Toshkent viloyati qibray tumani 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi



Yüklə 47,31 Kb.
tarix23.01.2018
ölçüsü47,31 Kb.


TOSHKENT VILOYATI QIBRAY TUMANI

27-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI

MAVZU: BALIQLARNING ICHKI TUZILISHI





O’qituvchi: O.N.RAHMONOVA
Toshkent – 2016 y.

7A-sinf Zoologiya

MAVZU: BALIQLARNING ICHKI TUZILISHI

Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi:

O’quvchilarga baliqlarning ichki tuzilishini:

Hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, ayirish sistemalarini va moddalar almashinuvini tushintirish.
Tarbiyabiy maqsad:

Mavzularni o’rganish borasida ma’naviy barkamol mutaxassislarni tayyorlash o’z bilim darajasini kengaytirish va ekologik, giginik, axloqiy tarbiya berish.


Rivojlantiruvchi maqsad.

O’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish, o’quvchilarda mustaqil mulohazayurutishni rivojlantirish, o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.


Darsning jihozi:

Tirik baliq, uning ichki tuzilishi tasvirlangan ko’rgazma, tarqatma materiallar, kompyuter va proektor, baliqning ichki tuzilishi tasvirlangan mulyaj.


Darsda foydalaniladigan texnologiya:

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi (baliq skeleti, zinama-zina, konsepsual jadval), suhbat, nazariy va aqliy hujum.


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish.

  2. Davomatni aniqlash.

  3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

  1. O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarni bilimini test, tarqatma materiallar va aqliy hujum orqali aniqlash.

  2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

O’quvchilarni guruhlarga ajratish, hamda guruh a’zolari tomonidan belgilangan o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarishga erishish.


KAPALAKLAR ASALARILAR BALIQLAR

GURUHI GURUHI GURUHI


line 29line 31line 36
GURUHLARDA ISHLASH"


Маvzu yoritiladi


Kichik guruhlar shakillantiriladi
line 38

line 27


line 17line 26line 26line 26

1-guruhga topshiriq

2-guruhga topshiriq

3-guruhga topshiriq

line 19line 20line 19

Ko’rsatma berish va yo’naltirish

line 23


line 21line 22line 32line 34

1-guruh taqdimoti

2-guruh taqdimoti

3-guruh taqdimoti

line 23line 23line 23


line 24line 42

Muhokama, tahlil va baholash

Darsning mantiqiy tizimi va o’quv vaqti taqsimoti




Qisqacha mazmuni



Vaqti

1.

Tashkiliy qism

2 daq.

2.

O’quv faoliyati

3 daq.

3.

Tayanch bilimlarni aniqlash

7 daq.

4.

Yangi mavzuni tushintirish

20 daq.

5.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

8 daq.


6.

O’quvchi bilimlarini baholash, qo’yilgan ballarni sharhlash

3 daq.

7.

Uyga vazifa

2 daq.


KONSEPSUAL JADVAL

Baliqlar nomi

Yashash tarzi

Ozuqlanishi

Ko’payishi

Kattaligi

Zog’ora













Оlabug’a













Аkula













Skat













rectangle 12
Mavzu:

ZINAMA – ZINA” TEXNOLOGIYASI ELEMENTI


Baliqlarning tashqi tuzilishi

rectangle 3rectangle 3rectangle 3rectangle 3



Yangi mavzuni o’rganish.
Baliqlarning ichki tuzilishi
Hazm qilish sistemasi. Zog‘ora baliq suvda yashovchi mayda umurtqasiz hayvonlar, tuban suv o‘dari, yashil o‘simliklaming yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi. Hazm qilish sistemasi og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach va ichakdan iborat (1-rasm). Halqumda uch qator tishlar joylashgan. Tishlar yordamida maydalangan oziq kalta qizilo‘ngach orqali ichakka tushadi. Zog‘ora baliqning oshqozoni bo‘lmaydi, ichakning oldingi qismi oshqozon vazifasini bajaradi. Ichak bo‘shlig‘iga oshqozonosti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o‘t suyuqligi ajraladi. 04 suyuqligi o‘t pufagida to‘planadi. Hazm shirasi va suyuqligi ta’sirida hazm bo‘lgan moddalar ichak devori orqali qonga so‘riladi.

1-rasm. Baliqlarning hazm qilish va ayirish sistemasi: 1- jabra teshiklari; 2- suzgich pufak; 3 - halqum; 4 - til; 5 - qizilo'ngach; 6 - jigar; 7- o‘t pufagi; 8 - oshqozon; 9 - ichak; 10 - anal teshigi; 11- qovuq; 12 - buyrak.

Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og‘zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqarib turadi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg‘ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan (2- rasm). Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan o‘tayotgan suvdan kislorod jabra varaqlari kapillarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Kislorod kam bo‘lgan suvda baliq uzoq vaqt yashay olmaydi. Shuning uchun qahraton qishda muz tagiga kislorod o‘tmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli baliqlar ko‘plab halok bo‘ladi.



2-rasm. Baliqlar jabrasining tuzilishi va ishlashi:

1 - jabra qilchalari; 2 - jabra ravoqlari; 3 - jabra varaqlari; 4 - jabra qopqog‘i (strelka suvning yo‘nalishini ko'rsatadi).


Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillar qon tomirlaridan iborat. Yuragi ikki kamera: yurak qorinchasi va bo'lmasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari arteriyalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zog‘ora baliqning yuragi jabralardan orqaroqda joylashgan (3-rasm).

Baliqlarning qon aylanish sistemasi ham tutash bo‘ladi. Yurak bo‘lmasi va qorinchasining galma-gal qisqarishi tufayli qon yurak bo‘lmasidan qorinchasiga, undan esa - qorin aortasiga chiqariladi. Qon qorin aortasidan jabralarga olib boruvchi arteriyalarga o‘tadi. Jabralarda arteriyalar juda mayda kapillarlarga ajraladi. Kapillarlardagi qon karbonat angidridni suvga chiqarib, kislorod bilan boyiydi. Kislorod bilan boyigan qon arteriya qoni deyiladi. Bunday qon qip-qizil bo‘ladi. Arteriya qoni jabralardan chiqib, umurtqa pog‘onasi ostidan butun tana bo‘уlab o‘tadigan orqa aortaga keladi. Orqa aorta organlar yaqinida arteriyalarga, tana organlarida esa mayda kapillarlarga ajraladi. Kislorod va ichakdan so‘rilgan oziq moddalar kapillarlar devori orqali to'qimalarga, karbonat angidrid va moddalar almashinuvi mahsulotlari esa to‘qimalardan qonga o‘tadi. To'qimalarda qon karbonat angidrid bilan to‘yinib to‘q qizil rangli vena qoniga aylanadi va vena qon tomirlariga to‘planib, yurak bo‘lmasiga quyiladi.



3-rasm. Baliqlarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi:

1 - jabra kapillarlari; 2 - orqa aorta; 3 - qorin aorta; 4 - yurak;

5 - arteriyalar; 6 - organlardagi kapillarlar; 7 - yurak bo‘lmasi;

8 - yurak qorinchasi; 9 - yurak venasi.


Ayirish sistemasi. To‘qimalarda hosil bo‘ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qo‘ng‘ir-qizg‘ish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siydik ikkita siydik yo‘li orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi (1-rasmga qarang).
Uyga vazifa

  1. Baliqlarning ichki tuzilishini o’qish va o’rganish.

  2. 7-sinf zoologiya kitobidan 99-101 betlardagi 60, 62 rasmlarni chizish.

3. Mavzuga oid test savollari tuzish.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O.Mavlonov Zoologiya 7-sinf Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2014 208 b.



2. J.O.Tolipova, A.T.G’ofurov “Biologiya ta’limi texnologiyalari”.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə