Tuproqshunoslik va geografiya


I.BOB. ZARAFSHON DARYOSINING UMUMGEOGRAFIK TAVSIFI



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə4/26
tarix31.12.2021
ölçüsü2,08 Mb.
#82105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

I.BOB. ZARAFSHON DARYOSINING UMUMGEOGRAFIK TAVSIFI

1.1. Zarafshon daryosining nomlanish tarixi va gidrologik xususiyatlari

Ma’lumki, O’rta Osiyo daryolarining suv resurslari asosan tog’li hududlarda shakllanadi. Ana shunday suv ob’ektlaridan biri Zarafshon daryosidir. Zarafshon daryosi nomining kelib chiqishi, ya’ni etimologiyasi haqida O’zbekiston Milliy enstiklopediyasida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: “Zarafshon, forscha zar-oltin, afshon- sochuvchi ma’nosini bildiradi, Tojikiston va O’zbekistondagi daryo. Avesto yodgorliklarida “Daytiya” – “Ezgu suv” deb yuritilgan. Yunonlar hukmronligi davrida “Daytiya” so’zi yunonchaga aynan tarjima qilinib, Politimet - “Ko’p ezgu suv” deb atalgan. Daryoning Sug’d, Jirt, Jon, Somjan shaklidagi nomlari ham ma’lum. Arabcha manbalarda esa Haramkom –“Muqaddas daryo”, Vodiy us-Sug’d, Nahr ul-Buxoro kabi nomlari qayd etilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Obi Ko’hak deb tilga olingan. Keyinroq, Daryoyi Ko’hak, XVIII asrdan esa Zarafshon deb atala boshlangan.



1-chizma. Zarafshon daryosi nomining etimologiyasi

Zarafshon daryosi nomining etimologiyasi murakkab bo’lib, XVIII asrdan esa Zarafshon deb atala boshlangan.

Zarafshon daryosi ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilib, quyidagi asarlar bitilgan.

1 Гулямов Я. Г., Исламов У., Аскаров А., Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана, Т., 1966;

2. Шульц В. Л., Машрапов Р., Ўрта Осиё гидрографияси, Т., 1969;

3. Муҳаммаджонов А. Р., Қуйи Зарафшон водийсининг суg’орилиш тарихи, Т., 1972;

4. Чембарисов Э. И., Баҳриддинов Б. О., Ўрта Осиёнинг дарё ва зовур сувлари гидрохимияси, Т., 1983;

5. Ҳасанов Ҳ. Ҳ., Географик номлар сири, Т., 1985;

6. Расулов А. Р., Ҳикматов Ф. Ҳ., Ўзбекистоннинг сув ресурслари, уларни тежаш ва муҳофаза қилиш йўллари, Т., 1989.

7. Баратов П. Орография долины реки Зарафшон, в сб. «Вопросы изучения и использования природы и природных ресурсов Средней Азии и сопредельных стран», Т., 1970.

8. Баратов П. Природные ресурсы Зарафшанской долины и их использование, Т., Издательство «Фан», 1977. стр. 116.

Bugun O’zMU quruqlik gidrologiyasi kafedrasi hamda Samarqand davlat universiteti geograf olimlari tomonidan Zarafshon daryosi va uning xo’jalik taraqqiyotidagi ahamiyati keng o’rganilmoqda.

Zarafshon Turkiston, Zarafshon va Olay tog’ tizmalari birikkan joy — Mastchoh (Ko’ksuv) tog’ tugunidagi Zarafshon muzligidan Mastchoh daryosi nomi bilan boshlanadi. Boshlanish joyidan qariyb 189 km quyida, chapdan Fondaryo qo’shiladi va Zarafshon nomini oladi. Zarafshonga muzliklar va buloqlardan boshlanadigan 4200 ga yaqin irmoq quyiladi. Eng yiriklari — Fondaryo, Qo’shtutdaryo, Mag’iyondaryo.

Tojikiston hududiga qarashli yuqori oqimida Zarafshon Turkiston va Zarafshon tog’ tizmalari oralig’ida yon bag’irlari baland va tik ko’tarilgan, ko’pchilik joylarida dara va tangilardan iborat tor vodiyda juda tez oqadi. Daryo vodiysi yirik irmoqlar kelib qo’shiladigan joylardagina bir oz kengayadi. Zarafshon Rabotxoja to’g’oni yaqinida Tojikiston hududidan chiqib, O’zbekiston Respublikasi chegarasiga kiradi va Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan oqib o’tadi. Samarkand shahri yaqinida (sharqrokda), Cho’ponota tepaligi yonida Zarafshon ikki tarmoqqa — Okdaryo (o’ng) va Qoradaryo (chap)ga ajraladi. Ular Miyonkol orolini hosil kilib, Yangirabot shaharchasi yaqinida birlashadi va yana Zarafshon nomi bilan oqadi. Zarafshon suvining 70—75% qismi Qoradaryo tarmog’idan oqadi. Bu oraliqda atrofdagi tog’lardan ko’plab soy oqib tushadi, suvning ozligi va sug’orishga olinishi natijasida soylar Zarafshon va uning tarmoqlarigacha etib kelmay qurib qoladi.

1-rasm. X.Daminov Zarafshon sohilida



2-rasm. Zarafshon daryosi abadiy oqmoqda


3-rasm. X.Daminov “Zarafshon sohilidagi o’ylar.”

Navoiy shahri yaqinida, Boyqut va Toshrabot qishloqlari oralig’ida daryo vodiysi ancha torayadi. So’ng janubi-g’arbiy yo’nalishda oqib, Qizilqum cho’liga kirib boradi, Buxoro, so’ng Qorako’l vohalaridan oqib o’tadi. Mana shu qis-mida (Qorako’l sh.gacha) Qorako’ldaryo deb ham ataladi. Qorako’l shahridan 3 km yuqorida qurilgan to’g’on — suv taqsimlagichda Zarafshon suvi kanallarga bo’lib yuborilgan. To’g’ondan quyida daryo o’zani yana ikki tarmoqqa ajraladi: chapdagisi (kattarog’i) — Toyqir, o’ngdagisi esa Saribozor deb ataladi. Har ikki tarmoqning yuqori qismi sug’orish kanali sifatida xizmat qiladi. Sug’orishdan ortgan va qaytarma suvlar Toyqir o’zani orqali Dengizko’lga quyiladi. Saribozor tarmog’i ham Qorako’l vohasidan ancha narigacha davom etadi, lekin quyi oqimida o’zani ko’pincha quruq bo’ladi. Zarafshon Amudaryoga etib bormaydi.

Miloddan avval Zarafshon suvi Amudaryoga quyilgan degan fikr bor. Akademik Ya. G’. G’ulomov boshchiligida 20 asrning 50-yillarda shu hududda o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida daryoning muzlik davridan so’ng, miloddan avval 4-ming yillikkacha Amudaryoga quyilganligini ko’rsatuvchi izlar borligi aniklandi. Biroq yunon manbala-rida, masalan, Iskandar Maqduniy (Aleksandr)nnng tarixchisi Kvint Kurstiy Ruf, geograf Strabon (mil. av. 1-a.), tarixchi Arrian (mil. av. 2-a. oxiri— 1-a. boshi)lar «Politimet (Zarafshon) sersuv bo’lishiga qaramay, qumga singib ketadi» deb yozishgan. Lekin, Hofizi Abru (1362-1431) «Obi Ko’hak (Zarafshon) suvi toshganda Amudaryoga etib boradi» deydi. Demak, Zarafshon ma’lum davrlardagi tabiiy iqlim sharoitlarida Amudaryoga quyilgan.

Zarafshonning suv to’plash maydoni ancha baland joylashgan: Dupuli ko’prigidan yuqoridagi qismining o’rtacha balandligi 3100 m. Shu tufayli havzasida doimiy qor va muzliklar ko’plab uchraydi. Zarafshon havzasida maydoni 1 ga va undan katta bo’lgan 424 muzlik hisobga olingan, ularning umumiy maydoni 557 km2. Zarafshon muzlik, doimiy qor, mavsumiy qor qoplami va buloq suvlaridan to’yinadi. Zarafshon havzasining tog’li qismida 80 ga yaqin ko’l bor. Zarafshonda to’linsuv davri aprel—sentyabr oylarida kuzatiladi. Bu davrda daryo yillik oqimining 80—85% oqib o’tadi, oqimining qolgan qismi kuzgi-qishki (okt.—mart) kam suvli davrga to’g’ri keladi. Iyul—avg. oylarvda Zarafshonda suv eng ko’p bo’ladi.

Zarafshonning Dupuli ko’prigida o’lchangan o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 154 m3/ sek yoki 4,86 km3 (1914—21, 1923—89). Zarafshonning o’rtacha yillik suv sarfi yillararo kam o’zgaradi: Dupuli ko’prigida uning eng kichik o’rtacha yillik suv sarfi 112 m3/sek (1957), eng katta o’rtacha yillik suv sarfi 201 m3/sek (1973). Daryoning suv mikdori yil da-vomida katta oralikda o’zgarib tura-di: eng katta suv sarfi 1964 y. 31 may-da 996 m3/sek, eng kichik suv sarfi 1928 y. 31 yanv.da 24 m3/sek ga teng bo’lgan.

Zarafshonning o’rtacha ko’p yillik loyqa oqiziqlari sarfi Dupuli ko’prigi yaqinida 130 kg/sek yoki yiliga 4200 ming t ni tashkil etadi, suvining o’rta-cha loyqaligi 0,80 kg/m3; daryo havzasi-ning har bir km2 suv yigilish maydoni yuzasidan o’rta hisobida yiliga 412 t tuproq va b. tog jinslari yuvilib turadi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə