|
Turistik destinatsiya
|
səhifə | 15/19 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 194,43 Kb. | | #137474 |
| 1-Bob.1.3.4-jadval.
Destinatsiya tizim sifatida22.
Teskari aloqa
Kirish
Chiqish
Jarayon
Tashrif maqsadini aniqlash
Turistik jozibador joy va maskanlarni tanlash
Turistlar, turistik hududlar, mehmonxonalar, turoperatorlar, turistik infrastruktura
Tashrif amalga oshadigan turistik manzil
Turistik hududning xizmat majmuasini shakllantirish
Destinasion faoliyat - bu destinasion mahsulotni yaratish va turistik oqimlarni hudud tomon jalb qilish bilan bog‘liq turistik faoliyat turidir. Destinasion faoliyatda turistik taklifning mahalliy tizimini yaratish, destinasiyalarni shakllantirish, destinasiyalar bo‘ylab sayohatni tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir.
Destinasion siyosat – turistik talab va hududiy taklifning munosib birligini ta'minlash bo‘yicha qarorlarni o‘zaro muvofiqlashtiruvchi chora - tadbirlarning majmuasidir. U turistik taklifning talabga mos konfiguratsiyasini tanlash, turistik talabning taklifga munosibligini aniqlash, destinasiyalashtirish yo‘lini tanlash, destinasiyalarni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish kabi masalalarni ko‘zda tutadi. Turistik muassasalar o‘zining destinasion siyosatiga ega bo‘lishi darkor.
Destinasion marketing – bu turistik talabni hududiy boshqarish usulidan iboratdir. U turistik hududning sayyohlik xizmatlarga bo‘lgan talabning darajasi va tarkibini shakllantirish hamda mazkur turistik talabning vujudga kelish vaqtini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Destinasion marketing “har bir destinasiyaning ommabopligini saqlab qolish va rivojlantirishning integrallashgan qismidir23”. Marketing tadqiqotlari vositasida destinasion mahsulotning iste'mol g‘oyasi shakllantiriladi. Bozorni segmentlash tamoyil va mezonlariga asoslanib maqsadli turistik guruhlar ajratiladi va “tovar/bozor” mutanosibligi asosida tashrif maqsadiga mos keladigan destinasion mahsulot turi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|