Turizm sohasining tasniflanishi va turlari. Reja


Sog‘lomlashtiruvchi dam olish



Yüklə 49,26 Kb.
səhifə4/8
tarix12.05.2022
ölçüsü49,26 Kb.
#86804
1   2   3   4   5   6   7   8
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari.

Sog‘lomlashtiruvchi dam olish

Sog‘lomlashtirish va davolash maqsadlarida qilinadigan turizm – health and fitnes tour or resort tour. Spa yoki health spa – sanatoriylar, kurortlar, pansionatlar sog‘lomlashtiruvchi – davolovchi tashkilotlar, kurort zonalarida, shifobaxsh suvlar, shifobaxsh balchiqlar va boshqalar yordamida (shifobaxsh mineral suvli kurortlarda) olib boriladi. Turistik sohaga ixtisoslashtirilgan sog‘lomlashtirish maqsadlariga qarab, dam olish maskanlarida mineral suvlarni ichish yoki mineralli va oltingugurt vodorodli vannalar qabul qilish imkoniyatlari belgilanadi. Bunga misol tariqasida chet el shifobaxsh suvli kurortlaridan – Rossiyadagi Kavkazda joylashgan Kislovodsk, Jeleznovodsk, Pyategorsk, Yesentuki; Vishi, Vittel va Eks-le-Ben (Fransiya); Bad-Naukeym, Visbaden va Baden-Baden (Germaniya); Karlava Vari (Chexiya); Spa (Belgiya); Bat va Bakston (Buyuk Britaniya); Bursa (Turkiya); Atami (Yaponiya) termal buloqlarining kattagina qismini keltirish mumkin. O‘zbekistonda ham uning boy tabiati va iqlimidan kelib chiqqan holda, Farg‘ona vodiysida joylashgan «Chortoq», «Shohimardon», «Arslonbob», «Oltiariq», «Chimyon», Samarqand viloyatida joylashgan «Abu Ali Ibn Sino», Buxorodagi «Sitorai Mohi-Xosa» va Toshkent viloyatida joylashgan «Chinobod» hamda «Turon» kabi mineral suv bilan davolash dam olish imkoniyatiga ega bo‘lgan sanatoriylar, dam olish oromgohlari mavjud.



Malakaviy ish turizmi. Turizmning mazkur turiga ish maqsadlari bilan amalga oshirilgan safarlar kiradi. Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xususiy tadbirkorlarning faoliyati xorijiy hamkorlar bilan ishlashni taqozo qilmoqda, shu tufayli mahalliy tadbirkorlarning xalqaro munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ishchanlik turizmining afzalligi shundan iboratki, uni turizm sohasi uchun nomavsumiy paytda ham tashkil etish imkoniyatini beradi. Turizmni mazkur turining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ishchanlik vaziyatida o‘tadigan uchrashuv ishtirokchilari mamlakat bo‘ylab qilingan sayohat paytida oddiy turistga nisbatan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlar xalqaro forumlarni va shunga o‘xshash tadbirlarni o‘z mamlakatida o‘tkazishga harakat qiladilar (masalan, turli forum, festival, qishki va yozgi sport musobaqalari va h.k.).

Ilmiy turizm. O‘qish, ta’lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida safar qilish xalqaro turizmning nisbatan yangi turlari safiga kiradi. Xorijda ta’lim olish uchun safar qilish O‘zbekistonda ham turbiznesning yangi segmentlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu safarlarning ommabop bo‘lib borayotgan turi bu xorijiy til o‘rganish maqsadida Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida so‘zlashadigan davlatlarga safarlarni amalga oshirish. Hozirgi vaqtda katta qiziqish uyg‘otayotgan sport turizmining asosiy maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan sport turi bilan shug‘ullanishga imkoniyat yaratib berishdan iborat. Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi: turli inventarlarni, maxsus trassalarni, arqon yo‘llar, sport maydonchalarini, asbob-uskunalarni talab etadi. Sport turizmi bo‘yicha sayohatlarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu- dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. Sport turizmining sayohatlari safarlarning maqsadiga bog‘liq ravishda 2 turga bo‘linadi: aktiv va passiv ravishda bo‘lishi mumkin.

Shop-turlar Rossiya va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlari uchun xos bo‘lgan xorijga tashrifning asosiy maqsadi bo‘lib, ushbu mamlakatda tanqis bo‘lgan xalq iste’mol tovarlarini harid qilish va uni o‘z mamlakatida sotish hisoblanadi (poyafzal, trikotaj, yozgi va qishki kiyimlar va boshqa mahsulotlar – Xitoy, Turkiya, Italiya, Portugaliyadan; mebel va jihozlar – Dubay, Xitoy va Italiyadan; tele-radio mahsulotlar – Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Xitoydan; avtomashinalar –Germaniya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklaridan).

Yüklə 49,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə