Turizm sohasining tasniflanishi va turlari. Reja


Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari



Yüklə 49,26 Kb.
səhifə8/8
tarix12.05.2022
ölçüsü49,26 Kb.
#86804
1   2   3   4   5   6   7   8
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari.

6. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari

Turizmning aktiv va passiv turlarga bo‘linishining asosiy mazmuni, odamlarning turizm jarayonida harakatlanishi va mijozlarning turlarini aniqlash bilan belgilanadi. Katta jismoniy kuch talab qilinadigan va hamma turistlar qatlamiga ham to‘g‘ri keladigan turizmning aktiv turlarigadam olish va sayohat, vaqti chog‘lik, sport kabilar kiradi. Aktiv turizmga har xil sarguzashtli sayohatlarni ham kiritish mumkin: sarguzashtli turizm (adventure tour), ekzotik joylarga, vulqonlarga, orollarga, sharsharalarga va shu kabi joylarga borishga aytiladi. Odatda bu ekzotik va ekologik jihatdan toza tabiiy hududlar, g‘arb sayohatlari, noan’anaviy transport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan, biror-bir qolipga tushmagan turizmdir. Ba’zi holatlarda bu xildagi turizm jiddiy jismoniy zo‘riqishlar (extgeme tour) bilan bog‘liq bo‘ladi. Turistdan mustahkam sog‘liq va dovyuraklik talab qilinadi. Masalan, Koloradaning toshqin daryolarida qayiqlarda sayr qilish, Shimoldagi mamalakatlarda itlar tortadigan chanalarda va tog‘-chang‘i kurortlaridagi dam olish va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ularda qatnashish uchun turistlar oldindan ma’lum ko‘nikmaga va jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi.



Turizmning passiv turiga turistik sayohatning tinchroq va kam kuch sarf qilinadigan, jismoniy zo‘riqishga xos bo‘lmagan turi kiradi. Bu tur bir maromda dam olishga moslashgan shaxslarga mo‘ljallangan, tanishish turizmi bo‘lib, davolovchi xarakterdagi sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlardan iborat, ya’ni turli sanatoriy va kurortlarni shular qatoriga kiritish mumkin. Bunday turdagi turizm ko‘proq yosh farzandli oilalarga, katta yoshdagi turistlarga va nafaqaxo‘rlarga tegishli bo‘ladi.
Yüklə 49,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə