Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə16/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Qiziqish - (emotsiya tarzida) - malaka va ko’nikmalarning rivojlanishiga, ta’lim olishga moyillik tug’diradigan bilimlarni egallashga yordam beradigan ijobiy hissiy xolatdir;
Quvonch - xali qondirilishi mumkin bo’lmagan yoki har xolda qondirilishi noaniq bo’lgan dolzarb ehtiyojning etarli darajada to’la qondirilgan bo’lishi mumkinligi bilan bog’liq ijobiy hissiy xolat;
Xayratlanish - to’satdan ro’y bergan xolatlardan hissiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan belgisi bo’lib, xayratlanish diqqat-e’tiborni o’ziga tortgan ob’ektga qaratilgan xolda barcha oldingi hissiyotlarni tormozlantirib, qiziqish tusini olishi mumkin;
Iztirob chekish - hozirga qadar qondirilishi ehtimoli ozmi-ko’pmi darajada mavjud deb tasavvur qilib kelingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi haqida aniq yoki shunday tuyulgan axborot olinishi bilan bog’liq salbiy hissiy xolat bo’lib, u ko’pincha hissiy zo’riqish (stress) shaklida boshdan kechiriladi. Iztirob chekish astenik hissiyotlar (kishini bo’shashtiradigan) tusida bo’ladi.
G’azablanish - odatda affekt tarzida kechadigan va sub’ekt uchun g’oyat muhim ehtiyojni qondirish borasida jiddiy tusiq paydo bo’lgani oqibatida kelib chiqadigan, ifodalanishiga ko’ra salbiy tarzdagi hissiy xolatdir. Iztirob chekishdan farqli o’laroq, g’azablanish stenik tusda bo’ladi (ya’ni, garchand, qisqa muddatli bo’lsa ham, hayotiy kuch-g’ayratlarni oshirib yuboradi).
Nafratlanish - ob’ektlar (narsalar, odamlar, xolatlar va boshqalar) ga yaqinlashish, qo’rquv, uyalish kabi hissiy xolatlarga ham alohida to’xtalib o’tadi;
Jirkanish - shaxslararo munosabatlarda ruy beradigan va sub’ektning hayotiy nuktai nazari, karashlari va xulk-atvoriga nomutanosibligi okibatida hosil buladigan salbiy hissiy holatdir;
Qo’rquv - sub’ekt uzining xotirjam hayot kechirishiga ziyon etishi mumkinligi hakida, unga real tarzda tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bulgan xavf-xatar hakidagi xabarni olishi bilan paydo buladigan salbiy hissiy holatdir. Qurkuv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda ham bulishi mumkin, yoxud hissiy zurikishlar tarzida, yoxud ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va xavotirlangan tarzda, yoxud affektiv holatga tushgan tarzda (dahshatli kurkuv hissiyotning eng sunggi turidir) kechishi mumkin;
Uyalish - uzining niyat maksadlari, hatti-harakatlari va tashki kiyofasi fakat tevarak -atrofidagilar tomonidan kutilganiga mos kelmaganligini emas, balki uziga loyik xulk-atvor va tashki kiyofa hakidagi shaxsiy tasavvurlarga ham mos kelmayotganligini anglab etishida ifodalangan salbiy holatdir.31
Stress inson organizmini bosim, kuchlanish, tanglik holatlarida haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan tanglik jarayonidir. U yuzaga kelishi va kechishi jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. U ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:

  • konstruktiv («biz» turidagi - ko’pchilik orasida), ya’ni jamoa yoki guruhda yuzaga kelgan biron bir voqea yo hodisaning ta’siri asosida yuzaga keladigan psixologik holat.

  • destruktiv («men» turidagi - yakka shaxs o’zi kechiradigan jarayon). Stessli holatni bevosita ishtirokchisi yo guvohi bo’lgan shaxsda kechadigan holat.

Stress holatini oddiy qilib insonlarda kechadigan tushkunlik holati deb aytish mumkin.32
Xozirgi kunda mutaxasislar stress xolatlarini kelib chiqishiga ijtimoiy muxitni ta’siri to’g’riisda o’zlarining fikrlarini bildirishmoqda. Keyingi paytlarda streslarni qo’yidagi turlari ko’p tilga olinmoqda:

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə