Turizm sohasining tasniflanishi va turlari. Reja


Aviatransport. Dengiz transporti. Temir yo‘l transporti



Yüklə 49,26 Kb.
səhifə7/8
tarix12.05.2022
ölçüsü49,26 Kb.
#86804
1   2   3   4   5   6   7   8
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari.

Aviatransport. Dengiz transporti. Temir yo‘l transporti

Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu shuning bilan bog‘liqki, barcha turistik yo‘nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun transport bo‘lishini taqazo qiladi. Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi bilan uzviy bog‘langan va turgan gap, uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik infratuzilmaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari - turizm tizimini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi. BTT (VTO) – Butunjahon turistik tashkiloti turizm maqsadlarida qo‘llaniladigan transportni uch turga klassifikatsiyalaydi: quruqlikda harakatlanuvchi, suv va havo transportlari (1- rasm).



Quriqlikda harakatlanish vositalaridan turizm maqsadlarida ko‘proq avtomobil va temiryo‘l transportlaridan foydalanish maqbul hisoblanadi. Avtomobil transporti turizmda keng foydalaniladi. Chunki u turistlarni «Eshikdan eshikkacha» eltib qo‘yishni ta’minlaydi. Ushbu maqsadlarda muntazam yo‘lovchi tashish uchun reys avtobuslari va nomuntazam – turistik korxonaning xususiy transporti va turistning shaxsiy transporti qo‘llaniladi. Temir yo‘l transporti o‘rta masofalarga turistlarni maqbul narxlarda tez va qulay sharoitda yetib borishlarini ta’minlaydi. Alohida hollarda temiryo‘l transporti turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanishi mumkin. Suv transporti vositalari orasida suv osti (ekskursiya suv osti qayiqlari) va suv usti (teploxodlar, sayohat kemalari, dengiz paromlari, sayr kemalari, yaxtalar, katerlar) transportlari farqlanadi. Turizmda suv transporti vositalari ta’minoti bilan bog‘liq masalalari asosan dengiz va daryoda turistik maqsadlarda muntazam va nomuntazam yo‘lovchi tashish misolida qarab chiqiladi.

Paromda kechib o‘tish va asosiy turistik sayohat turi – sayohat kemasi, dengiz va daryo kemalari turistlarni belgilangan joyga yetkazib borishni maqsad qilib qo‘yadi. Boshqa suv transporti vositalaridan odatda alohida dasturli «programmali) tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi (masalan, suv osti ekskursiyasi) yoki qo‘shimcha xizmatlar (katerlarda sayohat).

Havo transporti vositalari tarkibi xilma-xil transport vositalarini qamrab oladi: fuqaro aviatsiyasidan tortib, to ekzotik hisoblangan havo sharlari, deltaplanlargacha. Turizmda havo transportining qo‘llanilishi avvalo aviatsiyada yo‘lovchi tashishdan foydalanish sifatida ko‘rib chiqiladi. U reysli va chtarterga klassifikatsiyalanadi, ya’ni buyurtmalar asosida bajariladi. Havo transporti nisbatan juda qimmatligiga qaramay, bu yuqori tezligi, shinam va qulayligi bilan turistlarni olis masofalarga tashishda so‘zsiz yetakchi o‘rinni egallaydi. Turizmda transport ta’minoti tizimi quyidagicha farqalanadi:

turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish: turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‘yish (yoki yo‘nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish;

transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport vositasi taqdim etish;

tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish: ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif byurish, yo‘nalish bo‘yicha ko‘chish.

Turistlar sayohatini ta’minlash uchun korxonaning trnasport vositalarini tanlashiga bir qator omillar bog‘liqdir: safarning maqsadli yo‘nalishida tashish uzoqligi, sayohatchilar soni, transport vositasining sig‘imi, safar dasturi, harakat xavfsizligi, transport vositasining safarbarligi va qulaylik darajasi. Transport vositalarini tanlash chog‘ida safarning maqsadli yo‘anlishi katta rol o‘ynaydi. Turistik sayohat maqsadiga bog‘liq holda uning tarkibiga u yoki bu transport xizmatlari kiritiladi. Misol uchun, Moskvadan Parijgacha 5 kunlik ekskursion guruh safari tarkibi standart transport xizmati ko‘rsatishda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: turistlarni Moskvadan Parijga eltish va qaytib olib kelishi; aeroportdan mehmonxonagacha guruhni olib borish va jo‘natib yuborish; dasturdagi tadbirlarni ta’minlash, masalan, shahar bo‘ylab ekskursiya (teploxoda sayyor) tashkil etish.

Transport vositasini tanlashga ta’sir etadigan yana bir muhim omil-bu sayohatchilar soni hisoblanadi. Bu omildan tez-tez tashish tipini aniqlashda foydalaniladi: muntazam yoki namuntazam (ijaraga olingan yoki charter). Turistik guruhdagi sayyohlar soniga bog‘liq holda safarni ta’minlashda qaysi transport vositasi zarurligi ham aniqlanadi: samolyotmi, temiryo‘lmi, avtobus yoki yengil avtomobillarmi va boshqalar.

Safarni ta’minlash uchun transport vositasini tanlashda yana bir hisobga olinadigan omil - bu transportda tashishning uzoqligidir. Bu omilni qarab chiqish chog‘ida odatda turistlarni ko‘chirish shinamligini ta’minlash talablari ko‘zda tutiladi. Shuning uchun qoidaga ko‘ra u butun safarni kompleks transporti ta’minoti bo‘yicha qarab chiqiladi. Transport vositasini tanlashni aniqlashda, shuningdek safar dasturlari ham muhim omil hisoblanadi. Qaysikim unga bog‘liq ravishda eng xilma-xil trnasport xizmatlari ko‘zda tutiladi. Bular yuqorida eslatib o‘tilganidek ekskursiyalar, turistlarni dasturlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarga olib kelish va boshqalar bo‘lishi mumkin. Odatda tartibga ko‘ra, guruh turizmida safar dasturini ta’minlash uchun turistik avtobuslardan foydalaniladi. Chunki, odatda tadbirlar dasturlar butun guruhga mo‘ljallangan bo‘lib, safarning belgilangan maqsad joyidan boshqa yerga borishi ko‘zda tutilmaydi.



Yüklə 49,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə