Tuproqshunoslik va geografiya


Zarafshon vodiysiga umumiy tavsif



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə6/26
tarix31.12.2021
ölçüsü2,08 Mb.
#82105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

1.2 . Zarafshon vodiysiga umumiy tavsif

Zarafshon vodiysi - O’rta Osiyoning markaziy qismida, Turkiston-Oqtov bilan Zarafshon tizmalari orasida joylashgan ko’ndalang vodiy.

Hozirgi davrga qadar Zarafshon vodiysi, shuningdek, Buxoro viloyati landshaftlari va ularning resurslarini o’rganish bo’yicha turli darajali izlanishlar olib borilgan. L.S.Berg (1913), R.I.Abolin (1929), N.L.Korjenevskiy (1960), V.M.Chetirkin (1960), T.V.Zvonkova (1962, 1965), P.G’ulomov (1966), M.Umarov, (1967), I.Q.Nazarov, (1971-2007), M.P.Petrov (1973), L.N.Babushkin, N.A.Kogay (1975), P.Barotov (1977), N.A.Kogay (1982), B.A.Fedorovich (1983), Yu.B.Rahmatov (1984), U.Nurov (1990), A.G.Babaev (1995), X.R.Toshov (2008-2017) kabi tadqiqotchilarning xizmatlari katta.

3arafshon vodiysining sharqiy tog’li qismi Tojikiston, g’arbiy tog’ etagi va tekislik qismi O’zbekiston hududida. Tektonik yo’l bilan vujudga kelgan. Hozirgi relefining shakllanishida Zarafshon daryosining doimiy va vaqtli irmoqlari hamda shamol muhim rol o’ynagan.

3arafshon vodiysi Zarafshon muzligidan (bal. 2775 m) boshlanib, g’arbda Sandiqli qumigacha (bal. 185 m) 781 km ga cho’zilgan. Vodiy shu masofada g’arbiy, jan.-g’arbiy yo’nalishda davom etadi va asta-sekin pasayib xamda kengayib boradi. 3arafshon vodiysi asosan, ustini to’rtlamchi davr allyuvial jinslari qoplagan uchlamchi davr cho’kindi jinslaridan tarkib topgan. Bu erda neogen davrigacha dengiz bo’lgan. Alp orogenezida vodiy quruqlikka aylangan. Zarafshon daryosi o’z o’zanini chuqurlashtirib, terrasa (ko’hna qayir)lar hosil qilgan.

3arafshon vodiysining sharqiy tog’li qismida 6 ta terrasa bor. Panjakent sh.gacha (300 km masofada) vodiy tor va chuqur, Turkiston va Zarafshon tizmalari undan tik ko’tarilib turadi. Zarafshon daryosi yuqori qismida muz xarakati bilan vujudga kelgan ancha keng (4—5 km) vodiy hosil kilgan. Kishtutsoyning Zarafshonga quyiladigan erida vodiy juda tor, tog’ yon bag’ri daryo qirg’og’idan tik ko’taril-gan. Quyi qismida vodiy kengayib, O’zbekiston hududiga o’tgach, kengligi ayrim joylarda 60—70 km ga (Buxoro vohasida) etadi.

O’zbekiston hududida 3arafshon vodiysining uzunligi qariyb 480 km bo’lib, bu qismida Samarkand, Buxoro, Qorako’l vohalari joylashgan.

Samarkand vohasi Samarkand botig’ida joylashgan, shim.dan G’ubdin-tog’—Oqtog’— Qoratog’, jan.dan Qorate-pa—Zirabuloq—Ziyovuddin kabi uncha baland bo’lmagan tog’lar bilan o’ralgan. Vodiy bu vohada ancha (50 km gacha) keng. Navoiy sh.dan o’tgach, vodiy yana toraya-di.

Qiziltepa va Oftobachi qirlari bir-biriga juda yaqinlashib, Hazar yo’lagini (kengligi 8—10 km) hosil kiladi. Vohaning er yuzasi tekis; uni Zarafshon daryosi va vaqtincha oqar soy-lar kesib parchalagan, ba’zi erlarida jarlar hosil qilgan.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə