Turfa zakovatlar



Yüklə 170,17 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.05.2023
ölçüsü170,17 Kb.
#111696
1-laboratoriya(2)



Mavzu: Gardnerning “turfa zakovatlar” nazariyasi asosida turli 
dunyoqarash va qobiliyatga ega bo‘lgan o‘quvchilarni darsga jalb qilish 
(O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani misolida) 
Reja: 
1.Gardnerning “turfa zakovatlar” nazariyasi. 
2. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani tahlili. 
O`zbekiston 
xalq yozuvchisi 
O`tkir Hoshimovning
"
Ikki eshik orasi

romani adibning eng salmoqli asarlaridan biri hisoblanadi. Romanda o`zbek 
xalqining fazilatlari - jumardligi, har qanday vaziyatda ham imonini yo`qotmasligi, 
mehridaryoligi, teran tuyg`ular, yorqin bo`yoqlarda tasvirlangan.Asarda adib qariyb 
qirq yillik davrni o`z ichiga olgan bir qancha murakkab taqdirlar misolida o`zbek 
xalqining urush davridagi hayoti, umr yo`lidagi chigalliklarni mahorat bilan 
qalamga olgan. Asarda zamonning tuganmas azob toshlariga uchragan, insoniy 
qadr-qimmatini yo`qotmagan insonlar, o`z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog`lagan 
xalq qismati tasvirlangan. Asarni o`qigan kitobxon ijodkorning o`sha davr ruhini 
asarda to`liq mujassam ettira olganligiga guvoh bo`ladi.
1
Chunki badiiy asar millat sajiyasining ikkilamchi ko‘rinishi bo‘lib xarakter 
to‘laqonligini belgilaydigan hamda estetik mohiyatini yuzaga chiqaradigan tayanch 
nuqta hisoblanadi. Zero, muallif ijodiy niyatiga bo‘ysundirilgan qadriyatlarning 
ijtimoiy-falsafiy va madaniy-ma’rifiy sajiyasi hayotni poetik tadqiq etish ijodiy 
taomillarini belgilaydi. Ayni paytda milliy qadriyatlar barqarorligi hamda unga 
munosabat ijtimoiy tafakkur takomiliga ta’sir o‘tkazadi. Adib ijodida aks etgan 
milliy ma’naviyat ifodasi belgilari, bir tomondan ifoda shaklining hayotiyligini 
ta’minlasa, ikkinchi tomondan, ijodkor uslubi va estetik ideal munosabatini 
sintezlashtiradi. Aynan ilg‘or milliy dastur va an’analar xalq ruhiy hayotining 
parallel chiziqlari ekanligini hisobga olsak, adabiyotning gumanistik mohiyati 
yanada to‘laroq in’ ikos etadi. Shuningdek, obrazli ifodadagi diffuziya reallikni 
anglash hamda anglatish miqyoslarini sharhlaydi. Faktografik belgilar davomli 
izlanishlar natijasi o‘laroq mustaqil ma’no taraqqiyotidan uzilib ijodiy munosabat 
yaxlitligi hamda o‘ziga xosligini ta’minlashga yordam beradi. Xususan, 
O‘.Hoshimov asarlarida o‘zlikni anglash, milliy mushohada tarzini suvratlash, unga 
g‘oyaviy-badiiy niyatni singdirish tonal ifodani shakllantiradi: 
«Arava ichiga qalin qilib to‘shalgan ko‘rpachada paranji yopinib 
o‘tiribman. 
Bir tomonda oyim
, bir tomonimda Fotima kelin. Xotinlar to‘xtovsiz yor-
yor aytadi: 
Tog‘da toychoq kishnaydi, ot bo‘ldim, deb yor-yor, 


Uyda kelin yig‘ laydi, yot bo‘ ldim, deb yor-yor..» 
Asarda to‘y marosimi bilan bog‘ liq tafsilotlarga keng o‘rin ajratilgan. Asrlar 
davomida shakllangan milliy an’ana uch qahramon tomonidan izohlanadi. 
Bolakayning sodda, jozibali talqini, Robiyaning ruhiy tahlil teranligi 
saqlangan bayoni va Qora ammaning to‘y tashvishlariga yo‘naltirilgan kechinmalari 
marosimni turfa nuqtalardan yoritish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida xarakter 
qirralarini oydinlashtirish, milliy urf-odatlarning xalq hayotidagi salmog‘ ini 
kuzatishga yordam beradi. Nutqiy faoliyat vositasida kitobxon Muzaffarning 
bolalarcha soddaligi va tiniq samimiyati, Robiyaning ruhiy barkamolligi, Qora 
ammaga xos mehr-oqibat rishtalari bilan tanishadi. Bir tafsilotning uch talqini asar 
syujetini bog‘ lab turuvchi chiziq tarzida aniq tasavvurlar uyg‘otadi. Bu tasavvur 
xalq hayotining umumiy qonuniyatlarini ifodalab, insonlararo tipik manzaralar 
xarakter takomilidagi o‘sish-o‘zgarishlar hajmini uyg‘unlashtiradi. Bu mushtaraklik 
o‘z navbatida ham ijodkorning ijodiy tamoyillarini, ham ijtimoiylik belgilarini 
mujassam etgan. O‘z-o‘zidan ayonki, adib asarlarida milliy qadriyatlar va xalq 
ruhiyati xarakter tabiatini belgilaydi. 
Aynan qahramonlar tafakkuri va faoliyatida ma’naviyat hamda e’tiqod ta’siri 
goh epik unsurlar, goh lirizm zalvori vositasida oydinlashadi. Kichkinagina to‘y 
detali bir necha obrazlar hayotini o‘zgartirib yuboradi. Binobarin, marosim 
Robiyaning orzu-istaklari, samimiy muhabbatini chegaralaydi. To‘g‘rirog‘i, hayotiy 
zaruriyat uni o‘z izmiga bo‘ysundiradi. Tabiiy ehtiyoj (Muzaffar qismati) Qora 
ammaga ham kuchli ruhiy zarba beradi. Negaki, Robiyaning Shomurodga uzatilishi 
Kimsan uchun ochilgan aza bilan barobar edi. Zahmatkash ona qalbida doimiy va 
davomiy ravishda umid, ilinj hamda ishonch tuyg‘usi yashashini e’tiborga olsak, 
psixologik kolliziyalarning tasvir markaziga ko‘tarilgani ayonlashadi. 
Ma’lumki, milliy urf-odatlar va an’analar 
xalq tiynati kabi soddaligi

qabariqligi, yorqinligi va ustuvorligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan ham 
mentalitetga xos atributlar tinglovchi ongiga tez etib boradi. Bu xususiyat, bir 
tomondan, tushuncha, tasavvur hamda tafsilotlarning qayta-qayta ishlanganligi 
sayqal topganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan motivizatsiya zamirida 
qayta hayotiy tajribalar, falsafiy umumlashmalar vositasida izohlanadi. Demak, 
O‘.Hoshimov o‘z ijodida sharqona mifo-poetik qarashlardan foydalanar ekan, 
birinchi navbatda, aqidaning umuminsoniy mohiyatiga e’tiborni qaratadi. 
Asarda fojiaviy Onalar obrazidan biri, shubhasiz, Bashoratdir. “Dunyoning 
ishlari” va “Ikki eshik orasi” asarlarida erkakshoda ayollarning bir nechtasi ishtirok 


etadi. Jumladan, Zebi, Bashorat, Parcha obrazlari bo‘lib, ular ko‘p jihatdan bir biriga 
o‘xshash. Adib ijtimoiy davr talabi tufayli erkak singari ishlashga majbur bo’lgan 
fojiaviy ayollar qismatini ochadi. Zebi, Bashorat, Robiya, 
Zuhralar traktor minib

kechani kecha, kunduzni kunduz demay dalalarda tinim bilmaydi. Nozik yelkalarga 
ulkan mas’uliyat oladi, natijada Bashorat shaxsiy hayotida juda ko’p yo’qotishlar 
qiladi. Fojiaviy taqdirlar Bashorat shaxsiy hayotida juda ko’p yo’qotishlar qiladi. 
Fojiaviy taqdirlar roman sahifalari bo’ylab kengayib, bo’rtib boradi. “Ikki eshik 
orasi” romani keng planli, keng tarmoqli, ko’povozli polifonik asar hisoblanadi. 
- Mening xo‘jayinim «Kobra»mas, shu! - Safar aka qovog‘ini uyib menga imo 
qildi. Xo‘rsinib qo‘ydi. Bir nima esiga tushdi shekilli, yana qo‘lini paxsa qildi. - 
Oltita bolam eyman, ichaman deb turibdi. To‘rttasi maktabga boradi. Onangni 
emgurni bolalariga bittadan papka oberishgayam yetmaydi-ku, bu qizitaloq! - u jahl 
bilan kissasiga shapatiladi. - U yog‘ini so‘rasang, kichik qayinsinglim boshqa vaqt 
qurib qolgandek tug‘ib berdi yaqinda! Uni beshik to‘yisiyam meni gardanimda! 
Qaysi biriga yetkazay! 
- Obbo! Ja, olasan-da, senam. Xotin kishi erga tekkanidan keyin tug‘adi-da. 
Sendan so‘rab o‘tirarmidi, - Ikrom aka do‘stining elkasiga shapatiladi. - Qo‘y endi, 
tudovoy-sudovoy gaplarni. Kalta-ko‘toh plitani yamab qo‘ysak, Xudo ko‘rsatmasin, 
ertaga bir bechorani bosib qolsa, xursand bo‘larmiding? 
- Bosmaydi! - Safar aka asabiylik bilan yelkasidan Ikrom akaning qo‘lini 
siltab tashladi. - Shu kungacha bosib qolganini eshitganim yo'q. o‘zim béton quyib, 
yamab tashlardim...o‘lganimning kunidan iljaydim. 
- Béton quygan bilan ish bitmaydi. Safar aka, axir shu uydayam siz bilan 
menga o‘xshagan odamlar... 
- E, bor-e! - u shiddat bilan burildi. - Har kuni o‘n martadan qulog‘ingni qoqib 
qoiingga beradigan xotining bo‘lmasa, yo‘lingga termulib turgan bolalaring 
bo‘lmasa, gapni kim qo‘yibdi senga! 
- Hoy xuvori, - Ikrom aka lapanglab ketayotgan o‘rtog‘ining ketidan yugurdi. 
Besh-olti qadam narida yetib olib, yana yelkasiga qo‘l 
tashlagan edi
, Safar aka tag‘in 
siltab yubordi. Ikrom aka qaytib keldi. 
- Ko‘nglingga olma, ukam, - dedi xijolatdan iljayib. - Safarni endi 
ko‘rayotganing yo‘q-ku. Hozir tudovoy-sudovoy deydi-da, birpasdan keyin esidan 
chiqadi... U yog‘ini so‘rasang, mendayam beshtasi bor. 


Ko‘rgansan-ku. Hammasi churvaqa.
2
Ushbu parchada Muzaffarning ish jamoasida yuz bergan odatiy holatlardan 
biri. Ishchilardan birining ya’ni Safar akaning maoshi kam chiqqanidan jahli chiqib, 
alamini Muzaffardan olmoqchi bo‘ladi. Chunki u jamoaga ish boshqaruvchi edi-da. 
Nobop plitalarni ishlatishga ruxsat bermaganligi uchun ish kechikkan va ishchilar 
bekor qolib ketgandi. 
Shu sababdan maosh ham ko‘ngildagidek chiqmagan. Yana bir hamkasbi 
Ikrom aka Muzaffarni yupatmoqchi bo‘ldi-yu, ammo uning ham dardi ichida. Besh 
nafar farzandi bor. Qolaversa, ro’zg’or deganlaridek… 
Muzaffar esa har doimgidek ishga sidqidildan yondashganligi, ne-ne begunoh 
insonlar hayoti xavfsizligini o’ylagani uchun uni turtkilashyapti. Axir, u bechora 
nima qilsin!.. Maoshni orqasidan mas‘uliyatsizlikka yo‘l qo‘ya olmasa. 
Asarda O‘tkir Hoshimov qahramonlar xarakterini ochishda xalqona 
qadriyatlarni yanada kengroq va chuqurroq tasvirlashga kirishadi. Milliy 
qadriyatlarning berilishidagi bunday izchillik asardagi voqealarni bir-biriga 
bog‘lash hamda badiiy talqinga milliy ruh bag‘ishlash vazifasini ham bajaradi. 
Agar asarda suyunchi so‘rash tasviri bo‘lmasa, bolaning tug‘ilishi, dadasini 
juda yaxshi ko‘radigan Muzaffarning ichki dunyosi, atrofdagilarning unga bo‘lgan 
barcha munosabatlari mavhum bo‘lib qolaverar edi. Shuning uchun ham voqealar 
bola tilidan hikoya qilingan bo‘lib, badiiy tasvirda voqelikka bolalarcha munosabat 
o‘z ifodasini topgan. 
Bolalarcha tasavvur va tafakkurga asoslangan voqealar tafsiloti asosida 
adibning o‘ziga xos bayon uslubi hosil bo‘lgan. 
Yozuvchining bu asarni yozishida xalq ijodi an‘analari nechog‘lik muhim 
o‘rin tutganligini bilish uchun uning badiiy ijod tabiati va unda folklorning 
ahamiyati haqida bayon qilgan quyidagi mulohazalarini e‘tiborga olish lozim: 
“Badiiy ijod shunday bir daraxtki, uning shoxida umuminsoniy mevalar 
yetiladi, ildizi milliy zaminda yotadi. O‘z xalqi milliy va ma‘naviy boyligini 
dunyoga ko‘rsatish uchun ijodkor milliy adabiyotini, qadriyatlarini yaxshi bilishi 
lozim”.
3


Taniqli o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani avval 
ham o‘qib chiqqandim. Yaqinda mazkur kitobning 1993 yilda “Umr savdosi” ostida 
nashr qilingan varianti qo‘limga tushib qoldi. Yozuvchining turli yillarda yaratgan 
eng sara hikoyalari, hajviy asarlari mazkur kitobdan joy olgan. Yozuvchi asarlarida 
asosan inson taqdiri birinchi o‘rinda turadi. Hayot sinovlari, mashaqqatlari oldida 
bosh egmaslik, taqdirning baland-pasti-yu, o‘nqir-cho‘nqirlariga sabrli bo‘lib o‘zida 
ko‘nikma hosilni bir necha misollar orqali kitobxonga tushunarli sodda tilda keng 
yoritilib beriladi. “Umr savdosi” nomli kitob adib tomonidan 1997 yil “Xumson” 
sanatoriysida do‘stimning yaqin kishisiga sovg‘a qilingan. Ikkinchi marotaba 
yangicha ishtiyoq va diqqat bilan o‘qib chiqdim. Roman shu qadar ravon tushunarli 
tilda yozilganki o‘qiganing sari beixtiyor asardagi qahramonlar bilan birga 
yashaysiz. Shaxsan kaminada shunday holatlar juda ko‘p bor ro‘y berdi. Kimsan 
urushda bedarak ketganda Robiyaga qo‘shilib 
iztirob chekdim
, o‘kindim. 
Ota - onasi bilan birgalikda dard chekdim. Shomurod aka vatan uchun xalq 
uchun janggohlarda qon kechib jang qilayotganda. Xotini Ra’noning xiyonatidan 
mening ham qalbimda muhabbatga nafrat uyg‘ondi. Bundan tashqari asarda 
toptalgan ishonch, nafsning sabrdan ustun kelishi. Yo‘qlik – yupunlik, hayotning 
mashaqqatlari-yu, taqdirning ayovsiz sinovlariga sabr kuchi bilan shukronalik qilib 
yashayotganlarning taqdiriga guvoh bo‘lasiz.Asardagi voqealar asosan ikkinchi 
jahon urushi, uning og‘ir va zalvorli kunlaridan so‘zlaydi.Zolim rahbarning zulmi, 
front ortida xizmat qilayotgan oddiy xalqning taqdirida urushning iztirobi alamli 
xotiralar qay darajada aks etganligini ko‘rishimiz mumkin. Asarni o‘qish davomida 
qahramonlarning hayotiy kechinmalaridan ba’zan kuch - ibrat olsam ba’zida esa 
bugungi kunlarimga shukrona keltirdim. 
Umuman olganda romanda uchraydigan har bir qahramonning turmush tarzi, 
ko‘ngil kechinmalari o‘z tilidan bayon qilingan. Bu esa kitobxonni asar voqealariga 
yanada sho‘ng‘ib ketishini ta’minlaydi.Ha, Oʻtkir Hoshimovning har bir asari – 
kattami-kichikmi, bir marta oʻqishga arziydigan oldi-qochdi, yengil asarlar emas. 
Ularning gʻoyaviy yuki nihoyatda ogʻir, badiiy saviyasi yuksak, qahramonlari 
sogʻlom va salobatli (garchi salbiy boʻlsa-da), manzaralari ishonarli, soʻzlari rangli 
va taʼsirchandir. Taniqli adabiyotshunos Ibrohim Gʻafurov bundan 40 yil oldin 
“Oʻtkirning qalami soʻzning rangini ocha biladi. U soʻzga qut va mehr 
bagʻishlashday noyob tuygʻuga ega” ekanini taʼkidlagan edi. Vaholanki, bu paytda 
Oʻtkir Hoshimov endigina ikkita qissayu oʻnga yaqin hikoya yozgan edi, xolos. 
Zukko adabiyotshunos bashorat qilgan ekan: bora-bora adibning bu xususiyati 
barcha asarlarini nurlantirib turuvchi bosh uslubga aylandi. Hozir u yaratgan 


tasvirdagi har bir soʻz 
gavhardek
, anglashilayotgan fikr esa olmos singari tovlanib 
turadi. 
Badiiy asarni oʻqishda muallif mahorati, uslubini kuzataman, qalam bilan 
kerakli oʻrinlarni belgilab qoʻyaman. Asarni asar sifatida vujudga keltirgan gʻoyani 
anglashga intilaman. Hech qachon zerikishdan, vaqtni oʻtkazish uchun, yoʻliga kitob 
varaqlamayman. Kitob oʻqish uchun ham tayyorlanib, eʼtiborni bir yerga toʻplab 
olish zarur. Xayoling boshqa joyda boʻlib, tushkun holda, mingta tashvish bilan 
kitob varaqlagandan koʻra, uni oʻqimay qoʻygan maʼqul. Sevimli asarlarim qatorida 
birinchi navbatda Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini tilga olaman. 
Chingiz Aytmatov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, Oʻtkir Hoshimov kitoblari ham 
hamisha meni oʻziga maftun qiladi. “Ufq” trilogiyasi mutolaasini ayni damda 
oʻqiyotgan asarlarim yakunidan soʻng amalga oshirmoqchiman. 
Tajribali yozuvchi roman voqealarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod 
o‘quvchini ishontiradi, qalbiga jiddiy ta‘sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot 
manzaralari, 
insonlararo 
munosabatlar, 
ularning 
dialoglari, 
shuningdek

yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib 
turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi 
jihatidan ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan 
to‘qqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi. Tasvir uchun 
tanlangan bunday poetic usul yozuvchidan yuksak mahorat talab qiladi, albatta. Aks 
holda , syujet zanjirida uzilish yuz berib, voqealar sochilib ketgan bo‘lar edi. Biroq, 
romanning ta‘sir quvvati, ichki intizomi o‘quvchida juda yaxshi taassurot qoldiradi. 
“Ikki eshik orasi” romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi 
obrazlar o‘z individual qiyofasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi 
romanga ko‘rk bag‘ishlaydi. Uning insonparvarligi, odamlar orasida qozongan 
obro‘-e‘tibori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch topishi bilan 
o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi. 
“Ikki eshik orasi” romanida o’z davrining muhim muammolari qalamga 
olindi, o’sha yillar voqea-hodisalariga munosabat bildirdi. Romanning asosiy 
qahramonlari ikkinchi jahon urushi og’irliklarini yelkasida ko’targan, unda mardona 
g’olib chiqqan kishilardir. Umuman olganda, romanda butun jamiyat kishilarining 
urush davridagi fidokorligi o’zining badiiy ifodasini topgan. Roman 
qahramonlaridan bir Muzaffar – urush davrida muayyan qiyinchiliklarni boshidan 
kechigan, 70-yillarga kelib farovon turmushga erishgan yoshlarning timsoli tarzida 
beriladi. Romanning sarlavhasidan tortib, deyarli butun mazmunigacha yozuvchi 
jiddiy falsafiy ma’no yuklashga intilgan.Xususan, u “Ikki eshik orasida” deganda 


inson umrini, ya’ni tug’ilgandan o’lgunicha bosib yo’lni ko’zda tutadi. Muallifning 
g’oyaviy falsafasiga ko’ra bu yo’l juda murakkab va ziddiyatli bo’lib, uni 
muvofaqqiyat bilan bosib o’tishi 
uchun insondan katta matonat
, iroda bilim va 
jasorat talab qilinadi. Asardagi ko’pchili qahramonlar, xususan, Oqsoqol, Qora 
amma, Robiya, Shomurod, Kimsan xuddi shunday jasoratli va ruhan boy kishilar 
bo’lib, ko’p jihatdan yozuvchining g’oyaviy maqsadini ta’sirchan ifodalashga 
xizmat qilgan. Muallif falsafasiga ko’ra o’z umrini sharaf bilan bosib o’tmog’i 
uchun insondan katta matonat va jasorat talab qilinishining sababi shundaki, u o’z 
hayoti davomida og’ir kurashlar girdobidan, yengib bo’lmas to’siqlardan o’tishga 
majbur bo’ladi. Asarda xuddi shunday inson hayotining to’siqlari, illatlari sifatida 
Umar zakonchi, Ra’no, Zuhra kabi shaxslar timsoli yaratilgan bo’lib, ular romandagi 
kurashlar, to’qnashuvlar va ma’naviy ixtiloflar kesginligi, tarangligini oshirishga 
imkon tug’dirgan. 
Har qanday yozuvchining ijodiy kamolotga erishuvi, eng avvalo, uning milliy 
g`oya va qadriyatlarga sadoqati hamda ularni o`z ijodida lingvopoetik jihatidan 
nechog`lik mahorat bilan yuksak darajada ifodalay olish imkoniyatiga bog`liq. Har 
qanday fikr nutqda ifodalanar ekan, so’zlovchi faqat muayyan axborotni 
tinglovchiga yetkazishnigina emas, balki bu fikrning tinglovchiga qay darajada ta’sir 
etishini ham deyarli hamisha e’tiborda tutadi. Shuning 
uchun nutqning ifodaliligi

ta’sirchanligini, ya’ni ekspressivligini ta’minlovchi vositalarga malakali so’zlovchi 
yozuvchi doimo diqqat bilan qaraydi. Ma’lumki, til ekspressivlikni ifodalashning 
xilma-xil imkoniyatlariga ega. Bunday imkoniyatlarning kenglik darajasi tilning 
boyligini ham ko’rsatadigan o’ziga xos o’lchovlardandir. Tilshunoslikda 
ekspressivlikni til taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchidir degan fikr ham 
mavjud. Til haqidagi fanda tilning kommunikativ va yana boshqa vazifalari qatorida 
uning ekspressiv vazifasi ham alohida ajratiladi. Albatta, bu vazifa, ayniqsa, badiiy 
matnda yanada katta ahamiyat kasb etadi 
O’tkir Hoshimov asarlarida ekspressivlikni ifodalashda sintaktik birliklarning 
ham maxsus o’rni bor. Masalan, asarlarida adib ritorik so’roq gaplardan unumli 
foydalangan. Yozuvchilar odatda tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab 
qo`llash bilangina kifoyalanib qolmaydilar.Balki, qahramonlar tabiati, ruhiy holati, 
hayot tarziga moslab o`zgartiradi va qayta ishlaydi. 
Darhaqiqat, yozuvchi o`zi yaratayotgan qahramonning o`ziga xos xarakter-
xususiyatlarini ochib berish jarayonida, tabiatan qanday shaxs ekanligini to`liqroq 
tasvirlashda iboralardan foydalanadi. 



Yüklə 170,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə