|
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari. Reja
|
səhifə | 6/8 | tarix | 12.05.2022 | ölçüsü | 49,26 Kb. | | #86804 |
| Turizm sohasining tasniflanishi va turlari.5.Harakatlanish usuli
Safari turizmi qo‘riqxonaga hayvonlarni tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq ovi maqsadidagi sayohat, fotoovchilik, tabiatda ajoyib hayvonlarni erkin holda ko‘rish maqsadidagi sayrlar. Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy joylarni ko‘rish, balki tog‘li hududda avtomobil boshqarish, to‘siqlarni yengib o‘tish, lager hayotiga o‘rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish kabilarni o‘rgatadi.
Ijtimoiy turizm – bu davlat tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan sayohat qilish hisoblanadi. Ijtimoiy turizmning maqsadi foyda olish emas, balki daromadi kam bo‘lgan kishilarni dam olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish uchun ularni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Turizmnihg mazkur turi chet elda keng tarqalgan. Sobiq Ittifoq davrida ham turizmning mazkur turi ommabop hisoblangan, uning ulushiga ichki turizmning qariyib 80 foizi va xalqaro turizmning 50 foizi to‘g‘ri kelardi.
Tashkil etilgan turizm – bu tur tashkilotlar tomonidan tashkil etilagan alohida shaxslarni yoki bir guruh turistlarning sayohatidir. Tashkil etilgan tur bo‘yicha turistlar turistik yo‘llanmani harid qilish yo‘li bilan sayohatga chiqish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bunda xizmat turlari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, turistlar turistik yo‘llanmasiz borganda, xizmatlar majmuasini, ya’ni transport, ovqatlanish, yashash xizmatlari uchun borgan joyida kursovkani harid qilib olishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|