Turizm va iqtisodiyot



Yüklə 472,79 Kb.
səhifə3/8
tarix03.01.2023
ölçüsü472,79 Kb.
#98115
1   2   3   4   5   6   7   8
Agrar munosabatlar

1-BOB. Agrar munosabatlar
1.1.Qishloq xo`jaligi- agrosanoat majmuasining asosiy bo`g`ini. Uning o`ziga xos xususiyatlari
Agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadigan qishloq xo`jaligi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar boshqa tarmoqlardan qishloq xo`jaligini farqlab turadi va ishlab chiqarishni tashkil etishda o`z talablarini qo`yadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Qishloq xo`jaligi tabiiy omillarning ta`siri katta. Ular ishlab chiqarishning mavsumiyligidan kelib chiqaradi. Bu esa, ishlab chiqarishni tashkil etishda mavjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni hisobga olishni talab etadi. Qish oylarida aholining vaqtinchalik bekor qolishi ayrim ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bu masalalar olimlar, mutaxassis va ishbilarmonlar oldiga qator vazifalarni qo`yadi.
2. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar qatnashadi. Bu, o`z navbvatida, mutaxassislardan faqatgina iqtisodiy qonuniyatlarnigina emas, balki bioligik qonunlarni ham bilishni va ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni talab qiladi. Qishloq xo`jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko`p jixatdan o`simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bog`liq.
3. Yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha hisobga olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi.
4. Qishloq xo`jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat natjasida olinayotgan daromadlarning olinish davri o`rtasida farq katta. Boshqacha qilib aytganda, yil davomida faqat xarajatlar qilinadi. Chunki yerni ekishga tayyorlash, urug`lik, o`g`itlar, yoqilg`i-moylash materiallari xarid qilish va sarflash, mehnatga haq to`lab borish kabi xarajatlar har oyda qilinadi. Ekin turlari hosili esa ma`lum davrlada pishadi. Yetishtirilgan hosil sotiladi va undan keyin pul darmodlari kelib tushadi. Albatta, amaliyatda shartnomalar asosida qishloq xo`jalik korxonalariga avanslar berish, kreditlardan foydalanish yoki ayrim xizmatlarni tashkil etish natijasida ma`lum miqdoridagi pul tushumlari bo`lishi mumkin. Lekin, umuman olganda, yil davomida xarajat sarflanishi, daromadlarning esa ayrim davrlardagina tushishi o`ziga xos obyektiv talablarni keltirib chiqaradi. Agrar siyosat bu xususiyatni hisobga olgan holda yuritilish zarur.
5. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi. Bu, o`z navbatida, ishlab chiqarishni, aholi punktlarini joylashtirishda ma`lum talablarni keltirib chiqaradi, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasini shakllantirishda hisobga olishni talab qiladi.
6. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarining bir qismni o`zi urug`lik, yem – xashak, oziq – ovqat sifatida imte`mol qiladi.
7. Qishloq xo`jaligi maxulotlarining ko`p turlarini uzoq saqlash mumkin emas. Bu muammo qishloq xo`jaligi mahsulotlarning deyarli bir davrda pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu, o`z navbatida, yetishtirilgan mahsulotni tayrlovchi, qayta ishlovchi tashkilotlarning bir me`yorda tinmasdan ishlashini, bk esa ayrim davrlarda juda katta quvvatlarning bo`lishini talab qiladi. Yilning qolgan darvlarida esa bu quvvatlarning nisbatan bo`sh qolishi kuzatiladi. Bu xolat qayta ishlash tarmoqlarining katta omborxonalari bo`lishini talab etadi. Bunday holat, o`z navbatida, mahsulotning tannarxiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Bu kabi o`zga xosliklarni, albatta, chuqur o`rganish va doimo hisobga olgan holda ishlab chiqarishni tashkil etish qishloq xo`jaligining samarali ishlashini ta`minlaydi. Shubhasiz, fan, texnika taraqqiyoti o`sgan borgan sari qishloq xo`jaligining bu xususiyatlari ta`siri nisbatan kamayib boradi, lekin butunlay yo`q bo`lib ketmaydi.
Agrosanoat majmui (ACM) – xalq xo‘jaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq iste’mo-li tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashda o‘zaro hamkorlikda fa-oliyat ko‘rsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar, faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va ko‘p tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va o‘rmon xo‘jaligi muhim ahamiyatga ega. ASM 3 sohani o‘z ichiga oladi: 1) qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xo‘jaligi ham kiradi) va o‘rmon xo‘jaligi; 2) qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari – traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi, meliorativ va suv xo‘jaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar ta’miri bo‘yicha korxo-nalar, mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish vositalari, biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar (tara) tayyor-lash va b; 3) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta 166ishlash va iste’molchiga yetkazib berish bilan band bo‘lgan tarmoqlar(tayyorlov, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va boshqalar). Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo-jining umumiy sharoitini ta’minlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga ega (yo‘l-transport xo‘jaligi, moddiy-texnika ta’minoti, elektr, gaz, suv ta’minoti, aloqa, omborxona eleva-tor xo‘jaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar). Shuningdek, ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi.O‘zbekiston ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yog‘-moy(paxta moyidan tashqari), go‘sht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi (non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, go‘sht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip gazlama, to‘qimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta ishlaydigan tarmoq va sohalarni o‘z ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard mahsulotiga qarab tizimlarga bo‘linadi. Hududiy xususiyatiga ko‘ra mamlakat va viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot bo‘yicha don, paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga bo‘linadi.O‘zbekiston tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xo‘jaligi, mashina-sozlik zavodlari, o‘g‘it va pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yog‘-ekstraksiya zavodlari, to‘qimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning 50% dan ortiqrog‘i, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortig‘i, xalq xo‘jaligida band aholining 45% ga yaqini to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida Respublika ASMda paxtachilik agrosanoat majmui (PASM) eng yuqori salmoqqa ega. Respublikada chorvachilik-sanoat majmui PASMdan keyingi o‘rinda tu-radi

Yüklə 472,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə