Turizm sohasining tasniflanishi va turlari. Reja


Diniy turizm. Ekoturizm. Gastronomiya turizmi



Yüklə 49,26 Kb.
səhifə5/8
tarix12.05.2022
ölçüsü49,26 Kb.
#86804
1   2   3   4   5   6   7   8
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari.

4.Diniy turizm. Ekoturizm. Gastronomiya turizmi

Diniy turizm (religious or piligrim tour) ziyorat qilish maqsadidagi sayohat sifatida hozirgi kunda juda yuqori talabga ega bo‘lib, ommaviy tus olmoqda. Mustaqilligimiz sharofati bilan har yili ko‘plab vatandoshlarimiz Makkayu Madinaga haj va Umra safarlarini amalga oshirmoqdalar. Dunyodagi ko‘pgina odamlar Makkai Mukarrama, muqaddas yer bo‘lgan, Vatikan ibodatxonalari va boshqa joylarni ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. O‘zbekistonda bunday muqaddas ziyorat qiladigan joylarga Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‘la oladi. Ayniqsa, musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom ziyoratgohlari diniy turizmni rivojlantirishda muhim o‘ringa ega bo‘lmoqda.

Qo‘msash, sog‘inish turizmi – bu asosan qarindosh yoki do‘stlarini ko‘rishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z mamlkatlaridan ayrim sabablarga ko‘ra ko‘chib ketgan kishilar bilan bog‘liqdir. Ko‘chib ketganlar shartli ravishda ikki turga bo‘linadi:

  • majburiy ko‘chganlar, o‘zlarining tarixiy yerlarini diniy, harbiy yoki siyosiy sabablariga ko‘ra tashlab ketganlar.

  • o‘z xohishlari bo‘yicha ko‘chganlar – Yaxshi hayot izlab o‘z yurtlarini tashlab ketganlar.

Majburiy ko‘chganlar – sayyoramizda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aholi migratsiyasi iqtisodiy, siyosiy va diniy omillar ta’sirida bo‘ladi. Bunga misol tariqasida, Sobiq Ittifoq davrining 1940- yillarida amalga oshirilgan majburiy qator millatlar bo‘lgan qrim-tatarlar, Kavkaz orti mamlakatlari fuqarolari, nemislar, yahudiylar, turklarning ko‘chib kelishlari va o‘z yurtlariga qayta ko‘chib ketishlarini keltirish mumkin. Qo‘msash turizmga yaqqol misol bo‘lib, O‘zbekistonda Sobiq ittifoq davrida yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh urug‘lari respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan qrim-tatar, kavkaz xalqlari, nemislar va boshqa millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin. Ekoturizm deganda, nafaqat ma’rifiy-ma’naviy maqsadlarni ko‘zlagan holda betakror tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simlik dunyosiga sayohat, balki ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologik muammolarini hal qilish bilan bir-biriga bog‘liq majmualar yig‘indisini tushunamiz.

Ovchilik turizmi – Respublikamizda ov qilishning huquqiy-qonuniy me’yyorlari yaratilgan bo‘lib, ovchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha katta salohiyatga ega bo‘lgan tabiiy-hududiy mintaqalari bo‘lgan daryolarning suv havzalari, tog‘ oldi zonalari, cho‘l va adir hududlarining mavjudligi. Bunga misol qilib, Nurota, Forij, Birchmulla, Baxmal, Zomin tog‘ zonalari, Arnasoy, Haydarko‘l, To‘dako‘l, Shurko‘l suv havzalari; Ustyurt platasi, Qizilqum, Konimehcho‘l zonalarini keltirsak bo‘ladi.



Gastronomiya turizmibu mamlakatlar va qit’alar bo‘ylab sayohat qilish hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda kelgan sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib ko‘rishga imkon yaratadi. Gastronomik tur xizmat sifatida nafaqat sayohat qilish bo‘lib hisoblanadi, balki dunyoning boshqa biror joyida takrorlanmaydigan va betakror ta’mga ega bo‘lgan masalliqlardan tarkib topgan ma’lum bir hududdagina uchrovchi taomlarni tatib ko‘rishga qaratilgan tadbirlar majmuiga kiradi.


Yüklə 49,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə