Tuproqshunoslik va geografiya


Qisqacha tarixiy ma’lumot



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə14/26
tarix31.12.2021
ölçüsü2,08 Mb.
#82105
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Qisqacha tarixiy ma’lumot. Miloddan avval Zarafshon suvi Amudaryoga quyilgan, degan fikr bor. Zarafshonning quyi oqimida, akademik Ya.G’.G’ulomov boshchiligida, o’tgan asrning 50- yillarida o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar bu fikrni tasdiqlaydi. Ushbu arxeologik qazishmalar natijasida Zarafshon daryosining muzlik davridan so’ng, miloddan avvalgi IV ming yillikkacha, Amudaryoga quyilganligini ko’rsatuvchi izlar borligi aniqlandi. Biroq, qadimgi yunon manbalarida, masalan, Aleksandr Makedonskiyning tarixchisi Kvint Kurstiy Ruf, geograf Strabon (miloddan, avvalgi I asr), tarixchi Arrianlar (miloddan avvalgi II asr oxiri I asr boshlari) “Politimet (Zarafshon) sersuv bo’lishiga qaramay qumga singib ketadi” deb yozishgan.

Lekin, Hofizi Abru (1362-1431 yillar, asli ismi Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh al-Havofiy) o’zining “Zubdat at-Tavorix” (Tarixlar qaymog’i) asarida, yuqoridagilardan farqli ravishda, quyidagicha yozadi. “Obi Ko’hak (Zarafshon) suvi toshganda Amudaryoga etib boradi”. Demak, Zarafshon o’tmishda, ma’lum gidrometeorologik sharoitlarda, Amudaryoga quyilgan.





5- rasm. Zarafshon vodiysi
Zarafshon suvining Amudaryoga quyilishi bir necha bor takrorlanganligi ehtimoldan xoli emas. Masalan, bunday hodisa, yuqorida aytib o’tilganidek, oxirgi 100 yillikda eng ko’p suvli hisoblangan 1969 yilning to’linsuv davrida ham ro’y bergan. Shu yili Zarafshon suvi Amudaryogacha etib borgan.

Haqiqatdan ham uzoq o’tmishda Zarafshon Amudaryoning eng yirik o’ng irmoqlaridan biri bo’lgan. Biroq, Zarafshon vohasida qadimdan sug’orma dehqonchilikning bunyodga kelishi hamda uning tobora rivojlanib borishi va shu maqsadda daryo suvidan keng miqyosda foydalanishi natijasida u allaqachonlar Amudaryodan ajralib qolgan. Shu tufayli hozirgi kunda Zarafshon ham, unga qo’shni joylashgan Qashqadaryo ham Amudaryoga etib kelmaydi. Shu boisdan bu daryolarni mustaqil gidrografik ob’ektlar deb hisoblash mumkin.




Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə