Turarjoy kvartallari va mikrorayonlarning vertikal rejasi



Yüklə 273 Kb.
səhifə1/2
tarix08.05.2023
ölçüsü273 Kb.
#108975
  1   2
Turarjoy kvartallari va mikrorayonlarning vertikal rejasi



Mavzu: Shahar hududini funksional zonalari va alohida qismlarining vertikal rejalari.

Turarjoy kvartallari va mikrorayonlarning vertikal rejasi


Turarjoy kvartallari va mikrorayonlarning vertikal rejasi masalalari quyidagilardan iborat:

  • bino va inshootlarni joylashtirishga qulay bo’lgan, joylashishi, vazifasi va kompozitsion yechimini hisobga olgan holda relefni tashkil etish va maydonlarni yaratish;

  • transport va piyodalarning havfsiz harakatlanishini ta’minlovchi ichki qatnov qismlarini, piyodalar o’tish joylari va maydonlarni zaruriy ko’ndalang va bo’ylama nishabliklar bilan ta’minlash;

  • mikrorayon yoki kvratal hududidan eng qisqa yo’llar orqali, tashqi suvlarni qisqa vaqtlarda to’liq qochirishni ta’minlash;

  • kvartalda vertikal rejalash natijasida hamda bino va inshootlar, yer osti muxandislik tarmoqlari va yo’laklarni qurishda ortib qolgan to’proqni hudud bo’ylab maqsadli joylashtirish.

Kvartallar va mikrorayonlarni vertikal rejalashtirish uchun dastlabki materiallar sifatida, relefi har 0,10—0,25—0,50 m da kvartal yoki mikrorayon qizil chiziqlari bo’yicha loyihaviy belgilar qabul qilinadi.
Kvartal yoki mirorayonni vertikal rejalashtirishning asosiy shartlaridan biri, hududni qurish va obodonlashtirish talablariga mos ravishda tabiiy rele’efni mumkin qadar saqlash hisoblanadi. Bu shartga amal qilish, ko’kalamzorlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan yer sirtining madaniy qatlamini saqlashga imkon yaratadi. Bundan tashqari, iqtisodiy nuqtai nazardan yer ishlarini eng miqdorda bajarish, yer balansini saqlashga olib keladi.
Sathi ko’tarilgan maydonlarda tashqi suvni qochirish va bu maydonlarni quritish ishlari oson kechadi. Ko’kalamzorlashtirilgan maydonlarda yer sathini sun’iy ko’tarish va bu maydonlarni zaruriy nishabliklar bilan ta’minlash tashqi suvlarni qochirishda qul keladi.
Sun’iy ravishda yaratilgan relef mikrorayonning yashil hududlari landshaftini rejalashtirishga yordam beradi.
Kvartallar va mikrorayonlarni vertikal rejalashtirish loyihaviy (qizil) gorizontallar usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul o’zaro balandlik belgilari bo’yicha uzviy bog‘langan juda ko’p qurilish va obodonchilik elementlarini (ichki qatnov qismlari va bort toshlari, binoga kirish joylarining belgilari, tashqi suvlarni qochirish ariqlari, turli ahamiyatga ega bo’lgan kichik maydonlar va h.k.) vertikal rejalashda qulaydir. Bu elementlarning balandlik vaziyatlari bo’yicha o’zaro uyg‘unlashuvi kvartal yoki mikrorayonning mikrorelefini tashkil etadi.
Binolarni joylashtirishda va qatnov qismlarini o’tkazishda kvartal va mikrorayonlarni erkin rejalashtirish vertikal rejalash ishlarini osonlashtiradi.
Shunday qilib, qurilishni erkin rejalashtirishda verti­kal rejalashtirish ma’lum bir joylar uchun amalga oshiriladi, ya’ni binolar quriladigan maydonlarda, sport va boshqa turdagi maydonlarda, qatnov qismlari va avtomobillarga ajratilgan maydonlarda.
Rejalashtirilayotgan maydonda yer sirtining loyihaviy relefini yaratish bo’yicha vertikal loyihalashning bir nechta turlari mavjud bo’lib, ulardan eng ko’p qullaniladigan turi, bu konvertsimon, ya’ni suvni to’rt tomonga oqizishdir. Bundan tashqari, ikki tomonlama va bir tomonlama suv qochirish turlari mavjud.
151 150 149
150,65 i=0.005 →

Yüklə 273 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə