Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 389,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix15.01.2022
ölçüsü389,5 Kb.
#82883
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



 

 

 

 



TURKIY TILLARNING

 

QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASI

” 

 

 

 

fani bo‘yicha 

MA’RUZALAR MATNI 

 

 

 

 

М.Саидхонов 

 

 

 

 

 

 

 

2016 


 

 

Mavzu: Turkiy   tillarning  umumiy  xususiyatlari. 

 

R e J A  

1.  “Turkiy  tillarning  qiyosiy-tarixiy  grammatikasi”  fanining  mundarijasi, 

o‘rganish obe’kti, fan doirasida hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar. 

2. Turkiy tillarning qiyosiy va qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganilishi. 

3. Turkiy tillar oilasi 

4. Turkiy tillar tasnifi 

5. Qadimgi turkiy manbalar. 

Turkiy  tillarning  qiyosiy-tarixiy  grammatikasi  fani  o‘zbek  filologiyasining 

bakalavr  ta’lim  yo‘nalishi  uchun  asosiy  ixtisoslik  fanlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu 

fanning asosini turkiy tillarning fonetik, leksik grammatik xususiyatlarini yoritish, 

turkiy  tillarning  tipologik  o‘ziga  xosliklarini  umumlashtirish,  turkiy  tillarning 

taraqqiyotdarajasini  belgilash,  turkiy  tillarni  tasniflashdagi  asosiy  mezonlarni 

aniqlash kabi masalalarni hal etish tashkil etadi. 

“Turkiy  tillarning  qiyosiy-tarixiy  grammatikasi”  fani  “Turkologiyaga  kirish”, 

“Tilshunos  tili  tarixi”,  “qadimgi  turkiy  til”,  “O‘zbektikasi”,  “O‘zbek  tili 

dialektologiyasi”,  “hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili”  kabi  bir  qator  fanlar  bilan  uzviy 

aloqador. 

Qardosh  turkiy  tillarni  qiyosiy  o‘rganish  til  haqidagi  bilimlarni  yanada 

mukammallashishiga,  tillararo  umumiy  va  xususiy  o‘ziga  xosliklarni  aniqlashga, 

hamda  mavjud  nazariy  fikrlarni to‘g‘ri  hal etilishga zamin  yaratadi.  Bir so‘z bilan 

aytganda, ushbu  fan bir-biriga  genetik jihatdan qarindosh bo‘lgan turkiy tillarning 

o‘ziga  xos  fonetik,  leksik,  morfologik  va  sintaktik  xususiyatlarini  qiyosiy-tarixiy 

usul asosida tadqiq etish va tahlil qilishni o‘z oldiga  maqsad qilib qo‘yadi. Turkiy 

tillarni  bunday  tarzda  o‘rganish  hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilning  tarixiy  taraqqiyoti 

hamda  bugungi  kundagi  takomilini  chuqur  tushunishga  rdam  beradi.  Negaki 

hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektlari turkiy tillarning qipchoq, o‘g‘uz va qarluq 

guruhi tillari bilan bog‘liqdir. 

Ma’lumki,  turkiy  tillarda  so‘zlashuvchi  xalqlar  son  jihatdan  slavyan  tillarida 

so‘zlashuvi xalqlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Turkiy xalqlarning 

etnik 


tarkibi  murakkab  va  xilma-xil  bo‘lsa-da,  lekin  ularning  tillari  genealogik  va 

tipologik jihatdan bir-biriga juda yaqin tillar oilasini tashkil etadi. Hozir oltoy tillar 

oilasiga  mansub  xalqlarning  umumiy  soni  135,6  mln  bo‘lib,  shundan  106,5  mln 

turkiy,  15mln  mo‘ho‘l,  14,1mln  tungus  –manjur  tillarida  so‘zlashuvchi  xalqlar 

tashkil etadi. Demak, oltoy tillari oilasida turkiy xalqlar eng ko‘p sonli bo‘lib, ular 

faqat  osiyodagina  emas,  xatto  yevropada  (3,2  mln),  Afrikada  (35  ming), 

Amerikada (95 ming), Avstraliya va okeaniyada (32 ming) ham istiqomat qiladilar. 

Turkiy tillar oilasiga ko‘pgina katta va kichik, jonli va o‘lik tillardan 44 tasi kiradi. 

Hozirgi  jonli  turkiy  tillarga:  o‘zbek  tili,  qozoq  tili,  turk  tili,  qirg‘iz  tili, 

qorqalpoq,  turkman,  qrim-tatar  tili  (markaziy  osiyo  va  Qozog‘iston);  tatar, 

boshqird,  chuvash  tillari  (qolga  bo‘yn);  azarbayjon,  qo‘shiq,  qorachoy-bolqar, 

truxman,  no‘g‘ay  tillari  (kavkaz);  yoqut  karagas,  xakas,  shar,  tuvin,  oltoy,  chulim 




tatar  tili  (Sibir);  gagauz  tili  (Moldaviya);  uyg‘ur  tili  (Sin-szyan);  bolqon  turklari 

tili:  surguchlar,  qaramanlilar,  gajallar,  gerlovaliklar,  qizilboshlar  (Bolqon 

davlatlari);  qaraim,  qrim  tillari  (Litva,  Ukraina,  Krim).  Bundan  tashqari,  Eron, 

Afg‘oniston, Mo‘g‘ilistonning ba’zi joylaridagi aholining tillari ham turkiy tildir.  

Qdimgi  o‘lik  turkiy    tillarga:  bulg‘or  tili,  xazar  tili,  eskib  ozariy  tili,  pecheni 

tili, X-X

/

 asr o‘g‘uz tili, saljuh tili,  g‘arbiy oltin o‘rda  tili, sharqiy oltin o‘rda tili, 



eski  o‘zbek  tili,  chig‘atoy  tili,  qadimgi  o‘g‘uz  tili,  qadimgi  uyg‘ur  va  qadimgi 

qirg‘iz tili, sharqiy turkiston tili, eski usmonli tili va xakozolar kiradi. 

Qadimgi  o‘zlik  va  hozirgi  jonli  turkiy  tillarni  o‘rganish  va  tasnif  etish 

jarayonida  turli  nazariyalar  maydonga  keldi.  Bular  oltoy  nazariyasi  va  ural-oltoy 

nazariyasidir. 

Ural-oltoy  nazariyasiga  ko‘ra  oltoy  tillari  bilan  ural  tillarining  o‘zaro 

qarindosh    til    ekanligi  e’tirov  etiladi.    (O.Betling,  V.Tomsen,  I.Gambots, 

G.Vinkler 

Rask 

R, 


V.Shoat, 

Vinkler) 

N.A.Baskavkov, 

G.R.Sanjiv, 

Ye.I.Ubrayatova  va  boshqa  olimlar  oltoy  tillarining  genetik  jihatdan  qarintosh 

ekanligini , oltoy va ural tillari genetik qarindosh emasligini topologik o‘xshash til 

ekanligini e’tirof etadilar. 

Ural-oltoy  tillarining  topalogik  o‘xshashligi  va  qarindoshligi  haqidagi  fikrni 

ilk bor  Poltova  jangida asr tushib, Sibirga xujum qilingan shver  ofeseri   Tabber  – 

Stralenberg  (1676-1747)  olg‘a  surgan.  U  12  yil  Sibirda  yashab  maxlliy  xalq  tili, 

madaniyatini  o‘rganadi  va  ural  hamda  oltoy  tillarining  dastlabki  tasnifini  beradi. 

Stralenberg  o‘sha  joyda  yashovchi  xalqlar  va  ularning  tilini  olti  guruhga  bo‘ladi. 

Akademik A.N.Kononov bu tillarni bunday guruhlashtirish oltoy tillarining xonaki 

tasniflash  ekanligini  va  bu  tasnif  asosida  oltoy  tillari  nazariyasi  vujudga 

kelganligini ta’kidlaydi.

1

  



Oltoy tillari ham uchta katta til guruhini o‘z ichiga oladi: turkiy tillar, mo‘g‘ul 

tillari, tungus-manjur tillari.

2

 Demak, bu tillar birgalikda oltoy tillar oilasini tashkil 



etadi. Bu tilda so‘zlashuvchi xalqlar, asosan, Osiyo qtg‘asining Sibir, Mo‘g‘iliston, 

Xitoy,  O‘rta  Osiyo,  Volga  bo‘yi,  yaqin  Sharq,  Kavkaz  hududlarida  istiqomat 

qiladilar. 

Ural  tillari  oilasi  fin  –  uchar  va  samodiy  tillarini  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  tilda 

gaplashuvchi xalqlar Ural tog‘i atrofida yashaganlar. Shunga ko‘ra Ural tillari deb 

nomlagan.  

Turkologiyada  xanuzgacha  Ural-oltoy  tillarining  o‘zaro  qarindoshligi 

muammosi  o‘z  yechimini  topganicha  yo‘q.  Ayrim  olimlar  bu  tillarni  o‘zaro 

qarindosh  ekanligini  e’tirof  etsa,  ayrimlari  esa  tipologik  o‘xshash  deb 

hisoblaydilar.  Darhaqiqat  Ural-oltoy  tillari  genetik  qarindosh  emas,  tipologik 

o‘xshashliklarga  ega  tillardir.  Chunki  bu  tillarda  fonetik,  grammatik,  leksik 

jihatdan umumiylik mavjud: 

1)  Unlilar  ahangdoshligi;  2)  har  bir  leksik  ma’noga  ega  bo‘lgan 

singarmonistik  juft  so‘zlar  bor;  3)  undoshlar  assimilyatsiyasi;  4)  so‘z  boshida 

ikkita  undoshning  qator  kela  olmasligi;  5)  so‘z  asosida  jarangli  undoshlar  turg‘un 

bo‘lib,  o‘zgarishga  uchramaydi;  6)  so‘z  yasalishi  va  tumlanishida  qo‘shimchalar 

                                                        

1

 Кононов А.Н. История изучения тюрских язьков в России. Л. 1972, 51-52 срт 



2

 Қўчқаров И. Исабеков Б. Тур. Филолог кириш. Т. Ўқитувчи, 1984 74-бет. 




so‘z  asosiga  qo‘shiladi  va  o‘zgarmaydi;  7)  jins  kategoriyasi  yo‘q;  8)  Egalik 

kategoriyasi taraqqiy qilgan; 9) old qo‘shimchalar yo‘q; 10) fe’l shaklini yasovchi 

qo‘shimchalarning qo‘pligi; 11) bosh kelishikning qo‘llanish  funksiyasi  xilma-xil; 

12) so‘z asosiga qo‘shiladigan so‘roq yuklamalari mavjud. 

Ma’lumki,  turkiy  tillarning  oltoy  nazariyasiga  ko‘ra  turkiy,  mo‘g‘ul,  tungus-

manjur tillari o‘zaro qarindosh hisoblanadi va ular oltoy tillari oilasini tashkil etadi. 

Oltoy tillaridagi umumiy leksik qatlamning ba’zi jihatlariga to‘g‘ri kelsa-da, lekin 

bu  tillarga  xos  ayni  bir  xil  grammatik  parallellar  to‘g‘ri  kelmaydi.  Bu  parallellar 

mazkur  tillarning  genetik  qarindoshligi  bilan  izohlanadi.  Oltoy  tillarining 

qarindoshligini Polivanov Ye.D., Poppe N.N., G.I. Ramsted, O.P.Sunik va boshqa 

olimlar  asoslagani  holda,  bu  tilar  oilasidagi  o‘xshashlik  genetik  birlik  jihatdan 

azaldan mavjud ekanligini e’tirof etiladilar. 

Shu    bilan  birga,  katvich,  A.L,  A.M.Sherbak,  G.R.Sanjiv,  L.Ligete  kabi 

olimlar Oltoy tillaridagi umumiylikni tipologik o‘xshashlik sifatida baholaydilar va 

ularda qarindoshlik yo‘q deb hisoblaydilar. 

Darhaqiqat,  qardosh  va  qardosh  bo‘lmagan  tillarning  o‘zaro  munosbati  va 

aloqasi  natijasida  so‘zlar  u  tildan  bu  tilga  o‘zlashadi.  Shu  tufayli  turkiy  tillardan 

mo‘g‘ul tillariga ko‘pgina turkiy so‘zlar o‘tgan: 




Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə