz ekanligini ta’kidlab, e’tiroz bildirishi mumkin. Bunday holatda kattalar o‘zlarini idora eta olishlari, o‘z navbatida, o‘smirga nisbatan agressiya bildirmasliklari zarur. Jazolashning keskin bo‘lmagan holda, qat’iy, aniq ifodalanishi o‘smirga uni jazolashga haqli ekanligingizni anglatadi.
Nizoli vaziyat hal etilganda jazolanish ham tugaydi. Bundan keyin o‘smirga qilgan xatolarini ta’kidlash aslo mumkin emas. O‘smir agressiyasini bartaraf etishning eng maqbul usuli kattalarning o‘z-o‘zlarini boshqara olishlari, sabr-toqat bilan o‘smirga maqbul yo‘llarni ko‘rsata bilishlariga bog‘liq. Bunday holatlarda birgalikda biror-bir faoliyatni bajarish tavsiya etiladi.
Agar o‘smir xatti-harakatlari atrofdagilar hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirsa, u muayyan bir davr ichida o‘zgarishlarga moyillik bildirmasa, psixiatrga murojaat etish zarur. CHunki bu holatlarda bosh miyadagi o‘zgarishlar natijasida agressiya o‘zini-o‘zi nazorat qilishning yo‘qolishi sindromining oqibati sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, jamiyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
1.2. Oʼquvchilar ruhiy axvolining rivojlanishiga oid xorijiy tajriba tahlili

Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga xos yondashishga egadirlar.


Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan biri bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb “rekapitulyatsiya qonuni”ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi.
Olimning talqiniga binoan, go’daklik hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti bo’lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi.
8-12 yosh oralig’ida o’sish davri o’smiroldi yoshidan iborat bo’lib, yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho’qqisiga hamohangdir. O’spirinlik esa jinsiy еtilishidan (12-13) boshlanib, to еtuklik davri kirib kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib, u romantizmiga ekvivalentdir. S.Xolning talqiniga qaraganda, bu davrlar “bo’ron va tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (konflikt)dan iborat bo’lib kechishi davomida odamda “individuallik tuyg’u”si vujudga keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o’z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
E.Shpranger “O’spirinlik davri psixologiyasi” degan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshgacha kiritishni tavsiya qiladi.
Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o’zgarishlar E.Shpranger bo’yicha:
a) shaxsiy “Men”ni kashf qilish;
b) refleksiyaning o’sishi;
v) o’zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish;
g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bo’lishi;
d) o’z shaxsiy turmushini anglagan holda qurish ustanovkasi va boshva holatlar.
Uning fikricha, 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning mohiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg’usini tug’ilishidan iboratdir. 17-21 yoshlarning yana bir xususiyati-o’zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan “uzilish inqirozi” va tanholik tuyg’usining paydo bo’lishidir. Bu holatni tarixiy shartlanganlik shart-sharoitlar va omillar vujudga keltiradi.
E. Shpranger, K. Byuler, A. Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyondalari bo’lib hisoblanadilar. Sobiq sho’ro psixologiyasida rivojlanishi muammosi L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn,
A. N. Leontev, B. G. Ananev, L. I. Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan.
Sobiq sho’ro psixologiyasining yirik namoyondasi, L.S.Vigotskiyning shogirdi L.I.Bojovich shaxs shakllanishini muayyan davrlarga bo’lishda motivlarga asoslanadi, shuning uchun bu yondashuvni motivatsion deb yuritish mumkin.
L.I.Bojovich mulohazasiga binoan, shaxsning shakllanishi ushbu darajalardan iborat:
1. birinchi bosqich-chaqaloqlik-tug’ilgandan to 1 yoshgacha,
2. ikkinchi bosqich-motivatsion tasavvur - 1 yoshdan 3 yoshgacha,
3. uchinchi bosqich - “Men”ni anglash davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha,
4. to’rtinchi bosqich-ijtimoiy jonzod ekanligini anglash davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha,
5. beshinchi bosqich:
a) o’z-o’zini anglash davri - 12 yoshdan 14 yoshgacha,
b) o’z o’rnini belgilab olish (topish) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha.
Shaxsning o’zini-o’zi baholash u hammaning o’rtasida bildiradigan fikr ham, samimiy ravishda o’zi haqida nimani o’ylashi bilan ham belgilanmay, balki muntazam ravishda o’ziga nisbatan qanday harakat qilishi bilan belgilanadi.
Agar inson unga e’tiborsizlik qilishlariga o’ta hissiyotli bo’lsa, agar u zaifliklari namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlardan qochishga zo’r berib urinsa, uni ish qobilyatini yomonlashtiradigan darajagacha orzularga berilsa, uning o’ziga ishonmaslik xususida xulosa chiqarish mumkin. Va aksincha, hatto inson juda kamtar bo’lib tuyulsa-da, o’ziga o’zi ancha yuqori baho berishi to’g’risida hukm chiqarish imkonini beradigan mezonlar ham mavjud bo’lsa, u atrofdagilarni haqoratlamay, o’z nuqtai nazariga amal qiladi; agar boshqalar u bilan rozi bo’lmasalar unchalik xafsalasi pir bo’lmaydi; u muvaffaqiyatsizlikka uchraganda o’zini-o’zi oqlamaydi va umidsizlikka uchramaydi. U boshqa odamlarga hurmat bilan munosabatda bo’ladi va boshqalardan o’ziga nisbatan salbiy fikrni kutib o’tirmasdan va maqtovlarni rad etmay, qo’lidan kelganicha boshqalarga yordam berishga intiladilar.
Psixik holatlarni izchil o’rganish eramizdan 2-3 ming yil avval Hindistonda boshlangan edi. Qadimgi yunon faylasuflari ham psixik holatlar muammosi bilan shug’ullanib ko’rganlar. “Holat” tushunchasi falsafiy tushuncha sifatida Kant va Gegel ishlarida ham keltirilgan. Psixik holatlarni izchil o’rganish U. Djemsdan boshlanadi. U psixologiyani ong holatlarini tavsiflovchi va o’rganuvchi fan bo’lishi kerak degan g’oyani ilgari surgan. Ong holati sifatida u sezgi, xohish, emotsiya, bilish jarayonlari, fikrlar, qarorlar va niyatlarni tushunadi. Psixik holat tushunchasining keyingi rivojlanishi rus psixologiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq. Bu sohadagi eng birinchi ilmiy ish O. A. Chernikovaning 1937 yilda bosilib chiqqan maqolasi bo’lib, u sportchining startdan oldingi hissiy holatlarini o’rganishga bag’ishlangan edi. Shundan so’ng sport psixologiyasida psixik holatlar A. S. Puni, F. S. Yegorov, V. V. Vasilev, Ya.B. Lextman, K. M. Smirnov, V. F. Spiridonov, A. N. Krestovnikov va boshqalarning ishlarida o’rganildi. V. A. Ganzenning fikricha, 1964 yilda N. D. Levitovning “Odamning psixik holatlari haqida” nomli kitobi nashr etilishi bilan bu muammoni o’rganish tarixida yangi davr boshlandi. Shundan so’ng psixologiya psixik holatlar, xususiyatlar, jarayonlar haqidagi fanga aylandi. N. D. Levitovning fikricha, “psixik holat inson xulq-atvori va faoliyatining muayyan vaqt oralig’idagi yaxlit tavsifi sifatida aks ettirilayotgan predmet va hodisalarning ta’sirida vujudga keladigan shaxs xususiyati va holatidir”.
Keyinchalik bu muammo bilan B. G. Anan’ev, V. N. Myasishev, A. G. Kovalyov, K. K. Platonov, V. S. Merlin va boshqalar shug’ullanishgan.
A. O. Proxorov, B. G. Anan’ev, F. Ye. Vasilyuklarning fikricha, insonning turli hatti-harakati va faoliyati bir necha psixik holatlar fonida namoyon bo’ladi, faoliyatning muvaffaqiyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi.
A.O.Proxorov har qanday psixik holatning paydo bo’lishida ikkita bo’g’in borligini ta’kidlaydi.
Birinchidan, individning hayot faoliyatida namoyon bo’luvchi tashqi muhit sharoiti va individ psixik xususiyatlari muvozanati darajasini ifodalovchi vaziyat; muhitning o’zgarishi, vaziyatning o’zgarishi, psixik holatlardagi o’zgarishlarga olib keladi. Masalan, fikrlash faoliyatidagi muammoli vaziyat psixik zo’riqishni kuchaytirishi va bilish faoliyatidagi frustratsiyaga olib kelishi mumkin.
Ikkinchidan, individning shaxsga xos xususiyatlarini ifodalovchi sub’ektiv ichki sharoitlar (tajriba, ko’nikma, malaka, bilim) yig’indisi sifatida tashqi muhit ta’sirlarini vositali tarzda idrok qiladi. Har qanday “ichki sharoit” ning o’zgarishi o’z ortidan psixik holatlardagi o’zgarishlarni olib keladi.
Psixologiya bilan bir qatorda psixik holatlar muammosi bilan boshqa turdosh fanlar ham shug’ullana boshladi. I. P. Pavlov fikricha, “Bu holat biz uchun birlamchi haqiqat bo’lib, insoniyat taraqqiyotini ta’minlovchi kundalik hayotda bizni yo’naltirib turuvchidir”.
Fiziologiyada psixik holatlarni o’rganish bilan bog’liq yana bir tadqiqotlar P. S. Kupalov nomi bilan bog’liq. Uning fikricha, vaqtinchalik holat tashqi muhit ta’sirida shartsiz refleks mexanizmlari asosida ro’y beradi. V. I. Myasishev psixik holatni shaxs tarkibidagi tuzilmalardan biri sifatida jarayonlar, holatlar va munosabatlar bilan bir qatorga qo’yadi. B. F. Lomov fikricha esa, “Psixik jarayonlar, holatlar va xususiyatlar inson organizmidan tashqi holda mavjud bo’lmaydi. Ular inson miyasining vazifasi sifatida biologik taraqqiyot va insoniyat tarixi davomida rivojlanib kelgan. Shuning uchun psixika qonunlarini aniqlash, eng avvalo, inson miyasi, asab tizimi va butun organizmning ish faoliyatini o’rganishdan iborat bo’lishi kerak”.
Psixologik va biologik omillarning birligi psixik holatlarni baholashning ob’ektivligi tamoyiliga asoslanib, psixik holatlarni o’rganish ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: funksional va emotsional holatlarni o’rganish.
Psixik holatlarni tasniflashda har xil yondoshuvlar mavjud. Ularga ko’ra aqliy, emotsional, irodaviy faoliik va passivlik, stress, ko’tarilish, o’zini yo’qotib qo’yish, to’yinish, kutish, yolg’izlik va boshqalarni ajratish mumkin.Umumlashganlik darajasiga ko’ra holatlar umumiy, turga xos va individual bo’lishi mumkin. Masalan, holatlarlarning tavsificha ularning sub’ekt tomonining anglanganlik darajasiga bog’liq.
P. K. Anoxinning fikricha, mazkur xususiyatlar ichida eng muhimi insonning munosabatlaridir. Holat tarkibida inson ongi va o’z-o’zini anglash darajasini bildiradi. Ong xususiyati sifatidagi munosabat - borliqqa bo’lgan munosabatdir. O’z-o’zini anglash tavsifi sifatida - o’zini boshqarish, nazorat qilish, baholashdir.
Holatning tavsifi va parametrlari bilan bir qatorda uning funksiyasi (vazifalari)ni ham ko’rsatish mumkin. Ular ichida eng muhimi sifatida: a) boshqarish (regulyatsiya); b) alohida psixik holat va xususiyatlarni birlashtirish (integratsiya) vazifasini ko’rsatish mumkin.
V. I. Chirkov diagnostik maqsadlarda psixik holatlarga ta’sir etuvchi beshta omil borligini ko’rsatadi. Ular: kayfiyat, muvaffaqiyat ehtimolligini baholash, motivatsiya, tetiklik darajasi va ishga munosabat. Bu beshta omilni u uch guruhga birlashtiradi: motivatsion undovchi (kayfiyat va motivatsiya), hissiy baholovchi (muvaffaqiyat ehtimolligini baholash va ishga munosabat), faollashtiruvchi quvvatlantiruvchi (tetiklik, bardamlik darajasi).
O’zining dinamik tabiatiga ko’ra psixik holatlar jarayonlar va xususiyatlar o’rtasidagi oraliq o’rinni egallaydi. Ma’lumki, ba’zi psixik jarayonlar (diqqat) ayrim holda shaxsning holati sifatida ham qaraladi. Xususiyatlar mohiyatini tushuntirishda psixik holat tushunchasidan foydalanish xususida A. O. Proxorov shunday deydi: Xarakter xislatini tushunish uchun, eng avvalo, vaqtinchalik holatlarni tahlil qilish, tushunish kerak bo’ladi. Shundan keyingina uning xarakter tarkibidagi barqarorligi va mustahkamligi haqida fikr yuritish mumkin”. A. S. Puni esa “Psixik holatlar shaxs tavsiflarining nisbatan barqaror va muvozanatlashgan tizimi bo’lib, uning fonida psixik jarayonlar dinamikasi namoyon bo’ladi” degan fikrni ilgari suradi. A. G. Kovalyov fikricha esa: Psixik holatlar ko’p hollarda mazkur shaxs uchun tipik bo’lgan xususiyatga aylanadi va shaxsning psixologik xususiyatlarida o’z aksini topadi”. Psixik holatlar ko’p hollarda vaziyat yoki faoliyatga javob (reaksiya) sifatida namoyon bo’ladi, moslashuvchanlik tabiatiga ega bo’lib, insonning tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirini muvofiqlashtirib, o’zgarayotgan sharoitga moslashishni ta’minlaydi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə